Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
CHIZMACHILIK DARSLARIDA ZAMONAVIY VOSITALARNI QO‘LLASH.
Bovatov Ibroxim Kamiljonovich
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani
12 - maktabning 2 toifali chizmachilik fani ukituvchisi
Tel: 99-910-86-22
Annotatsiya:
elektron interaktiv doska – raqamli, dasturiy va internet texnologiyalari
sohasidagi oxirgi yutuqlar kombinatsiyasiligi, bu ta’lim sohasidagi keskin o‘zgarish hisoblanashi,
chunki an’anaviy doska va bo‘rlar elektron ko‘rinishga o‘tishi haqida so‘z boradi.
elektron interaktiv doska - personal kompyuter uchun periferiya qurilmasi hisoblanishi,
proektor qurilmasi bilan birgalikda videoroliklarni, rasmlarni va boshqa obyektlarni yaratish va
namoyish etish, kompyuter xotirasiga saqlash yoki printer orqali bosmaga chiqarish mumkinligi
haqida yozilgan.
elektron interaktiv doska tarkibiga quyidagi elementlar kiradi:
doskaga yozish uchun 3 dona elektron ruchka :
doskani kompyuterga ulash uchun 10 metrli uSB-rS232 kabeli :
diskda elektron doska dasturiy ta’minoti :
elektron doska ikki xil ko‘rinishda o‘rnatilishi mumkin. Xarakatlantirishga qulay bo‘lishi
uchun maxsus oyoqli moslamalarga mahkamlanishi
Yoki qo‘zg‘almas bo‘lishi uchun maxsus uskunalar yordamida devorga maxkamlanishi
mumkinligi haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zi:
uSB-rS232 kabeli, interaktiv doska, elektron doska,personal kompyuter,
periferiya qurilmasi, uzluksiz kuzatishlariga
katta sinf xonasida dars utilganda zamonaviy kompyuter texnologiyalari qulayliklar yaratadi
va ta’lim sifatini oshirishda samarali usullardan xisoblanadi. ayniqsa chizma geometriya
darslarida o‘quvchilarga chizmalarni chizilishini tushuntirishda zamonaviy texnika vositalaridan
qo‘llash juda qulay. Bulardan eng sodda va tushunarli bo‘lgan turlaridan biri elektron doskadir.
elektron doskada dars o‘tilganda elektron qalamdan foydalaniladi. Xamma amallar mana shu
qalam yordamida bajariladi. dars oddiy doskada o‘tilganidek, faqat unga xoxlagan rangdagi va
qalinlikdagi chiziqlarni chizish mumkin.
dars jarayonida o‘quv qurollarining elektron ko‘rinishidan, raqam va shriftlarning bosma
va yozma ko‘rinishlaridan, tekislik, sirt va boshqa yuzalarni bo‘yashda kerakli ranglardan
foydalanish mumkin. Chiziqlarni o‘chirish, qisqartirish, uzaytirish, chiziq yo‘g‘onliklarini tanlash
va ko‘chirish juda qulay. eng muhimi o‘tilgan darsni, chizmani yoki chizmalarni doskaning
xotirasiga saqlab, qayta ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Buning uchun elektron doskada kerakli
komandalarni chaqirish va ularni kerakli vaqtda almashtirib turish lozim. Chizmachilik darslarida
o‘tiladigan barcha ma’ruzalarni elektron doska xotirasiga yozib qo‘yish, kerakli vaqtda qayta
ko‘rsatish, fleshkada saqlash, kompyuterlarda mustaqil o‘rganish va hatto bir necha sinfda bir
vaqtda dars o‘tish imkoniyatlari mavjud. elektron doskadan foydalanganda elektron qalam bilan
chizmalarni chapga, o‘nga, yuqoriga va pastga surib qo‘yib, yangi chizmaga joy ochish mumkin.
elektron doskani yuzasini vertikal va gorizontal xolatda kengaytirish mumkin.
Chizma geometriya darslarini elektron doskadan foydalanib o‘tilganda quyidagi qulayliklarga
ega bo‘lish mumkin: o‘quvchilarga tushunish osonroq bo‘lishi uchun chizg‘ich, transportir,
tsirkul va boshqa o‘quv qurollar kerak bo‘lmaydi, bir juftlik yoki ikki juftlik ma’ruzalar
o‘tilganda, chizmalarni qayta chizishga xojat yo‘q. ikkinchi dars boshlanganda qisqa vaqt ichida
birinchi darsda o‘tilgan mavzuni mazmunini va chizmalarni qayta ko‘rib chiqish va aynan shu
joydan darsni davom ettirish mumkin. elektron doskadan foydalanish imkoniyati yaratiladigan
bo‘lsa: birinchi navbatda uning barcha imkoniyatlarini o‘rganib chiqish lozim, chizmachilik
ma’ruzalaridan tashqari amaliy mashg‘ulotlarni, injenerlik grafikasi darslarini, xamda qurilish
chizmachilik darslarini o‘qitishga xam elektron trenajyordan foydalanish, o‘qituvchi uchun xam
o‘quvchi uchun xam juda yahshi qulayliklar hosil qiladi. o‘qituvchi doskada bajaradigan barcha
amallarni joyida o‘tirgan xolda bajarishi mumkin.
176
Do'stlaringiz bilan baham: |