R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


-bob. BUXGALTERIYA HISOBINING SCHOTLARI



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/338
Sana26.04.2022
Hajmi8,08 Mb.
#583816
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   338
Bog'liq
Dustmurodov B.H.N

5-bob. BUXGALTERIYA HISOBINING SCHOTLARI
VA IKKIYOQLAMA YOZUV 
 
Ikkiyoqlama buxgalteriya- 
bu insoniyat tafakkurining
eng buyuk kashfiyotidir.
Volfgang Gyote 
 
5.1. Schotlarning mazmuni va tuzilishi 
 
Oldingi bobdan ma’lum bo‘ldiki, balans xo‘jalik mablag‘lari va 
ularning tashkil topish manbalarini ma’lum sanaga, umumlashtirilgan 
tasnifiy guruhlar bo‘yicha tavsiflar ekan. Lekin korxona moliya-xo‘jalik 
faoliyatini boshqarish va biznes-reja hamda shartnomalarning baja-
rilishini nazorat qilish uchun har bir mablag‘ning mavjudligi va harakati, 
har bir korxona bilan hisob-kitoblar ahvoli, ayrim mablag‘ manba-
larining o‘zgarishi va boshqalar to‘g‘risida kundalik ma’lumotlar kerak. 
Shuningdek, faqat natijalarnigina emas, balki xo‘jalik jarayonlarini ham 
tavsiflaydigan ma’lumotlar zarur. Bunday ma’lumotlarga xo‘jalik 
muomalalarini, ularning xususiyatlariga ko‘ra hisobga olgan holda aks 
ettirib borish yo‘li bilan ega bo‘lish mumkin. Xo‘jalik muomalalarini 
joriy tartibda aks ettirish va guruhlash uchun buxgalteriya hisobining 
schotlaridan foydalaniladi. 
Guruhlash iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bir xil xo‘jalik mablag‘lari, 
mablag‘lar manbalari va xo‘jalik muomalalari uchun alohida schot 
ochish bilan ta’minlanadi.
Schot buxgalteriya hisobi obyektlarini identifikatsiyalashga imkon 
yaratadigan maxsus belgi hisoblanadi. Shuning uchun har bir schotga, 
unda hisobga olinadigan obyektga mos keladigan nom va xos raqam 
Buxgalteriya hisobining schotlari
 
– 
bu xo‘jalik mablag‘lari, 
mablag‘lar manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va 
boshqarish uchun zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, 
ularni dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan joriy tartibda 
hisobga olish, guruhlash va bir tizimga keltirish usuli. 


101 
(kod) belgisi beriladi (
1-ilovaga qarang
). Schotlar xo‘jalik mablag‘lari, 
ularning vujudga kelish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir turi 
uchun buxgalteriya hisobi obyektlarining turkumlanishiga muvofiq 
ochiladi. Masalan, «Bino, inshootlar va uzatgich moslamalar», 
«Mashina va uskunalar», «Xomashyo va materiallar», «Patentlar, 
litsenziyalar va nou-xau», «Asosiy ishlab chiqarish», «Hisob-kitob 
schoti» va h.k. 
Buxgalteriya hisobining schotlari ikki tomonli jadval shakliga ega 
bo‘lib, chap tomoni – «debet», o‘ng tomoni – «kredit» deb ataladi. 
«Debet» va «kredit» atamalari lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi debet – 
«
u qarzdor
» va kredit – «
u ishonadi
» degan ma’noni bildiradi. 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish