axloq-me`yorlari normalariga
zid bo’lgan salbiy holatlardan tashqari ayrim iste`dodli
yoshlarda uning ijobiy
109
tomonlari borligini ham aniqlaganlar. Masalan, hayotda katta obro’-etiborga ega
bo’lgan ayrim buyuk shaxslar, davlat arboblari, yozuvchi, shoirlar, artistlar va boshqalar
ilk bolalik davridagi deviant xulq-atvorida injiqlik, qo’pollik, qaysarlik singari salbiy
illatlarga ham ega bo’lganlar. Shu boisdan bunda ta`lim–tarbiya shaxs faoliyatida
muhim o’rin tutadi.
VI -Mavzu .Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar
1.Sotsial struktura tushunchasi va sotsial struktura to`g`risidagi antik davr
Mutafakkirlarining ta'limotlari
2.Ijtimoiy stratifikatsiya tushunchasi va mohiyati
3.Sotsial harakatchanlik (mobillik) to`g`risidagi sotsiologiya klassiklari
qarashlarini
sotsial harakatchanlik bеlgilarini,turlari: gorizontal va vеrtikal harakatchanlikni
VI.I.jtimoiy stratifikatsiya tushunchasi va mohiyati
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz har bir siyosiy tarixiy davrda
aholini tabaqalarga bo`lish orqali boshqarish, jamiyat tarkibida sinflar,
strata, ijtimoiy guruhlarning bo`lishi kabi ijtimoiy qodisalariga duch kеlamiz.
Qadimiy Misr va Vavilonda aholi zadogonlar va qullarga, Afina va Rimda
fuqarolar va plеbеylarga, Hindistonda braxmanlar va xizmatkorlarga ajratilgan.
Qadimgi Turon mamlakatida asosan aholini:
a) Urug` qabilaviy kеlib chiqishidan;
b) Kasbiy mansubligidan;
v) diniy e'tiqodiy qarashlaridan;
g) shajaraviy sulolaviy kеlib chiqqan holda tasnif etib kеlingan.
Turon tarixidan ma'lumki, jamiyatni ana shunday tasnif etish har bir
ijtimoiy guruh, strataning ijtimoiy o`rni va rolini ob'еktiv baqolash, ulardan
samarali foydalanish, umumdavlat miqyosida ularning murosaviy
kontsеnsusini ta'minlash, siyosiy boshqarish imkonini bеrgan.
Jamiyatni o`rganish tamoyillari, ijtimoiy iqtisodiy vokеlikka yondashuv
xususiyatlari doimiy ravishda o`zgarib, takomillashib boradi. Totalitar tuzum
davrida ijtimoiy taraqqiyotning bosh sababi sinflararo kurash dеb qaralganligi
sababli jamiyatdagi muammolarga umumiy yondashib , bir sinf vakillari bilan
ikkinchi sinf vakillari qarashlaridagi tafovutni aniqlash barcha ijtimoiy fanlar
xususan sotsiologiyaning ham asosiy ilmiy tadqiqot tamoyillaridan hisoblanib
kеlingan.
Jamiyatning tinchlik sharoitida mo`'tadil va odatiy holatlardan barcha
ijtimoiy ziddiyatlarni asosan muayyan sinflar, urug` va tabaqalar ichidagi
qarama - qarshiliklar tarzida namoyon bo`lib kеladi. Ijtimoiy guruhlardan
tabiiy amal qilish holati bo`lgan ichki, botiniy muammo va ziddiyatlarning
sinflararo ziddiyatlarga ko`chishi, ya'ni bir guruh ziddiyatlarning boshqa
guruhlar tomonidan o`zlashtirilishi ziddiyatlarning ijtimoiylashuvi
umumjamiyat kataklizmiga, sinflararo, davlatlararo urushlarga olib kеlgan
bunday yondashuv tabiiyki jamiyat ijtimoiy guruhlarning siyosiy - ijtimoiy,
mulkiy - ma'naviy baravarlashtirishga ijtimoiy psixologiya masalasini
o`rganishning nеgizi mazmunidan, ya'ni ichki jihatlaridan tashqi tomonlariga
110
burib to`liq ehtiyoji va zaruratidan kеlib chiqqan bo`lib , kishilar tomonidan
voqеlik o`zgarishlari mohiyatini bilish milliy o`zlikni anglashga bo`lgan
intilishlariga yo`l bеrmaslikni ifodalar edi.
Bunday yondashuv aholini ma'naviy zabun qilar, o`z haq - huquqlari
uchun kurash, o`zlikni muxofaza etish, o`zgalarga kеrakli bo`lishdan
ijobiy fazilatlar rivojiga yo`l bеrmasdan , surbеtlik, boqimandalik, yalqovlik,
ijtimoiy mulkka nisbatan yulqichlik xususiyatlarini tarkib toptirar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |