Antistartup.Darkside.vc
1-BOB. ASOSLAR
Sarmoyadorlar
–
o‘sha sotuvchi/olib sotarlar.
Sarmoyalarning mohiyati
–
yaxshi aktiv/ inqiroz holatidagi kompaniyani
(holatlarni sun’iy ravishda
yaratish mumkin) sotib olish va kompaniyani keyinchalik keyingi o‘yinchi/sarmoyador/xo‘jayinga yoki
IPO orqali qimmatga sotish.
Aksariyat holatda sarmoyador “tezkorlik bilan o‘sayotgan startap” sifatida o‘zini anglagan yaxshi
aktivga sarmoyalarini kiritmaydi. Chunki uning bahosi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. Uni sotib
olish arzon, sotish qimmat bo‘lib, daromad olish ancha qiyin kechadi.
Bunga muqobil misollar keltiraylik.
Tasavvur qiling, sarmoyador -
bu muvaffaqiyatli ravishda
turmushga chiqmoqchi bo‘lgan mallasoch xonim. Tadbirkor esa - o‘ziga
xotin qidirayotgan
muvaffaqiyatli kuyov.
Mallasoch xonimning 1-qoidasi:
«Yomon holatda qolgan yaxshi yigitni qidirish».
Yaxshi yigit/muvaffaqiyatli kuyovning 1-qoidasi
(keyingi o‘rinlarda -MK):
«Kamtarroq bo‘lish va mavjud haqiqatni anglash:
hozir qanchalik ishlar
yurishmasin, mallasoch xonim yordamisiz chiqish qiyin bo‘lgan yomon holatga tushib
qolish oson».
Antistartup.Darkside.vc
Venchur va venchur bo‘lmagan loyihalar
Texnologik, venchur (xavfli) hikoyalar, startaplarning bir- biridan farqi shundaki, u yerda katta xavf
mavjud, demak, sarmoyadorlar mazkur xavflar uchun katta miqdordagi tovon pulini talab qilishadi. Agar
sizning loyihangizga sarmoyador 1 million dollar miqdorida sarmoya kiritgan bo‘lsa, u 2-3 yil ichida
sizning ustingizdan kamida 10 million dollar daromad olishni kutmoqda. Bu bir yillik 150-200
foizli
kredit demakdir.
Bir yillik kredit
(Bozor $100M+ O‘sish ˃ 200% venchur (xavf)
venchur emas (xavfli emas)
10 ta kiritilgan sarmoyadan ko‘ra hammasini qoplaydigan bitta sarmoya samarali bo‘lishi haqida fikrlar
mavjud. Ammo aslida hamma narsa bundan ham battardir. Venchur jamg‘armalar: odatda bittagina bitim
boshqalarini ta’minlaydi (!). FAQAT BITTASI. Ba’zida menan so‘rashadi: jamg‘armalar yoki biznes
farishtalarining maqsadlari nima? Men 10 yil davomida xuddi ana shunday bitta bitimni topishni istar
edim, deb javob bergan bo‘lardim. Xavflarning diversifikatsiyasini jin ursin!
Faqat bittagina
kompaniyani topish, bosh maqsad bo‘lmog‘i lozim. Hech bo‘lmaganda
u VKontakte,
Uber yoki
WhatsApp darajasida bo‘lishi zarur.
Antistartup.Darkside.vc
Masalan, Ycombinator orqali minglab startaplar o‘tgan, ammo faqat ikkita kompaniya – Airbnb va
Dropbox (umumiy miqdordan atigi 0,1%) haqiqatan ham muvaffaqiyatga erishishdi. Bu eng zo‘r
ko‘rsatkichdir.
Do'stlaringiz bilan baham: