Qurilish materiallari
– binolar (inshootlar) qurish va ta‟mirlashda
ishlatiladigan tabiiy va sun‟iy ashyolar hamda buyumlar.
Qo„shma korxona
– boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan,
tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Qo„shma
korxona o„zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil
qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika vazifalarini echishga
qaratiladi. Ta‟sischilarning o„z mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga qo„shma
korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qo„shma korxona, asosan, chet el texnikasi,
texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xomashyo va ishchi kuchi
hisobiga ishlaydi, o„z mustaqil balansiga ega bo„ladi, to„liq xo„jalik hisobi asosida
faoliyat olib boradi. Qo„shma korxonaning chet ellik ta‟sischisi daromad hissasini o„z
mamlakatiga olib chiqib ketish (o„tkazish) huquqiga ega bo„ladi.
Qo„shma tadbirkorlik
– bir qancha hamkorlar, shu jumladan, turli davlat
hamkorlarining umumiy tarbirkorlik faoliyati. Qo„shma tadbirkorlik uchun
tadbirkorlik faoliyatining barcha ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini kelishish
zaruriy holat hisoblanadi.
Qo„shma tadbirkorlik hududi
– mamlakatning bojxona hududidan tashqarida
joylashgan sifatida qaraladigan, maxsus bojxona, ijara, soliq, valyuta, viza, mehnat va
boshqa rejimlar joriy etiladigan, soliq va bojxona imtiyozlari asosida xorijiy kapital
qo„yilmalari va qo„shma tadbirkorlikni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratiluvchi davlat hududining maxsus qismi.
H
Hisob stavkasi,
hisob foizi stavkasi, qayta moliyalashtirish stavkasi – markaziy
banklarning tijorat banklari rezervlarini to„ldirish va ularning o„z mijozlariga bank
xizmatlari ko„rsatish uchun beradigan kreditlariga belgilaydigan foiz stavkasi; tijorat
banklari Markaziy bankdan olgan kredit resurslari uchun to„laydigan haq. Hisob
stavkasi bozor mexanizmidagi g„oyat muhim iqtisodiy vosita, davlatning pul
siyosatida qo„llaniladigan kuchli iqtisodiy dastak. Hisob stavkasi pul bozoridagi
talabga ta‟sir ko„rsatishning asosiy vositasi hisoblanadi. Iqtisodiyotda o„sishni
tezlatish maqsadlarida hisob stavkasi pasaytiriladi yoki aksincha, iqtisodiyotda o„sish
jadallashib, tovarlarni sotish qiyinlashganda o„sishni sekinlashtirish uchun hisob
stavkasi oshiriladi. Hisob stavkasiga pul bozoridagi talabdan tashqari kutiladigan
381
inflyatsiya darajasi ham ta‟sir ko„rsatadi. Inflyatsiyadan ko„riladigan yo„qotish hisob
stavkasini oshirish orqali qoplanadi. Masalan, me‟yordagi hisob stavkasi 4 % bo„lib,
inflyatsiya 3 % darajasida kutilsa, amaldagi hisob stavkasi 7 %ni tashkil etadi.
Markaziy bankning hisob stavkasi qancha yuqori bo„lsa, tijorat banklari o„zlari
taqdim etadigan kreditlar uchun oladigan foizi shu qadar yuqori bo„ladi.
Hisobot
– korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan o„z faoliyati
to„g„risida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat,
statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, ma‟lumotlar, hisob-kitob
hujjatlari.
Hukumat
– davlatning oliy kollegial organi. Hukumat turli mamlakatlarda
turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar
Mahkamasi (Buyuk Britaniya, O„zbekiston) va h.k. O„zbekistonda hukumat Vazirlar
Mahkamasi deb nomlanadi. U ijtimoiy hayotning barcha sohalariga rahbarlik qiladi.
Hukumat tarkibi Prezident tomonidan shakllantiriladi.
382
Do'stlaringiz bilan baham: |