Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
INFORMATIKA DARSLARIDA O‘ZLASHTIRISH SAMARADORLIGINI
OSHIRISH USULLARI
Mamarasulova Mahmuda Turobboyevna
Namangan viloyati Namangan tuman
XTB ga qarashli 21-maktab O‘TIBDO‘
Telefon: +99893 402 71 00
Anotatsiya:
ushbu maqolada informatika darslarida o‘zlashtirish samaradorligini oshirish
bo‘yicha o‘qitish metodlari, shakllari va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
metod va shakllar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari (akT), frontal
o‘qitish, jamoa bo‘lib, guruhlarga bo‘lib o‘qitish, juftlikda ishlash, individual o‘qitish shakllari.
informatika yo‘nalishining istiqbollari va rivojlanishi bilan bir qatorda hozirgi kunda
informatika fanini o‘qitishning talablari, mazmuni hamda shakllari ham o‘zgarib bormoqda.
axborot madaniyatini to‘liq o‘zlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha
chuqur bilimlarga ega bo‘lish hozirgi zamon talablaridan biridir. informatika va akT
o‘qituvchisining maqsadi – axborot jamiyatida yashay oladigan shaxsning shakllanishiga o‘z
hissasini qo‘shish. ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish
lozim:
-o‘quvchilarda axborot madaniyati elementlarini shakllantirish uchun sharoit yaratish;
-mustaqil bilim olish hamda o‘z ustida ishlash malakalarini shakllantirish uchun sharoit
yaratish;
-informatika va akT ni o‘qitishda fanlararo bog‘liqlik;
-iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash uchun shart-sharoit yaratish.
informatika fanini o‘qitishning umumiy shakllarini quyidagilarga ajratish mumkin: 1)
frontal o‘qitish; 2)jamoa bo‘lib o‘qitish; 3)guruhlarga bo‘lib o‘qitish; 4)juftlikda
ishlash; 5)individual o‘qitish.
o‘qitishning umumiy shakllarini ajratishda o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi
orasidagi kommunikativ xususiyatlariga asoslanilgan.
o‘qitish shakl va metodlarini tanlashda va tuzishda quyidagilar asosiy rol o‘ynaydi:
-ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarining mosligi;
-o‘rganilayotgan materialning mazmunga mosligi;
-o‘quvchilar imkoniyatlarining ta’limga mosligi;
-ergonomik sharoitlar (darslarni jadval bo‘yicha o‘tkazilish vaqti, kompyuterda ishlash
vaqtining davomiyligi);
-o‘qituvchining individual xususiyatlar va imkoniyatlarga mosligi.
nafaqat informatika darslarida, balki boshqa fanlarda ham o‘qituvchi o‘quvchilarni
olayotgan yangi bilimlarini tez, oson va samarali o‘zlashtirishga yordam beradigan metod
va shakllarni tanlab olishi kerak. Yuqoridagi o‘qitish shakl va metodlaridan foydalanish
o‘quvchilarning faolligini oshirishga ham yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. a.Sattorov. informatika va axborot texnologiyalari. darslik. – Toshkent. 2008.
2. n.azizxodjayeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. o‘quv qo‘llanma. –
Toshkent. 2003.
3. a.abduqodirov., a.Xaitov., r.Shodiyev. axborot texnologiyalari. – Toshkent. 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |