SO V C H IL A R
Anvar Muattami kuzatgan kuni ertasiga azonda girillaganicha
tumanga chiqib bordi, Muborakxonimdan ibo qilib Muhayyo
bilan dalada ko‘rishdi, vonrna-yon paxta tergan boiib. Muattar
bilan ikki orada boigan hamma gapni. uning to'v to'giisidagi
fikr-mulohazalarini toiiq aytib berdi. Ikkovi bemalol gaplashaversa
ham boiar ekan, Hakimjon bilan Muborakxonim bu to'giida
ochiqchasiga gaplashgan. qancha giirbat, qancha ko‘z yoshidan
keyin Muborakxonim taqdirga tan bergan ekan: Hakimjonni
kuzatishda “hozirgi yoshlar”, “peshona” degan gaplarni aytibdi.
Lekin uning bir qancha shartlari boiib, bularning eng birinchisi
Muhayyoga sovchi yuborilishi ekan. Hali bu shartlami eshitmasdan
turib, bularning har bin Anvarning ko'ziga tog1 boiib koiindi.
63
Muattar Anvarni magazinma-magazin olib yurib qora
kostyum, qora tufli, oq ko‘ylak, galstuk olib berdi.
Ikkovi shu kuni kechqurun qo‘l ushlashib, uyga xandon-
xushon kirib borishdi - Marg‘uba bularni ko‘rib o‘tqizgani
joy topolmay qoldi, er-xotin ikki shaharda turishi “shunaqa
b o iad i” degan so'zida har xil qochirma, hazil-mutoyiba qildi,
hijron haqidagi she’rlardan bir-ikki satr olqidi, bularning
kechqurun teatrga borish niyati borligini eshitib, darrov ovqat
qildi. Ovqat vaqtida Muattar uni g ‘aflatga solish uchun
Anvarning oyog'ini sekin bosib:
— Mana, opa, hammamiz ham qutuldik, Muhayyo erga
tegayotgan emish, bugun to‘y ,— dedi.
Anvar bu nayrangga o‘zidan bir nima qo‘shmoqchi boiib:
— Tag‘in to‘yiga borib yurm ang!- dedi.
Marg‘ubaning jig ‘ibiyroni chiqdi.
— Voy, men nega borar ekanm an! Azasiga aytsa,
chopqillab boraman! Hu to‘yidan tobuti chiqsin!
Anvar unga xo‘mrayib qaradi.
— Birovning bolasini qarg'amang!..
M uattar Anvarning biqiniga turtib zo‘rgca to‘xtatdi.
Marg‘uba qoiidagi piyolani taq etib stolga qo‘ydi.
— Bilaman, sening ko‘ngling hali ham o'shanda!— dedi
yigiam sirab,— qiz ko‘r qiladi-ya, noshukr, qiz ko‘ r qiladi!..
Anvar ishning pachavasini chiqarib qo‘yishidan qoiqib,
Muattar uni tezroq olib ketish harakatiga tushib qoldi. Anvar
yangi sotib olingan kiyim-boshini kiydi. Marg'uba unga yangi
ro‘molcha berib, qutlug‘ bo'lsin qildi. Anvar hozirgina o'tgan
ikki oradagi tundlikka butkul barham bermoqchi boiib yolg'ondan:
— Yuring, anima, o‘yinga olib bo raylik,- dedi.
Marg‘uba suyunib ketdi.
— Umrlaringdan baraka topinglar!- dedi va kiyingani
narigi uyga kirib ketdi.
Anvar rangi o‘chib Muattarga qaradi, Muattar xunob
bo‘ldi.
— Sizga kim qo‘yibdi, tek o‘tirsangiz bo‘lmaydimi! Endi
to‘g‘irIang, “sizga to‘g‘ri kelmaydigan o‘yin — balet” deng!
Marg‘uba kiyinib chiqqanda Anvar xatosini to‘g‘rilamoqchi
bo‘lib undan battarroq xato qilib qo‘ydi:
— Lekin, amma, sizga to‘g‘ri kelmaydigan o‘yin — balet,
erkakkishi qip-yalang‘och xotinni kaftiga qo‘yib chiqadi!
66
Xayriyat M arg‘uba “bunaqa ekan sizlar nima uchun
borayotibsizlar, Muattar nega borayapti” degani ulgurmadi,
ikkovi chiqib ketdi.
Shunday qilib yoshlar qahvaxonasida bo‘ladigan kichkina
o‘tirishga hammayoq iaxt: odamlar aytildi, stollar yasatildi,
Marg‘ubani g‘aflatga solib, bu yoqdan ham xotiijam bo‘lindi.
Kelin bilan kuyov, xizmatdagi Muattar bilan Naimjon
belgilangan vaqtdan xiyla oldinroq kelib mehmonlami kutishdi.
Biroq mehmonga o‘n ikki kishi aytilgan boisa ham Naimjon
hol-baqudrat sovg‘a-salom ko'tarib kelgan tanish talabalardan
o‘n oltitasini sanab u yog'iga adashib ketdi. Ulaming ustiga
institut badiiy havaskorlaridan sakkizta sozanda, xonanda kirib
kelishdi. Naimjon abjirlik qilib yana bir qancha stol buyurdi.
Nihoyat, mehmonlar turli noz-ne’matlar, rang-barang sharbat
shishalari, anvoyi gullar bilan zeb berilgan stollarga o'tirishdi.
Naimjon marosimni ochib “Bu o‘tirish katta to‘yning
debochasi”, dedi va kelin bilan kuyovga yaxshi tilaklar tiladi.
Sozanda va xonandalar bir juft yalla qilib navbat raqsga kelganda
o‘tirishni tashqariga — qahvaxonaning sahniga ko'chirish
zarurati tug‘ilib qoldi. Talabalar birpasda stollami olib chiqishdi.
Birozdan keyin musiqa sadolari yangrab, ichkaridan chiqqan
kelin bilan kuyovni rang-barang pistonlar sochib, lentalar
otib chapak va olqish sadolari bilan qarshi olindi. Hamma
o‘tirgandan keyin qo'sh childirma gijbakabangni boshlab
yubordi, yana odam yigildi.
Childirma maqomiga yo‘rg‘alab, kift qoqib, stollarni oralab
yurgan to‘rt qiz birin-ketin kelin bilan kuyovning ro‘parasiga
kelib, qoilaridagi guldastalarni ta’zim bilan ikkoviga tutishdi,
yer tepinib yana stollarni oralab yo‘rg‘alab ketishdi. Ora-
sirada birov she’r o‘qib, birov so‘z bilan, birov qiziqchilik
qilib kelin bilan kuyovni tabriklar edi.
Kichkina o‘tirish deb boshlangan ish hayal o‘tmay tuppa-
tuzuk to'yga aylandi ketdi. Yigitlar, qizlar qahvaxonaning sahnida,
harakat to‘xtab qolgan katta ko‘cha va uning naryog‘idagi xiyobonda
o‘ynashar, navbatma-navbat ashula, yalla aytishar edi.
Sahnadagi davraga Anvarning ustasi oqsoq chol toychoq
ko‘tarib kirdi, lapanglab — o‘ynab hammani xo‘p kuldirdi,
keyin kelin bilan kuyov qarshisida to‘xtab toychoqni baland
ko‘tardi-da, hamma jim boiganda: “Men o ‘zim avtomobilist
67
bo'lsam ham bularga chavandoz o‘g‘il tilayman!” dedi va
toychoqni kelinga uzatdi. Qiyqiriq — chapak, kulgi ko‘tarildi.
Javlon qamoqdan chiqqanidan beri “ozodlik uchun” ertayu
kech ichib tentirab yurgan edi, bu kecha qayoqdandir kelayotib
yoshlar qahvaxonasi oldida bo‘layotgan tomoshani ko‘rib
to‘xtadi; qahvaxonaning sahnida o‘ynayotgan qizlarni ko‘rib
n iyati buzildiyu yaqinroq bordi. Shu choq qahvaxona
ichkarisidan hindcha kiyingan, ikki qoshining o‘rtasiga qop-
qora xol qo‘ygan xushqomat bir qiz chiqdi va sozandalaming
zavq-shavq bilan chalayotgan hind maqomiga q o i tashladi va
davrani bir aylanib to‘rdagi stolda o‘tirgan kishilarga ta’zim
qildi. Ko‘ziga odamlar ikkita bo‘lib ko‘rinayotgani uchun Javlon
hindcha kiyingan qizga kafti bilan chap ko‘zini berkitib o'ng
ko‘zi bilan qaradi, qarasa — Muattar! Javlon uning kelganidan
bexabar edi. Muattar bu yerda nima qilib yuribdi, kimlarga
ta’zim qildi? Javlon charchagan o‘ng ko‘zini kafti bilan
berkitib chap ko‘zi bilan qaradi: ne ko‘z bian ko'rsinki,
stolning o‘rta yerida Muhayyo, uning yonida Anvar so‘ppayib
o‘tirar edi. Javlon hushyor tortib o'zini orqaga tortdi,
yugurganicha necha joyda yiqilib, emaklab uyiga yetib bordiyu
ko‘rganlarini Marg‘ubaga aytib berdi. Marg‘uba don tiqilgan
tovuqday bir tovush chiqardiyu boshyalang — oyoqyalang
qahvaxonaga qarab chopdi, kelib, sichqonni yaqinroq keltirib
chang solmoqchi bo'lgan mushukday bir chekkada pisib turdi.
Muattar goh bir oyog‘ining tovonini, goh birining uchini
yerga urib, goh eshilib-buralib, goh to‘lg‘anib xo‘p o'ynadi.
Keyin o‘ynaganicha borib Muhayyoni davraga tortdi. Chapak
bo‘lib ketdi. Hamma jim , kelinning o‘zbekchami, hindchami
o‘ynashini kutar edi. Sozandalar imoga mahtal boiib turishar
edi. Shu payt bir juvon ichkaridan qora quti olib chiqib
Muattarning qo‘liga berdi. Muattar qutini stolning chekkasiga
qo‘yib, uning ichidan shoda-shoda marvarid olib Muhayyoning
bo‘yniga osdi, rang-barang qimmatbaho toshlar o‘rnatilgan
taqinchoqlami boshiga, ko‘kragiga, bilak va barmoqlariga taqa
boshladi. Marg'uba yuragi hovliqib, odamlarning orqasidan
yaqinroq kelib qora qutiga tikildi. 0 ‘sha! Xudo ursin agar, o‘sha
qora quti! Muattarning ishorasi bilan sozandalar birinchi zarbni
berganda Marg‘uba birdan dodlab yubordi-da, dodlaganicha
o‘zini parkka urdi. M uattar qo‘rqib ketdi va beixtiyor
Muhayyoning oldini to‘sdi. Muhayyo hayron bo‘lib qoldi. Anvar
yonida o‘tirgan Naimjonga bir nima dedi - Naim darrov
68
o‘rnidan turib, parkka tomon yugurdi. Park tomonidan
Marg‘ubanlng borgan sayin yiroqlashib borayotgan tovushi
eshitilardi: “Voy-dod! Uyim kuydi! Bolam o‘ldi!..”
Kimdir odamlarni tinchitdi, davrani uzmaslikka, o‘yin-
kulgini to‘xtatmaslikka tirishdi.
Biroq o'tirishdan fayz ketdi. Odamlar tarqaladigan bo'lib
turganda Naimjon yetib keldi va kelin bilan kuyov nomidan
hammaga minnatdorchilik bildirdi. Odamlar ketib bo‘lgandan
keyin Naimjon voqeani aytib berdi: Marg‘uba dodlaganicha
hovliga boribdi, qo‘ni-qo‘shnisi yugurib chiqibdi. Marquba
qaznoqdan bir banka kerosin olib chiqibdi-da, odamlarning
hayhaylashiga qaramay yarmini Anvaming xonasiga, yarmidan
ozrog'ini mast uxlab yotgan Javlonga sepibdi, qolganini
o Lzining boshidan quyibdi-da, gugurt chaqib yuboribdi.
Odamlar alangaga ko'rpa, gilam, sholcha yopib zo‘ rg‘a
o‘chirishibdi. Uyda hech narsaga ziyon yetmabdi. Faqat
Marg‘ubaning sochi, yuzi, qo‘li kuyibdi xolos. Naimjon tez
yordam mashinasini chaqiribdi.
— Endi nima qilamiz?— dedi Anvar ko'zlarini katta ochib.
— M arg'ubani “Tez yordam ” mashinasi albatta olib
ketadi,- dedi Naimjon,— Javlon mast, o‘zini u devordan
bu devorga urib yuribdi. Men bir-ikkita xotinga tayinlab keldim,
uylaringni tozalab qo‘yishadi.
0
‘sha yerga boramiz.
Muhayyo nochor rozi bo‘ldi.
Ular borganda eshik oldida “Tez yordam” mashinasi turar
edi. Javlon Marg‘ubani dast ko‘tarib mashinaga tiqar ekan,
“Sharmanda qilding, saksovul!” dedi va eshikni taraqlatib
yopdi-da, so‘kinib, gandiraklaganicha qorong‘ulik qa’riga kirib
ko‘zdan g'oyib bo‘ldi.
Naimjon kelin bilan kuyovni ichkariga kirgizib yubordi.
Javlonning qayoqqa ketganidan bexabar, undan xavotir olib
har ehtimolga qarshi kiraverishdagi kichkina uyga kirib divanga
cho‘zildi. Bu voqealar Muborakxonim bilan Hakimjonning
qulog‘iga yetsa xavotir bo‘lishmasin, deb Muattar ularni
ogoh qilgani ketdi.
Bu orada tong yorishib, odam odamni taniydigan bo‘lib
qoldi.
Muattar yaxshiyam borgan ekan, er-xotin qahvaxona
atrofida allaqanday shovqin bolganidan azonda xabar topib,
Muborakxonim hozirgina mehmonxonaga borib kelgan, ikkovi
hayron bo'lib turgan ekan. Muattar boigan voqeani bularga
69
aytayotgan paytda birdan ko‘cha eshigi taraqlab ochildi-yu,
sochlari kuygan, yuz-ko‘zini qurum bosgan Ma:rg‘uba otilib
kirdi. Uning aft-basharasi, vajohati qo‘rqinchli edi. Marg‘uba
Muattarga jinniday bir qaradi, “Hu bo‘ying uzilsin!..” deb
bir o‘shqirdiyu tikka Muborakxonimga qarab yurdi, Hakimjon
uni ushlagan edi, qo‘lidan chiqib ketdi-da, Muborakxonim-
ning oyog‘i ostiga zarb bilan o‘zini tashladi.
— Quda, qizingizning, nevaralaringizning orzu-havasini
ko‘ring! Dunyodan ikki qo‘li bir tepa o‘tib ketayotibman...
Rahm qiling...
Hakimjon uni darrov ko‘tarib oldi, oyoqqa qo‘ygan edi,
yana o‘zini yerga tashladi va Hakimjonning yog‘och oyog‘ini
quchoqlab boshini uraverdi.
— DodL Anvaijonning onasidan qolgan taqinchoqlar
ichida meniki, o'zimniki ham bor edi, aytinglar, menikini
berishsin!..
Hakimjon uni yana yerdan ko‘tarib oldi.
— Qanaqa taqinchoq?
Marg‘uba yana o‘zini yerga tashlamoqchi bo‘ldi.
— Muhayyoxonning o'zlari biladilar!
Muborakxonim arang o‘ziga keldi.
— Xo‘p, bersin! Mening qizim taqinchoq taqib katta
bo‘lgan emas.
Muattar kelib Marg‘ubani suyab oldi.
— Faqat shumi, opa?— dedi.— Yuring, taqinchoqlarni
mana men olib beraman! Lekin hozir emas, tushdan keyin
boring!
— Tushdan keyin ikkovimiz boramiz,— dedi Muborak
xonim ,- ungacha bet-qo‘lingizni yuving, qolgan sochingizni
tarang...
Marg‘uba Muborakxonimga mung‘ayib qaradi.
Muattar ketdi. Hakimjonning ko‘z oldiga Marg‘ubaning
yoshlik-bevoshlik chog'lari, ayniqsa yengsiz kofta, tor shim
kiyib kaltakesakday baqrayib turgani, pista chaqib po‘qchog‘ini
tuflar ekan, “Men taqdirning qo'lida o‘yinchoqman”, deb
iljaygani keldi-da, vujudiga, M arg‘ubaning q o ii tekkan
yog‘och ovog‘iga ham muz yugurganday bo‘ldiyu indamay
ko‘chaga chiqib ketdi.
Muborakxonim bilan Marg‘uba tushdan keyin hovliga
borishdi, Marg‘uba akasi vafot etgan uyning derazasi oldidan
70
o‘tishda ko‘ngli ozgan boiib, birpas devorni ushlab qoldi.
Muborakxonim uni suyab dahlizga olib kirdi. Katta uyda
mehmon ko‘p ekan, M arg‘uba o‘zini ro'paradagi uychaga
urdi. Muborakxonim katta uyga kirganda g‘ovurbo‘lib ketdi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tgandan keyin, uychaga Muhayyo,
Muattar, Naimjon, Muborakxonim va bir necha notanish
yoshlar kirib kelishdi, hamon yerga q irab o‘tirgan Marg‘ubani
harchand qistab katta uyga kirgani unatisholmadi. Shundan
keyin Muhayyo chiqib, qora qutini olib kirdi va qopqog‘ini
ochib Marg‘ubani tizzasiga qo‘ydi.
- Mana o‘zingizga qarashli taqinchoqlardan tashqari
Anvaijonning onasi sizga atagan narsalar ham bor emish,
hammasini oling!— dedi.
Marg'uba taqinchoqlarni titib ko'rgani odamlar chiqib
ketishini kutar edi. Buni sezib hamma chiqib ketdi. Marg‘uba
taqinchoqlarni darrov titkilab ko'rdi, hamma narsa joyida,
lekin quti yengilroq boMib qolganday tuyuldi.
Marg‘uba qora qutini bag‘riga bosib uydan asta chiqdi va
zinadan tushganidan keyin hech yoqqa qaramay yo‘rg‘alab
qoldi. Anvar bilan Muhayyo uni derazadan ko‘rib zinaga
chiqanida Marg'uba ko'cha eshigini ochgani qo'l uzatgan edi.
— Amma,— dedi A n var,- eshikni qattiq yopmang, qulf-
lanib qoladi.
Marg'uba orqasiga bir qaradi, chiqib eshikni sekin yopdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |