boj to„lovlarisiz
savdo olib boradigan magazinlar
(“Dyuti fri”
magazinlari)
uzoq vaqtlargacha
faoliyat yuritgan. Ularning savdo hajmi 1990-yil oxirlariga kelib 1 mlrd. dollarga
yaqinlashgan. Biroq, 2000-yil yanvaridan boshlab Yevropa Ittifoqidagi boj
to„lovlarisiz savdo qisqartirilib bordi, u Yevropa Ittifoqi savdo to„siqlarini bekor qildi
va o„z hududdidagi bojxona jarayonlariga tegishli qoidalarni standartlarshtirdi.
G„arbiy Yevropada offshor markazlari keng tarqalgan. Ular xorij tadbirkorlarini
o„zining qulay valyuta-moliyaviy qonunchiligi, soliqqa ttortishning imtiyozli
xarakteri, bank va tijorat sirlarining yuqori darajadaligi bilan o„ziga jalb qiladi.
Xalqaro offshor biznesini yurituvchi yetakchilarga Men, Buyuk Britaniyadagi Gernsi
va Djersi, Vengriya, Irlandiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta, Monako,
Shveytsariya va boshqalar kiradi. Offshor biznesi bank va sug„urta faoliyatini,
ko„chmas mulk operatsiyalarini, eksport-import operatsiyalarining ko„pgina turlarini,
konsaltingni o„zida mujassamlashtiradi. G„arbiy Yevropa offshor biznesi sohasidagi
kapital 130 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Unda 400 mingdan ortiq jismoniy va yuridik
shaxslar faoliyat yuritadi, har yili bir necha minglab yangi kompaniyalar
registratsiyadan o„tadi, ula offshor operatsiyalari masshtablarini kengaytiradi.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarga
keladigan
bo„lsak,
yangi
industrial
mamlakatlarda EIHlarni tashkil qilish sezilarli darajada foyda keltirdi. Janubiy
Koreya Respublikasida, Singapur, Tayvan, Syangan, Malayziya, Filippin, Braziliya
va Meksika kabi davlatlarda tashkil qilingan EIHlar iqtisodiy o„sishning umumiy
strategiyasi bo„lib hisoblanadi. Osiyo va Afrikaning qator rivojlanayotgan
mamlakatlari uchun EIHlar ularning iqtisodiy rivojlanishining muhim mexanizmi
bo„la olmadi. U erdagi erkin iqtisodiy hududlarda yengil-sanoat mahsulotlarini ishlab
chiqarish, uy ro„zg„or eleketronikasi, ba‟zan mahalliy xomashyoni qayta ishlash
bo„yicha og„ir sanoat sohalarida faoliyat yuritilgan. Lekin, u yerdagi faoliyat boshqa
hududlardan terrritorial ajralib, go„yoki anklav kabi bo„lgan. Shunday bo„lsa ham
EIHlar bu mamlakatlar rivojlanishini tezlashishiga, ularni xalq xo„jaligi bilan
integratsiyalashuviga yordam beradi. Shuning uchun ham rivojlanayotgan
mamlakatlarda EIHlar soni ortib bormoqda.
Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Xitoy mamlakatlarida 1980-yillarda
EIHlar xorij kapitalini va texnologiyasini jalb qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni
kengaytirish maqsadlarida tashkil qilina boshladi. Markaziy va Sharqiy Yevropa
mamlakatlarida, asosan, mahsulot-omborxona va eksport-ishlab chiqarish hududlari
20
tashkil qilingan va ularga soliq hamda bojxona imtiyozlari berilgan. Misol uchun,
Vengriyada
EIHlarni,
milliy
iqtisodiyotni
jahon
xo„jaligi
bilan
integratsiyalashuvining real instrumentiga aylanishida yetarlicha tajribaga ega.
Biroq Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ayrimlarida tashkil
qilingan erkin iqtisodiy hududlar sezilarli natijalar bermadi, bunga ularni
rivojlantirish uchun strategiyaning puxta ishlab chiqilmaganligi sabab bo„lgan.
Bundan tashqari, EIHlar faoliyati, ya‟ni eksport-ishlab chiqarish hududlari
konsepsiyasiga asoslanib mamlakatga xorij kapitalini kirib kelishiga moslanmagan,
sharoit yaratilmagan, bozor strukturasining nimjonligi va mahalliy bozorning
cheklanganligi sabab bo„lgan.
