Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/281
Sana28.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#587396
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Necha 
mamlakat 
territoriyasida 
joylashishiga qarab
Monomillatli hudud 
Xalqaro hudud 
Jahon bozoriga ochiqligiga qarab
Anklav hudud
Integratsion hudud 
Tadbirkorlik xususiyatiga qarab
Ochiq sektorni shakllantiruvchi hudud 
Depressiv tumanni rivojlantirish 
hududi 
Iqtisodiy markaz tusidagi hudud 
Tashqi savdo hududi 
Funksional hudud 
Kompleks hudud 
Chegaralarni belgilash va faoliyat 
Yopiq 


73 
yuritish tartibiga qarab
Ochiq 
Iqtisodiy ixtisoslashuv bo„yicha
Erkin savdo hududi 
Tadbirkorlik hududi 
Eksport-sanoat hududi 
Ilmiy park 
Kompleks hudud 
Tashkil etish xarakteri bo„yicha
Ma‟muriy territorial birlik 
Tarmoq korxonasi 
Geografik joylashuv bo„yicha
Ichki hudud 
Tashqi hudud 
Zonalashtiriluvchi obyekt xarakteri 
bo„yicha
Lokal 
Kompleks 
Quyida yuqorida keltirilgan turkumlash mezonlariga birma-bir to„xtalib o„tamiz. 
Xo„jalik faoliyatining tashkiliy shakllari bo„yicha hududlar ikkiga bo„linadi: 
territorial va funksional (yoki tartibli). 
1. Territorial hududlar alohida ajratib olingan maydonda faoliyat yuritadi va u 
erdagi barcha rezident-firmalar xo„jalik tartibi imtiyozlaridan foydalanadilar.
2. Funksional hududlar katta bir hududda yoki kichik bir mamlakatda ma‟lum 
bir faoliyat turini rag„batlantirish maqsadida tuziladi. Joylashgan joyidan qat‟iy nazar 
faqatgina imtiyozli sohada faoliyat yurituvchi korxonalargina xo„jalik tartibi 
imtiyozlaridan foydalanadilar. 
Hudud maydonining kengayish yoki kengaymasligiga qarab ikki xili ajratiladi: 
kengaymaydigan, ya‟ni vaqt o„tgani bilan maydoni o„zgarmaydigan hududlar va 
kengayadigan hududlar, ya‟ni taraqqiy qilib borishi bilan maydoni kengayadigan 
hududlarni ajratish mumkin. 
Jahon va milliy iqtisodiyotga integratsiyalashuv darajasiga qarab hududlar ikki 
turga bo„linadi: 
1. Ekstravertiv – tashqi bozorga mo„ljallangan EIH. 
2. Intravertiv – milliy iqtisodiyotga integratsiyalashgan EIH. 
Tarmoq belgisiga qarab EIHlarni aniq turkumlash kiyin, chunki, EIHlarning bir 
qismigina aniq bir tarmoqqa ixtisoslashgan (masalan, bank ishiga, turizmga, neftni 
qayta ishlashga, qishloq xo„jaligiga va h.k.), ular, ko„pincha, bir necha tarmoqlarga 
ixtisoslashgan bo„ladi. Bundan tashqari, universal bo„lgan EIHlar ham mavjud, ya‟ni 
hududda iqtisodiyotning ko„plab sohalari, tarmoqlari rivojlangan bo„lishi mumkin. 
Mulkchilik xarakteriga qarab EIHlarni quyidagicha turkumlash mumkin(qaysi 
mulk hukmron pozitsiyaga egaligiga qarab): 
1. Davlat mulki. 
2. Xususiy mulk. 
3. Aralash (hududda ishlayotgan kapitalga bog„liq). 
Iqtisodiy motivatsiyasiga qarab EIHlarni 2 ta katta guruhga bo„lish mumkin: 
- tadbirkorlik hududlari; 
- erkin iqtisodiy hududlar. 
Tadbirkorlik hududlari – regional siyosatning qurolidir, ular tadbirkorlarga 


74 
(birinchi navbatda, kichik biznes vakillariga) faoliyat yuritishda katta erkinlik va 
anchagina moliyaviy imtiyozlar berish orqali depressiv regionlarda kichik biznesni 
jonlashtirishga qaratilgan bo„ladi (AQShdagi tadbirkorlik hududlari). 
Erkin iqtisodiy hududlar esa to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni kiritishga 
mo„ljallangan ma‟lum maydonlardir. Albatta, hududlarning bunday bo„linishi 
shartlidir, chunki, real hayotda ular, ko„pincha, qo„shilib ketgan holda uchraydi. 
