83
Qo‟shimcha qarshilik Rq ko‟payishi bilan Uya kamayadi. Bu o‟z navbatida dvigatel tezligini
kamaytiradi. Qo‟shimcha qarshilik Rq=0 bo‟lganda dvigatel o‟zining tabiiy xarakteristikasida (1)
ishlaydi. 5–xarakteristikada dvigatelning aylantiruvchi momenti M nagruzka momenti Mn bilan teng
bo‟lganda, dvigatel to‟xtaydi. Ya‟ni n =0 bo‟ladi.
Qolgan barcha qo‟shimcha qarshiliklarda dvigatel o‟zining nominal nagouzkasida ishlayveradi. Yakor
kuchlanishining o‟zgarishi dvigatel tezligini noldan n
N
gacha o‟zgaradi. Agar Uya ning qutblari
o‟zgarsa, yakorning aylanish yo‟nalishi ham teskarisiga o‟zgaradi. Hozir DMD seriyali
magnitoelektrik doimiy magnitli dvigatellar (7.1-rasm,a) ijrochi yuritmalar sifatida keng
qo‟llanilmoqda. O‟zgarmas tok dvigatellarining asosiy kamchiligi ularda kontakt chyotkasi borligi va
o‟zgarmas tok manbaining talab qilishdir.
A.
2.O‟zgarmas tok dvigitellari.
Avtomatik sxemalarda magnitlanmaydigan rotorli asinxron dvigatellar ko‟proq qo‟llaniladi.
Ularning afzalliklari: moment inersionligi kam, tok oluvchi chyotkasi yo‟q, shu tufayli ishqalanish
momenti kam, rostlash va reverslash uchun qulay, yurishi ravon va h.k. Bunday dvigatellarning
tuzilish sxemasi 7.2 rasmda ko‟rsatilgan. Dvigatel temir plastinkalardan yig‟ilgan tashqi 1 va ichki 2
statorlardan iborat. Stator cho‟lg‟ami 3 ko‟pincha tashqi stator tezliklariga joylashtiriladi. Ichki
statorda cho‟lg‟am bo‟lmaydi, u magnit zanjirining qarshiligini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Tashqi stator dvigatelning korpusi 6ga, ichki stator esa dvigatelning yon tarafidagi shchit 7ga
o‟rnatiladi.
Dvigatel vali 4 ichki statorning markazidagi teshikdan o‟tkazilib, yon tomonlari shchitlardagi
podshipniklar 8ga o‟rnatiladi. Dvigatelning rotori 5 yupqa (0.3 mm) alyuminiydan stakan ichki va
tashqi statorlar orasidagi bo‟shliqda aylanadigan qilib valga mustahkam o‟rnatilgan bo‟ladi. Alyuminiy
stakan devorlari yupqa bo‟lishining sababi, unga paydo bo‟ladigan uyurma toklariga aktiv qarshiligini
oshirish yo‟li bilan dvigatelning boshqaruvchanligi yuqori bo‟lishini ta‟minlashdan iborat.
Boshqaruvchi signal yo‟qolgan zahoti rotor aylanishdan to‟xtashi ko‟zda tutiladi. Z= 20% (juda kam)
stator cho‟lg‟amlari o‟zaro 90
0
ga surilgan va aylanuvchi magnit maydon hosil qiladigan ikkita
cho‟lg‟amdan iborat (7.2 rasm).
Dvigatelning aylanishi stator cho‟lg‟amida hosil bo‟ladigan aylanuvchi magnit maydon bilan
alyuminiy stakan devorida hosil bo‟ladigan uyurma tokning o‟zaro ta‟siri natijasida vujudga keladi.
Stator cho‟lg‟amlaridan biri boshqaruvchi signal cho‟lg‟ami W
b
, ikkinchisi o‟zgaruvchan tok
manbaiga ulanadigan qo‟zg‟atish cho‟lg‟ami deyiladi. Qo‟zg‟atish cho‟lg‟ami zanjiridagi kondensator
S, unda hosil bo‟ladigan magnit maydonining boshqaruvchi chulg‟am
W
b
ning magnit maydoniga nisbatan 90
0
gacha siljitish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: