4 – MAVZU: Menejmentning nazariy asoslari
1.
Boshqaruv va menejment. Moliyaviy menejment. Innovatsion menejment. Savdo
menejmenti.
2.
Menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari.
3.
A.Temurning boshqaruv tamoyillari.
4.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda boshqarish tamoyillari.
5.
Davlat boshqaruvi.
6.
Boshqaruv funktsiyalari to’g’risida tushuncha.
7.
Boshqaruv usullari.
8.
Mexnat taqsimoti.
9.
Raxbarning vazifalari.
10.
Boshqaruvning zamonaviy tamoyillari.
3-topshiriq
“Hissadorlar yangi rahbarni tanlaydilar”
So’nggi yilda bundan avval ham ishlari uncha yaxshi bo’lmagan “Kompleks”
yopiq
turdagi hissadorlik jamiyatining ishlari yomonlashdi. Talab kamaydi, mahsulot iste’molchilari
to’lovlarni to’lashga shoshmadilar. To’lasalar ham asosan barter qilardilar,
natijada ushbu
jamiyatning ham debitorlik ham kreditorlik qarzlari ko’payib ketdi, ishlovchilar esa to’rt oylab
maosh olmadilar.
Bosh direktor Antonov N.I. ning fikricha, buning sababi,
davlatdagi umumiqtisodiy
inqiroz, respublikada ishlab chiqarish siyosatining yo’qligi va u takliflarni rad etganligidadir.
Direktorlar kengashi boshqaruvchini almashtirish muammosini yechishga to’g’ri keldi.
Hissadorlarning navbatdagi yig’ini bahslar ostida o’tdi va unda bundan avval “Kompleks” ning
rahbariyatini tanqid ostiga olgan va olti oy davomida korxonaning ishini yaxshilashga va
oyliklarni vaqtida to’lashga va’da bergan Sashin K.A. yangi direktor etib tayinlandi. Sashin
deyarli bir ovozdan tayinlandi. Yangi rahbar
ishini shundan boshladiki, o’zini tayinlanganidan
so’ng uch kunga, u tanlovdagi bosh raqibi bo’lgan bosh muhandis Izmaylov A.P. ga har qanday
hujjatlarni taqdim qilishni taqiqladi.
Ertasi kuni har narsadan iqtisod qilish bahonasida uning xizmat mashinasini olib qo’ydi
va 50-60 km oralig’ida joylashgan bo’linmalar ishini nazorat qilish imkoniyatidan mahrum
qildi. Bularning hammasi, bosh muhandis o’z ishini eplay olmasligi va bosh direktordan hayfsan
olib, mukofot pulidan mahrum bo’lishiga olib keldi.
Yangi direktor bilan ikki oy davom etgan og’ir ishdan so’ng Izmaylov ishdan bo’shashiga
to’g’ri keldi. Tanlov bo’lganiga yarim yildan ortiq vaqt o’tdi, lekin
hissadorlik jamiyatidagi
ahvol yaxshilanish o’rniga yomonlashdi. Oyliklar ham kechiktirildi, byudjet oldidagi qarzlar
ham ko’paydi, nafaqa fondi oldidagi qarzlar ham ko’paydi va “Kompleks”
bankrot yoqasiga
kelib qolish ehtimoli bor.
Rahbar Antonov A.SH. ning qiziqishlarini himoya qiluvchi 1-guruhga topshiriq
:
Siz bilasizki, hissadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yomonligining asosiy sababi
bu Sizning mahsulotingizning iste’molchilarining ancha katta
debitorlik qarzlari borligidir,
lekin Siz bundan chiqib ketish yo’llarini ko’rmayapsiz, chunki oluvchilar bilan o’rnatilgan
aloqalarni yo’qotishni va bozorning yangi segmentiga chiqa olmaysiz. SHuningdek, oylikning
sistematik ravishda kechikishi ishchilarning ko’pini Sizga qarshi qilib qo’yganini tushunasiz.
Vaziyatni hal etish uchun savollar:
1. Siz qaysidir yo’l bilan direktor o’rnida qolishiga harakat
qilasiz yoki hammasini
kengash qaroriga topshirib qo’yasizmi?
2.Og’ir moliyaviy ahvolning yaxshildash uchun nima qilish mumkin?
3. Balki o’zingizni yordamchilaringizni yig’ilishda bitta jamoa bo’lib chiqish va ular
bilan javobgarlikning taqsimlab olish kerakdir?
4. Siz ishchilar va hissadorlar oldidagi javobgarlikni nimada ko’rasiz?
Yangi rahbar Sashin K.P. ning himoya qiluvchi 2-guruhga topshiriq:
Siz korxonaning ishlab chiqarishdagi va moliyaviy ahvolini yaxshi bilasiz,
lekin nima
qilish to’g’risidagi aniq ma’lumot dasturingiz yo’q va Siz o’zgarishlar kiritishda kimga
suyanishni bilmaysiz.
Vaziyatni hal etish uchun savollar:
1.Keyingi olti oy ichida qiladigan ishlaringiz dasturini ishlab chiqing.
2.Jamoadagi ijtimoiy-ruhiy ahvolni yaxshilash uchun va shu maqsadni ko’zlovchi
boshqalarni jalb qilish uchun nimalar qilish kerak?
Direktorlar kengashini aks ettiradigan 3-guruhga topshiriq:
Siz jamiyatda ahvol yomonlashayotganini bilasiz, lekin
bu vaziyatdan chiqib ketish
yo’llarini ko’rmayapsiz.
Vaziyatni hal etish uchun savollar:
1.Ushbu vaziyatda Siz nima qilgan bo’lar edingiz?
2. O’zingizni variantingizni taqdim eting.
Adabiyotlar
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Toshkent «O’zbekiston» 2014 y.
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” PF-4947-son Farmoni.
O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017y., 6-son.
Asosiy adabiyotlar
1.
SHarifxo’jaev M, Abdullaev Yo. Menejment (darslik). -T.: SHarq, 2002.
2.
Yo’ldoshev N.Q.,Kazakov O.S. Iqtisodiyot va menejment. Toshkent , TDIU, 2017.
3.
Ikramov M.A.,Kazakov O.S. Iqtisodiyot va menejment asoslari. Toshkent ,
VneshPromizdat, 2019.
4.
Menejmentga kirish. Darslik. Toshkent. “Fan ziyosi”, 2021 yil, 378 bet.
Qo’shimcha adabiyotlar
1 Meskon M. i dr. Osnovы menedjmenta. Moskva, Delo,2012
2. Yo’ldoshev N.Q.,Kazakov O.S. Menejment. Toshkent , FAN, 2004.
3. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. T.: 2004.