EIHlarni yaratish maqsadiga qarab ham shartli ravishda 2 xil bo„lishi mumkin:
1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish va jahon bozori bilan 
integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan bo„lishi mumkin (masalan, bojxona 
hududlari, erkin savdo hududlari, eksport ishlab chiqarish hududlari);. 
2. Mamlakat ichida ma‟lum bir faoliyat turi yoki ishlab chiqarish soha, 
tarmoqlarini rivojlantirishni rag„batlantirish, maxsus tartibni yaratishga qaratilgan 
bo„lishi mumkin (agropolislar, texnopolislar, erkin tadbirkorlik hududlari, turistik 
hududlar va sh.k.). 
Yaratilajak EIHning turi – uni yaratish maqsadlari, ixtisoslik yo„nalishi hamda 
xo„jalik yuritishning alohida sharoitlariga bog„liq bo„ladi. 
EIHlar shakllarining evolyutsiya jarayoni nuqtai nazaridan 4 avlodga bo„linadi: 
1. Birinchi avlod – erkin savdo, bojxona hududlari. 
2. Ikkinchi avlod – eksport ishlab chiqarish. 
3. Uchinchi avlod – texnopark, texnopolis, offshor markazlar. 
4. To„rtinchi avlod – ekologik-iqtisodiy regionlar, tor ixtisosli hududlar. 
Birinchi avlod EIHlar, asosan, tijorat faoliyatiga mo„ljallangan (bojxona 
hududlari, erkin savdo hududlari). Bu turdagi hududlar qisqa muddat ichida birlamchi 
kapitalni yig„ishga imkon beradi. Keyinchalik, bu yig„ilgan kapitalni ishlab chiqarish 
sohasiga qayta investitsiyalash mumkin bo„ladi. Shu asosda EIHlarning ikkinchi 
avlodini (savdo-ishlab chiqarish hududlari, sanoat-ishlab chiqarish hududlari) 
yaratishga shart-sharoitlar yaratiladi. Uchinchi avlod EIHlar esa innovatsion 
faoliyatga tayanadi, ya‟ni fan-texnikada yangiliklarni yaratish va ularni tezda ishlab 
chiqarishga tadbiq etishga mo„ljallangan hududlardir (texnopark, texnopolis, ilmiy 
park kabilar). Hozirgi paytda EIHlarning to„rtinchi avlodi tor sohaga ixtisoslashib 
bormoqda yoki butun bir rayonni o„z ichiga olmoqda. Hozirgi zamonda EIHlar 
oilasida ikkinchi avlod hududlari markaziy o„rin egallaydi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish bozorlari nuqtai nazaridan hududlar uchga 
ajratiladi: 
1. Importni o„rnini bosuvchi (ichki bozor uchun ishlaydi). 
2. Eksport (tashqi bozorga ishlaydi). 
3. Aralash (ikkala bozorga ishlaydi). 
Qo„yilgan maqsad va bajaradigan vazifalariga qarab EIHlarni quyidagi tuslarga 
ajratiladi: 
1. Erkin savdo hududlari, erkin portlar, tranzit hududlar, bojsiz omborlar va 
bojxona hududlari. Ular bojxona to„lovlarini bekor qilish (yoki yumshatish), hududga 
keluvchi va undan reeksport qilinuvchi tovarlarni eksport-importi nazoratini 
yumshatishga (ayrim holda bekor qilishga) asoslangan. Ular tashqi savdo, transport, 
tovarlarni saqlash kabi muolajalarni bajarishda yuqori foyda olishga qaratilgandir. 


75 
Bu hududlarni tashkil etishda birlamchi yirik investitsiya talab qilinmaydi, 
faoliyatni boshqarishda va mamlakat iqtisodiyotining qolgan qismi bilan o„zaro 
ta‟sirda murakkab mexanizmlarga ham hojat yo„q). 
2. Eksport ishlab chiqarish hududlari. Ular eksportga mo„ljallangan ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga mo„ljallangan. Bu hududlar nafaqat imtiyozli savdo va 
bojxona tartibini qo„llashgan asoslangan, balki imtiyozli moliyalashtirish, imtiyozli 
soliq tartibi (shu jumladan, xorijiy kapital uchun)ni ham qo„llaydilar 
Eksport ishlab chiqarish hududlari, o„z navbatida quyidagi tuslarga ajratiladi: 
2.1. Eksport hududlar. 
2.2. Eksport-importni o„rnini almashtirish hududlari. 
2.3. Importni o„rnini almashtirish hududlari.
3. Funksional yoki tarmoqli hududlar. Bular turizm, sug„urta, bank, offshor 
hududlar va soliq gavanlaridir (ayrim funksiyani yoki faoliyatni amalga oshirishda 
imtiyozli tartibga ega bo„lgan sanoat hududlaridir). 
