ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya.
ushbu maqolada til, uning hayotdagi o‘rni haqida fikr yuritildi. o‘zbek tilining
rivoji, uning taraqqiyoti yo‘lida qabul qilingan qonunlar haqida so‘z boradi. Tilning inson
hayotidagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tildi
Kalit so‘zlar.
Til, davlat tili, lotin yozuvi, imlo qoidalari, qonun, alisher navoiy, amir
Temur, xalq, millat
inson tafakkurining oltin mevasi – odamlararo o‘y – fikrlarning almashish vositasi bo‘lgan
tildir. Til – millatning borligini, qudratini, nasl-nasabini anglatadi. Til borki – millat bor, millat
borki – vatan bor. Tili yo‘q millatning o‘zi yo‘q, o‘zi bo‘lganda ham vatani yo‘q.
o‘zbekiston respublikasining “davlat tili haqida” gi qonuni 1989 -yil 21- oktabrda qabul
qilingan. Shu davrdan boshlab har yili bu kunni “Til bayrami” sifatida nishonlaymiz.
mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqei
kengaydi. o‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli haqida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar
qabul qilindi.
1993 yil 2 sentabrda “lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”
qonun qabul qilinishi vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb
etdi. Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida “o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab
chiqildi va o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi tomonidan 1995- yil 24- avgustda
tasdiqlandi.”
davr taqozosi bilan “davlat tili haqida” gi qonun ga ham ayrim o‘zgartirishlar kiritildi va
1995- yilning 21- dekabrida o‘zbekiston respublikasining yangi tahrirdagi “davlat tili haqida” gi
qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo‘lib, uning 1- moddasida asosiy qonunimiz
bo‘lgan konstitutsiyamizning 4- moddasida yozilganidek “o‘zbekiston respublikasining davlat
tili o‘zbek tilidir” deb yozib qo‘yilgan.
hozirda davlat tilini o‘rganish, unga amal qiish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglangan
majburiyatga aylandi. o‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va
boyligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, uning iste’moli doirasini kengaytirib boorish davlatimiz
fuqarolarining burchi xisoblanadi.
vatan sarhadidagi zarradan tortib, barcha noz-ne’matlargacha, hamma-hammasi ona tili bilan
nomlanadi. har bir millat o‘z ona tilini jondan sevadi va ona tilida butun vujudi yayrab, hur
va erkin gaplashadi. millat tili qondoshlik va vatandoshlik ramzi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning
uchun xam “ona tili-ona vatanim timsoli” deyishgan xalqimiz. o‘zbek xalqining buyuk sarkarda
bobosi amir Temur zimmasiga xalqimizning tarix sahnasidagi o‘rnini asoslab berish tuhgan
bo‘lsa, ma’naviy – ma’rifiy zaminini belgilab berish ulug‘ bobomiz alisher navoiyga nasib
etdiki, buni 5-6 asrlik tarix yorqin ko‘rsatib turibdi.
navoiy bobomiz o‘zbek tilida nafaqat badiiy asarlar, balki o‘tkir ilmiy asarlar ham yaratish
mumkinligini isbotlab berdi. navoiy sof o‘zbek tilida shunday noyob asarlar yaratdiki, bu asarlar
butun o‘zbek xalqining dunyo xazinalaridan ham qimmatli boyligiga aylandi. navoiyning barcha
badiiy asarlarni, shoh asari “Xamsa” ni, “Xazoyin-ul maoniy” devonlarini shu tilda yaratish o‘z
e’tiqodiga sadoqatining ramzi bo‘ldi. alisher navoiy o‘zbek tilini kamsitgan kimsalarga o‘zining
“muhokamat ul -lug‘atayn” asarida o‘tkir tafakkur bilan javob berib, ona tilimizni ulug‘ladi.
u o‘zbek tilini, ya’ni “turk ildizini” o‘n sakkiz ming olamdan, to‘qqiz osmondan, durlar to‘la
xazinadan ziyoda ko‘rdiki, bu doxiyona bashoratdir.
navoiyshunos va tilshunos olimlarimiz e’tirof etadilarki, hech kim o‘zbek tilini bu qadar
yuksak ta’rif va tavsif qilmagan. Sobiq sho‘ro tuzumi davrida merosimizga o‘ta befarq bo‘lib,
milliy xususiyatlarimizdagi jozibalarni yo‘qotib qo‘ydik.
Xalqimizning ma’lum bir toifasida o‘ta mute’lik, taqlidchilik kabi illatlar bor ediki, bu xalq
boshiga ko‘pda-ko‘p fojialarni, xech o‘nglab bo‘lmaydigan asoratlarni soldi. Bu nafs bandalari
chet so‘zlarni va atamalarni tilimizga zo‘rlab kiritishda tilimiz qonuniyatlarini buzdilar, harf-
29
Do'stlaringiz bilan baham: |