R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/338
Sana26.04.2022
Hajmi8,08 Mb.
#583816
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   338
Bog'liq
Dustmurodov B.H.N

6.2.
 
Schotlarni balansga munosabati va hisob obyektlarini
qamrab olish darajasiga ko‘ra turkumlash 
 
Buxgalteriya hisobining schotlari balansga munosabatiga ko‘ra: 
1. Balans schotlari (aktiv va passiv schotlar) va balansdan tashqari 
schotlar; 
2. Sintetik va analitik schotlarga bo‘linadi. 
Buxgalteriya hisobi schotlarining balansga munosabatiga ko‘ra 
turkumlanishi 5-bobning 5.2 va 5.3-paragrafida batafsil ko‘rib chiqilgan. 
Shuning uchun bu paragrafda faqat
 
balansdan tashqari schotlarga 
to`xtalamiz. 
Balansdan tashqari schotlar
. Vaqtincha korxona ixtiyorida bo‘lib, 
uning balansida aks ettirilmaydigan mol-mulklar balansdan tashqari 
schotlarda hisobga olinadi. Bunday mol-mulklar qaysi korxonaga 
tegishli bo‘lsa, o‘sha korxona balansida aks ettiriladi. Balansdan tashqari 
schotlar balans schotlaridan tubdan farq qiladi. Ularda yozuvlar bir 
yoqlama yoziladi. Ya’ni balansdan tashqari schotlar o‘zaro ham, boshqa 
schotlar bilan ham korrespondensiyalanmaydi. 
Balansdan tashqari schotlarni tuzilishiga ko‘ra aktiv schotlar 
qatoriga kiritish mumkin. Ularning debetida vaqtincha korxona 
ixtiyorida bo‘lib, unga tegishli bo‘lmagan mol-mulklar hamda bu mol-
mulklarga oid majburiyatlarning qoldig‘i va ko‘payishi, kreditida esa 
kamayishi ko‘rsatiladi.


148 
Yevropa mamlakatlarida balansdan tashqari schotlar qo‘llanil-
maydi, buxgalteriya hisobining barcha obyektlari balans schotlarida 
hisobga olinadi. 
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyati buxgal-
teriya hisobining schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma» 
№21 Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartiga muvofiq balansdan 
tashqari schotlar – korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin vaqtincha 
korxona qaramog‘ida bo‘lgan aktivlar, shartli huquqlar va majburiyatlar 
mavjudligi hamda harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 
uchun mo‘ljallangan schotlardir. Bu schotlarning qoldiqlari xo‘jalik 
yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida balansga ilova sifatida 
beriladi, lekin ularda aks ettirilgan xo‘jalik muomalalari moliyaviy 
natijalarga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Agar korxonalarda asosiy schotlarga yetarli darajada e’tibor 
berilayotgan bo‘lsa, balansdan tashqari schotlarning roli va ahamiyati 
amaliyotda ko‘p hollarda tan olinmasligi, ularda aks ettiriladigan 
axborotlarning susayishiga olib keladi. Qoidaga ko‘ra, balansdan 
tashqari schotlar mazkur korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin ma’lum 
muddatga uning qaramog‘ida bo‘ladigan yoki saqlanadigan mablag‘lar 
va majburiyatlarning mavjudligi hamda harakatini hisobga olish uchun 
mo‘ljallangan. 
Balansdan tashqari schotlarning asosiy funksiyalari quyidagilardan 
iborat: 

amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga muvofiq 
mazkur korxonaga tegishli bo‘lmagan mulklar, mablag‘lar va 
majburiyatlar ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash; 

balansdan tashqari schotlarda hisobda turgan mulklarning 
saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash; 

ushbu schotlarda hisobda turgan mablag‘lar harakatini hujjatlar 
bilan rasmiylashtirish; 

korxonaning kreditga layoqatliligini va moliyaviy barqarorligini 
baholash, boshqaruv uchun zarur to‘liq va ishonchli axborotlar bilan 
ta’minlash. 
Ta’kidlanganidek, balansdan tashqari schotlarda korxonaga qarash-
li bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik uning ixtiyorida bo‘lgan: ijaraga 
olingan asosiy vositalar, qayta ishlash uchun qabul qilingan moddiy 
boyliklar hisobga olinadi. Ushbu qiymatliklar buxgalteriya hisobida 
oddiy tizimda, ya’ni ikkiyoqlama yozuv qoidasidan foydalanmasdan aks 
ettiriladi.


149 
Balansdan tashqari hisob oddiy tizim bo‘yicha yuritilganligi 
sababli, balansdan tashqari schotlardagi ko‘rsatkichlarning bir qismi 
natura o‘lchovlarida aks ettirilishi mumkin. Shuningdek, bu schotlarda 
axborotdan foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlar, 
xususan hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan qoldiqlar aks ettiriladi. 
Balansdan tashqari schotlar bo‘yicha hisob yuritish korxona 
rahbarining buyrug‘i bilan buxgalteriya xodimlarining bittasiga 
yuklatiladi. Bundan tashqari, buxgalteriyada balansdan tashqari schotlar 
bo‘yicha hisobni tashkil etish tartibi aks ettirilgan xizmat vazifalarining 
yo‘riqnomasi ishlab chiqilishi lozim. Balansdan tashqari, schotlarni 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish