Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
KITOB TAFAKKUR XAZINASI.
Qarshi shahar 11-maktabning
1- toifali, ingliz tili fani oʻqituvchisi.
Nazarova Charos Burxonovna.
Qarshi shahar 11-maktabning
1-toifali ingliz tili fani oʻqituvchisi.
Kamilova Malika Kamalovna.
Annotasiya:
o‘zbek xalqi o‘zining tarbiyaga oid ulkan merosiga ega.Bu meros asrlar osha
avloddan avlodga saqlanib kelmoqda.
Kalit so‘zlar:
kitob, tafakkur, xazina.
inson hayotida chinakam va beminnat do‘st bu kitobdir.har bir inson hayotida o‘z bilimi va
tafakkuriga tayanadi.Bilim va tafakkurni esa birinchi navbatda kitobdan olamiz. kitob o‘qigan
inson o‘tmishdan boxabar bo‘ladi va kelajakka teran nigoh bilan qaraydi.
kitob o‘tmishni bugun va kelajakka boĝlaydigan o‘ziga xos ko‘prikdir. kitobni ma’naviy
meros ,tuganmas xazinalar deyishlari ham bejiz emas, haqiqiy kitobni qadrlaydigan insonlargina
uning bu kabi qimmatini anglab yetishgan.
Buyuk bobokalonimiz,tabobat ilmining sultoni, mashhur tabib abu ali ibn Sino betob bo‘lgan
Buxoro amiri nuh ibn mansurni davolagach, amr tomonidan “Senga bu yordaming uchun nima
ato qilay?” degan savolga bobokalonimiz saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lish mumkin ekanligini afzal koʻradi. demak, haqiqiy komil inson kitobning qadriga yetadi,uni
har qanday o‘tkinchi narsalardan ustun qo‘yib, o‘zi bilan birga avadiy xazinani saqlab yuradi.
har bir ziyolilar kelajagi ham kitob bilan bogʻliq.inson o‘z oldiga qo‘yilgan orzu-maqsadlariga
chuqur oʻrganish va tahlil qilish imkoniga ega boʻladi. Bilimni esa insonga albatta kitob beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida ham yaxshi odamlar
shunday qilsa, kitoblarni ko‘proq o‘qib izlansa ,maqsadga muvofiqdir. ko‘pchilik ota- onalarimiz
o‘z farzandlariga so‘nggi texnologiyalar asosida dasturlashtirilgan turli o‘yinlar , ingliz tili
fanidan test savollari va javoblari bilan birga olib borish uchun kerakli boʻlgan qiziqishini
oshirish mumkin,o‘quvchilarning.
o‘quvchilarda yuksak axloq normalarini shakllantirish ma’suliyati esa har bir ota-ona
va ustozlar masʼul bo‘lishadi.Biz bu natijalarni uzoq yillik mehnat faoliyatimiz davomida
ko‘p kuzatganman.qisqa qilib aytganda ham kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ahloqiy
sifatlari,bilmga qiziqish ,faolliklarni rivojlantirish barchamizning burchimiz deb bilamiz.
“kitob-ilm manbai”, - deydi dono xalqimiz. ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy sog‘lom va
barkamol etib tarbiyalashda, tafakkur xazinasini boyitishda kitob mutolaasining o‘rni beqiyosdir.
Shuning uchun ham, azal-azaldan ilm manbai, ma’naviyat xazinasi sanalgan kitobga munosabat
inson ma’naviyatini ko‘rsatadigan muhim omillardan biri hisoblangan. agar, xalqimizning uzoq
o‘mishiga nazar tashlasak, buyuk Sohibqiron amir Temur bobomiz ham yuksak ma’naviyatli
inson sifatida kitobni juda qadrlaganliklariga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Tarixda o‘tgan ko‘p
hukmdorlar zabt etilgan yurtning ma’naviy boyligi bo‘lgan kitoblarni yoqib yuborib, moddiy
boyliklarini to‘plab, o‘z yurtiga olib ketgan bo‘lsalar, Sohibqiron amir Temur bobomiz, aksincha,
qaysi yurtda bo‘lmasin, xalqning ma’naviy boyligi bo‘lgan kitob va qo‘lyozmalarni to‘plab,
o‘z yurtlariga jo‘natganlar. ulug‘ bobokalonimiz mamlakatda kitob va qo‘lyozmalarga boy
kutubxonalar qancha ko‘p bo‘lsa, ilm-fan va madaniyat shuncha tez rivojlanadi, deb hisoblaganlar.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. voqif vesti plyus gazetasi.Ta’limga oid jurnallar.
188
Do'stlaringiz bilan baham: |