Shveytsariya, Lyuksemburg, Gonkong, Singapur, Baxrayn, Kayman orollari 
bank faoliyatiga ixtisoslashgan offshor markazlardir. 
Lixtenshteyn va Shveysariyada offshor xolding kompaniyalar ko„p bo„lsa, 
sug„urta firmalari Men, Terks, Gernsi, Kaykos, Bermud orollarida ko„p. 
Offshor dengiz kompaniyalari esa Beliz, Gibraltar, Panama, Liberiyada 
ro„yxatga o„tishni ma‟qul ko„rishadi.
4. Texnik tadqiqot hududlari (texnoparklar, texnopolislar, ilmiy-ishlab chiqarish 
parklari) funksional hududlarning bir ko„rinishi bo„lib, yangi texnologiyalarni ishlab 
chiqish va qo„llashda, bilim ko„p talab qiladigan mahsulotni yo„lga qo„yish va uning 
eksportini oshirishga turli xil imtiyozlarni beradi. Bu kabi hududlar infrastruktura 
uchun birlamchi yirik kapital mablag„lari qo„yishni talab qiladi. 
Moliyalashtirish turli xil manbalardan: davlat budjeti, mahalliy budjet, qarz 
mablag„lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Ular davlatning tadqiqot markazlari 
va sanoatning ilm ko„p talab qiladigan tarmoqlarida faoliyat yurituvchi 
korxonalarning o„ziga xos kompleksidir. 
Ularning shartli ravishda 3 modelini farqlash mumkin: 
A) Amerika modeli (AQSh, Buyuk Britaniya);
B) Yapon modeli (Yaponiya) va
S) aralash model (Fransiya, Germaniya). 
Tajriba shuni ko„rsatadiki, ilmiy parklarning ko„pchiligi mahalliy hukumatlar 
tomonidan tashkillashtirilgan. Qurilish, infrastrukturani jihozlash, tashkil etish uchun 
zarur bo„lgan mablag„ning 75 % ini ular berishgan. 
Har bir EIHning hayot tsikli o„ziga xos bo„lib, u, nafaqat, region xususiyati yoki 
EIHning turi, tusiga bog„liq, balki, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik rivojlanish 
xususiyatlariga, siyosiy tuzilishga va boshqa ko„plab omillarga bog„liq. 
Qaysi sohalarga yoki tarmoqlarga xizmat ko„rsatish nuqtai nazardan hududlarni 
uchga ajratishadi: 
1. Savdo. 
2. Sanoat. 
3. Funksional yoki xizmat ko„rsatish sohasi.


76 
Hudud maydonining kattaligiga qarab ham turkumlanadi: 
1. Mikrohudud – bir korxona, portga imtiyozli xo„jalik tartibi berish. 
2. Mezohudud – ma‟muriy bir rayonning bir qismini o„z ichiga olgan, aniq bir 
chegarasi bo„lgan (“Shennon” EIH kabi) erkin iqtisodiy hudud. 
3. Makrohudud – mamlakatning butun bir rayoni, shahri yoki kichik bir 
mamlakatda joylashgan erkin iqtisodiy hudud. 
Hudud necha mamlakat territoriyasida joylashganiga qarab esa: 
1. Monomillatli hudud, ya‟ni bir mamlakat ichida joylashgan hudud. 
2. Xalqaro hudud, ya‟ni ikki va undan ortiq mamlakat o„rtasidagi hudud 
hisoblanadi. Turli mamlakatda bo„lishidan qat‟i nazar unda bir xil o„yin qoidalari va 
adekvat xo„jalik yuritish imtiyozlari mavjud bo„ladi.
Milliy iqtisodiyot bilan o„zaro ta‟siriga qarab yoki boshqacha aytganda jahon 
bozoriga ochiqligiga qarab hududlar quyidagi ikki turga ajratiladi: 
1. Anklav tarzidagi EIH, bunda u eksportga va valyuta tushumi olishga 
mo„ljallangan. Anklav xarakterdagi hududda mamlakatning qolgan qismi bilan aloqa 
qilish uchun yopilgan, biroq tashqi aloqalar uchun ochiqdir. Anklav xarakterdagi 
hudud integratsion hududning antipotidir, u asosan, erkin, konvertli valyuta oqimini 
oshirish maqsadida yaratiladi. Anklav hududlar faqat tashqi bozorga mo„ljallab ishlab 
chiqarishni tashkil etadigan hududlardir. Anklav xarakterda bo„lgan EIH milliy 
iqtisodiyotga samarali ta‟sir eta olmaydi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish