Bog'liq O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi
19.2.O‟zgaruvchilar o‟rtasidagi o‟zaro aloqalarni grafik taqdimoti Psixologiyada ilmiy axborotlarni grafik taqdim etishning bir necha asosiy shakllaridan
foydalaniladi: xarakteristikalariga tayanuvchi topologik va metrik. Topologik tavsiflashdan
foydalanuvchi axborotlarni etkazib berish an`anaviy usullaridan biri - bu grafiklardir. Qirralari
bilan (yo‘naltirilgan yoki yo‘naltirilmagan qismlari bilan) birlashtirilgan ko‘p sonli nuqtalar
«cho‘qqilar» grafiklar hisoblanadi. Grafiklarni fazoviy yo‘naltirilgan va yo‘naltirilmagan,
bog`langan va bog`lanmagan turlarga ajratiladi.
Psixologik tadqiqotlarda grafiklardan natijalarni tasvirlashda juda ko‘p foydalaniladi. Ko‘plab
nazariy modellarni tadqiqotchilar grafiklar ko‘rinishida berishadi. Masalan, D. Vekslerning
ierarxik modeli yoki CH.Spirmenning intellekt modeli: ular dendritik, simmetrik bo‘lmagan
grafiklar shaklida berilgan. P.X. Anoxinning funktsional sistemasi sxemasi, V.D.Shadrikovning
faoliyat psixologik funktsional sistemasi sxemasi, E.N. Sokolovning kontseptual reflektorli yoyi
modeli - yo‘naltirilgan grafiklarga misol bo‘la oladi.
Natijalarni tariflashga o‘tamiz, yo‘naltirilgan grafiklardan ko‘pincha bog`liq bo‘lmagan,
qo‘shimcha va bog`liq bo‘lgan o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi sababiy bog`liqliklar sistemasini
ta`riflashda foydalaniladi. Yo‘naltirilmagan grafalar psixikaning o‘rganish xususiyatlari
o‘rtasidagi korrektsion aloqalar sistemasini tasvirlash uchun qo‘llaniladi. «Cho‘qqilari» bilan
xususiyatlari, «qirralari» bilan korrektsion bog`liqligi ifodalanadi. Bog`lanishlar xarakteristikasi
odatda grafik qirralarini tasvirlash turli variantlari bilan kodlashtiriladi. Ijobiy aloqalari to‘g`ri
chiziqlar bilan (yoki qizil rang bilan), salbiy bog`liqliklari – punktir (yoki havo rang bilan)
tasvirlanadi. Aloqaning kuchi va ahamiyati chiziqning qalinligi bilan kodlashtiriladi.
Eng muhim belgilari (boshqalari bilan eng ko‘p bog`liqlikka ega bo‘lgani) markazda
joylashtiriladi. Kengroq ahamiyatga ega bo‘lgan belgilari atrofga joylashtiriladi.
Korrektsion aloqalar sistemasidan tekislikda belgilari o‘rtasidagi «masofalarni» aks ettirishga
o‘tiladi. Masofalar ma`lum formula bo‘yicha hisoblanadi:
D=(1- r) |2
bu erda d –masofa, r - korrektsiya belgilari masofalar o‘xshashligini, farqini aks ettiradi. Bu
holatda topologik tasvirlashdan metrik tasvirlashga o‘tamiz, chunki grafaning cho‘qqilari
o‘rtasidagi masofa belgisini hisobga olgan holda korrektsiya kattaliklariga proportsional bo‘ladi:
r =1 bo‘lganida masofa maksimal bo‘ladi, d = 1, r =1,bo‘lganida masofa minimal: d= 0.
Yo‘naltirilgan va yo‘naltirilmagan grafalar ko‘pincha shaxsiy va ijtimoiy psixologik tadqiqotlar
natijalarini tasvirlashda qo‘llaniladi. Xususan, sotsiometrik tadqiqotlar: sotsiogramma bu
yo‘naltirilgan grafa. Har qanday grafik- sxema matritsaga o‘xshash bo‘ladi. Tushunib olish qulay
bo‘lishi uchun natijalarni tasvirlashda 10-11 cho‘qqidan ko‘p bo‘lgan grafiklardan foydalanish
tavsiya etiladi.
Grafiklar bilan bir qatorda psixologiyada fazoviy-grafik tasvirlash ham o‘rnatiladi, unda
elementlar o‘rtasidagi munosabatlar va parametrlari tuzilishi hisobga olinadi (yoki metrik yoki
topologik). Bunga D.Gilfordning «kub» nomi bilan ma`lum bo‘lgan intellekt tuzilishini
tasvirlash misol bo‘ladi. Fazoviy tasvirlashni qo‘llash boshqa bir varianti - V.Vunt bo‘yicha
emotsional holati, kengligi yoki bo‘lmasa G.Ayzenk bo‘yicha shaxs turini tasvirlashni misol
sifatida keltirish mumkin.
Agarda belgilar maydonida metrika aniqlangan bo‘lsa, unda ma`lumotlarni yanada aniqroq
berishdan foydalaniladi. Chiziqda ko‘rsatilgan nuqtaning joylashishi belgilar maydonidan uning
haqiqiy koordinatalariga mos keladi. Shunday usul bilan ko‘p shkalalar, faktorli analiz, patent
tuzilishli analiz va klasterli analizning ba`zi variantlari beriladi. Har bir omil maydonda o‘q
chiziq bilan aks ettiriladi, biz o‘rgangan o‘tkazilish parametri esa - bu maydonda nuqta bilan
ko‘rsatiladi. Boshqa hollarda xususan differentsial psixologik tadqiqotlar natijalarini tasvirlashda
nuqtalar bilan sinalayotganlar, o‘q chiziqlari bilan esa asosiy omillari tasvirlanadi.
Ma`lumotlarni dastlab berish uchun boshqa grafik shakllardan foydalaniladi: diagramma,
gistogrammalar va taqsimlash poligonlari hamda turli grafiklarni qo‘llash mumkin.