Xuddi shu paytda, Xitoyda tashkil qilingan EIHlar ishonchli natijalarni bergan.
Xitoydagi EIHlar, birinchi galda, xorij va chetdagi xitoy kapitalini jalb qilishga,
ko„pgina va arzon ishchi kuchidan foydalanish, mamlakat hoqimiyatining va
mahalliy organ hukumatining moliyaviy qo„llab-quvvatlanishiga qaratilgan.
Eksportga mo„ljallangan va texnologik jihatdan yirik hajmga ega bo„lgan loyihalarga
jalb qilingan xorij kapitallariga qo„shimcha soliq imtiyozlari berish yo„li bilan, asosiy
fondlar amortizatsiyasini tezlashtirish bilan, ish kuchi va yer ijaralariga to„lovlarini
davlat tomonidan subsidiyalar ajratish bilan, Xitoy ichki bozorida mahsulotni
sotishga qo„shimcha huquqlar berish va boshqa vositalar yordamida katta imtiyozlar
beriladi. Bularning hammasi ushbu hududlarda qabul qilingan xalqaro talablarga
javob bera oladigan qulay investitsion muhitning shakillanishiga olib keldi.
Natijada hozirgi kunda Xitoyda EIHlarning ko„p darajali tizimi tashkil topdi. Bu
tizim Xitoy davlatining EIHlarni rivojlantirish bo„yicha o„ziga xos amaliyot va
tajribalarni shakllantirishida muhim o„rin egallaydi. Buning natijasida bugungi kunda
Xitoyda turli yo„nalishdagi 190 dan ortiq EIHlar faoliyatining samarali yo„lga
qo„yilishiga erishildi. Shunga ko„ra, Xitoy hukumati mamlakatning barcha
mintaqalarida EIHlarni tashkil etish va rivoelantirishga yanada jiddiy e‟tibor qaratib
kelmoqda. Xitoyda EIHlarning amalda faoliyati mamlakatni ma‟muriy-taqsimotdan
ochiq bozor iqtisodiyotiga o„tishiga, milliy xo„jalikning tez rivojlanishiga yordam
bermoqda. Bu esa, o„z navbatida, mamlakatga kirib kelayotgan ko„p milliardlik
investitsiyalar hisobiga sanoatlashgan tashkilotlar va ish joylari soning o„sishi, xorij
kapitali obyektida mehnatni tashkil qilishning ko„payishi, EIHlardagi eksport
hajmining keskin ravishda oshishi kabilarda yaqqol namoyon bo„ladi.
Rossiyada EIHlar 1980-yillar oxiri 1990-yillar o„rtalariga kelib tashkil qilina
boshlandi. Rasman tasdiqlangan EIHlar bir necha o„ntadan iborat edi. Bugungi kunga
kelib, Rossiya Federatsiyasida EIHlar faoliyati tartibga solingan va nazoratga olingan
bo„lib, ular sonining samarali faoliyat ko„rsatishiga qarab qisqartirildi. Ular ichida
erkin savdo hududlariga tegishli mahsuslashtirilgan turli xildagi hududlar va o„z
hajmiga ko„ra kattaroq, umumiy, kengroq bo„lgan hududlar bor. Biroq, Rossiyada
tashkil qilingan barcha EIHlar ham vaqt o„tishi bilan tajribalarga dosh berolmadi.
Bunga ularga (EIHga) nisbatan mamlakat siyosatining munosabati ham ta‟sir
ko„rsatgan. Ular ichida muvaffaqiyat qozonganlardan Primorya o„lkasining
“Naxodka” EIH va Kaliningrad viloyatidagi mahsus iqtisodiy hududlarni aytish
mumkin.
21
Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi (MDH) va Markaziy Osiyo
davlatlarida ham EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratib
kelinmoqda. Jumladan, bugungi kunga kelib Rossiya Federatsiyasida 25 ta,
O„zbekistonda 21 ta, Qozog„istonda 10 ta, Turkmanistonda 10 ta, Belorusiyada 6 ta,
Tojikistonda 2 ta, Qirg„izistonda 1 ta EIH faoliyat ko„rsatmoqda.
EIHlarning rivojlanish bosqichlari va shu asosda yuzaga kelgan yangi avlod
shakllarini quyida keltirilgan 1.2-rasm orqali ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |