427
tayinlanadigan buxgalter bo‘lmagan hollarda korxona rahbarining buyrug‘i
bilan tayinlangan xodimga topshiriladi. Bunda buxgalteriya hisobining
ahvoli va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi tekshirilib dalolatnoma
tuzilishi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanishi maqsadga muvofiq.
Bosh
buxgalter ishini
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ikki
nusxada tuzilib, undan birinchisi korxonada qoldirilishi va ikkinchi nusxasi
ishni topshiruvchiga berilishi lozim.
Hujjatlar aylanish grafigi qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya
hisobini tashkil etishda muhim jarayon hisoblanadi.
Shuning uchun bu
jarayon xo‘jalikda hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqqa ilova sifatida
berilishi kerak va uning bajarilishini qat’iy nazorat qilish shart.
Shuni qayd etish zarurki, turli hujjatlar bo‘yicha hujjatlar aylanish
rejasida ularni taqdim etish va ishlov berishning turlicha tartibi ko‘zda
tutiladi. Ayrim hujjatlar buxgalteriya hisobi registrlaridagi
yozuvlar uchun
ularni oldindan guruhlarga ajratmasdan bevosita asos bo‘ladi: asosiy
vositalarni kirim qilish va hisobdan chiqarish dalolatnomalari, turli
buxgalteriya ma’lumotnomalari va shunga o‘xshashlar.
Bunday holda
hujjatlar aylanishi grafigida tegishli hujjatni markaziy buxgalteriyaga
ulardagi ma’lumotlar asosida hisob registrlariga yozuvlarni yozish uchun
bevosita taqdim etish ko‘zda tutiladi. Boshqa hujjatlar (ular ko‘p qismni
tashkil etadi) oldindan guruhlanadi va tegishli yig‘ma
hujjatlarda
umumlashtiriladi. Masalan, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar va
mehnatni hisobga olish bo‘yicha hujjatlardagi ma’lumotlar tegishli
jamg‘arma vedomostlarida yoki jurnallarda qayd etiladi,
moddiy boyliklar
harakati ko‘rsatkichlari-moddiy boyliklar harakatlari haqidagi hisobotlarda,
kassa hujjatlari ma’lumotlari -kassirning hisobotlarida qayd etiladi va h.k.
Hisob registrlaridagi barcha keyingi yozuvlar tuzilgan yig‘ma
hujjatlar
asosida olib boriladi. Tabiiyki, ushbu guruhdagi hujjatlar bo‘yicha hujjatlar
aylanishi rejasida dastlabki hujjatlarning ularni tuzishdan tortib, tegishli
yig‘ma hujjatni rasmiylashtirishga qadar bo‘lgan harakati qayd etiladi,
Bunda ko‘pchilik hollarda bu ishlar xo‘jalikning
markaziy buxgalteriyasida
emas, balki bo‘linma buxgalteriyasida qayd etiladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hamda hisob siyosatini ishlab
chiqishda xo‘jaliklarda hujjatlar aylanish grafigiga kam e’tibor qaratiladi va
undan keyin amalga oshiriladigan hisob ishlari yoritilishi bo‘yicha ishonchli
manbalar juda kam uchraydi. Fikrimizcha, xo‘jalikda hujjatlar aylanish
grafigi bilan birga hisob ishlarining bajarilish grafigi ishlab chiqilishi hisobni
tashkil etishda bir qator murakkabliklarni bartaraf qiladi.