Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

 
 
 


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
“HOZIRGI ADABIY JARAYON” FANIDAN
KURS ISHI MAVZULARI VA ULARNI BAJARISH
BO`YICHA TAVSIYALAR 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.
Kurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy maslahatlar 
Talabalar adabiyotshunoslik fanining qonun-qoidalarini o’rganib, 
ma’lum adabiy nazariy bilimga ega bo’lganlaridan so’ng yoki bu o’rganish oxirlashayotgan 
jarayonda mustaqil va ijodiy yozma ish hisoblanadigan kurs ishlari yozadilar. Kurs ishlari 
ularning adabiyotshunoslik sohasida orttirayotgan bilimlarini mustahkamlaydi, to’ldiradi va 
referat, ilmiy ma’ruza, ilmiy axborot, ilmiy hisobot, maqola, taqriz, malakaviy bitiruv ishi 
yozishlarida zaruriy bosqich vazifasini o’taydi. Ayni paytda, kurs ishi talabaning nazariy va 
amaliy bilimini mustaqil ishlata olish darajasini, adabiy asarni tahlil qilish jarayonida uni 
qanchalik qo’llay olish san’atini ham ko’rsatadi.
Talaba kurs ishini bajarishga kirishishdan oldin o’zi tanlagan 
mavzuning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, unga doir barcha adabiyotlar (badiiy, ilmiy, 
uslubiy)ni, kundalik matbuot («Sharq yulduzi», «O’zbek tili va adabiyoti», «Muloqot», 
«Tafakkur», «Jahon adabiyoti» kabi jurnallar, «O’zbekiston adabiyoti va san’ati», «Yozuvchi», 
«Mohiyat», «Xalq so’zi», «Turkiston» kabi gazetalar)ni o’rganadi. Mavzu mohiyatiga aloqador 
materiallarni saralaydi, zaruriy fakt va dalillarning kartotekasini tuzadi. O’rganish natijasida 
yuzaga kelgan fikr-mulohazalardan turtki olib, ularning saragini sarakka, puchagini puchakka 
ajratadi va shu jarayonda o’zining mustaqil fikrlarini, qarashlarini, munosabatini aniqlashtiradi. 
O’zinikini bosh va asosli g’oya-masala qilib oladi-da, ana shu muammoni yechish yo’liga 


kirishadi, ijodiy fikrlarini dalillashga, asoslashga, chuqurlashtirishga xizmat qiladigan o’zga 
fikrlaridan yoki badiiy matndan iqtiboslar keltiradi (Iqtibos keltirganda shu sahifaning ostida-
asarning muallifi, nomi, nashr etilgan joyi, (nashriyotning nomi), yili, oyi (chislosi), sahifasi 
ko’rsatiladi). Mantiqiy izchillikka tayangan holda, fikr-mulohazalar (gaplar) takroriga yo’l
qo’ymasdan, mavzuning mohiyati bosqichma-bosqich (ketma-ket) dalillar, isbotlar asosida 
ob’ektiv tarzda ochib boriladi. Shu asosda kurs ishi mustaqil va birbutun asar holiga kelguncha 
tahrir etiladi, tuzatiladi, to’ldiriladi, ortiqcha va ahamiyati kam mulohazalar chiqarib 
tashlanadi… 
Kurs ishi kompozisiyasi «Kirish», «Asosiy qism», «Xulosa» va «Foydalanilgan 
adabiyotlar»dan iborat bo’ladi. «Kirish»da tanlangan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, ahamiyati 
yoritilib, uning materiali va ishlanganlik darajasi ixchamlik bilan bayon qilinadi. «Asosiy 
qism»da mavzuning asosiy mazmuni, ya’ni talabaning shu mavzu bo’yicha aytmoqchi bo’lgan 
asosli fikrlari aniq va mantiqli tarzda isbotini va ijrosini topadi. Ob’ektivlik, to’liqlik, qisqalik, 
ijodkorlik va ma’nodorlik barq urib turadi. «Xulosa»da yuqoridagi qismlardan kelib chiquvchi 
umumlashma, ayni paytda, salmoqli (ahamiyatli) fikrlar bir yoki ikki sahifada o’z aksini topadi. 
Eng so’nggi qismda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (asar muallifi, nomi, nashr qilingan joyi, 
yili, sahifalari soni) ko’rsatiladi. 
Kurs ishining so’nggi varianti tayyor bo’lgach, u chiroyli kalligrafiya asosida bir xil 
siyohda oqqa ko’chiriladi. 
Kurs ishi talabaning o’z dastxatini va boshqalarnikiga o’xshamaydigan fikr-mulohaza 
yuritish yo’lini ro’yi-rost ko’rsatishi shart. Uning yutuq va kamchiliklari o’z navbatida kurs ishi 
rahbari tomonidan baholanishi va DTS (Davlat ta’lim standarti) talablariga mos yo’nalishda 
talaba ijodining rivojiga turtki beradigan maslahatlarni qamrashi lozim. 
Kurs ishining hajmi qo’lyozmada 15-20 betlar atrofida bo’lishi, u talabalarning o’quv-
tadqiqot ishlari talablariga javob berishi va texnik jihatdan to’la rasmiylashtirilishi talab etiladi.
Kurs ishining titul sahifasi qo’yidagicha to’ldiriladi (namuna): 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish