15.5- rasm. Hisob siyosatining umumiy qoidalari.
Qibray q.f.y. BUYRUQ №____ 25.12.2020y
«Nur» f/х «Hisob siyosatini tasdiqlash to‘g‘risida» .
I. Umumiy qoidalar
O‘zR Qonuni «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» (13.04.2016 y.)
O‘zR Soliq Kodeksi (1.01.2020 y. holatiga so‘nggi o‘zgarishlar bilan) va b.
O‘zR BHMS №21 «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya
hisobi schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma», b. BHMSlar
Buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun rahbar mas’ul.
Bosh buxgalter tayinlab, buxgalteriya xizmati tashkil etadi
Dastlabki hujjatlar:
а) namunaviy shakllar; b) kompyuterda tuzilgan
401
15.6-rasm. Hisob siyosatining uslubiy jihatlari.
Hisob siyosatini qo‘llashning belgilangan chegaralari korxonada
to‘liqlik, ehtiyotkorlik, xo‘jalik faktlari iqtisodiy mazmunining ularning
shaklidan ustuvorligi hamda muvofiqlik va oqilonalik talablari doirasida
belgilanishi mumkin.
Korxonada belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob
siyosati yildan-yilga izchil qo‘llaniladi. Buning natijasida har xil hisobot
davrlarida olingan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanishi
ta’minlanadi. Shunday qilib, ushbu talabni amalga oshirish maqsadida hisob
siyosati tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati (buyruq, farmoyish) tasdiqlangan
yildan keyingi yilning 1-yanvaridan kuchga kiritilishi lozim.
Yangi tashkil etilgan korxona, u qachon yuridik shaxs maqomini
olganligi (Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi)dan qat’i nazar, hisob siyosatini
kuchga kiritish bo‘yicha yuqorida belgilangan talablarga rioya qilishi lozim.
Ushbu talablar korxonaning filiallari, vakolatxonalari va bo‘linmalariga
(jumladan, alohida balansga chiqarilgan) ham taalluqli, ularning joylashgan
yeridan qat’i nazar.
Yangidan tashkil etilgan korxonalarda ishlab chiqilgan hisob siyosatini
rasmiylashtirish ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqqan holda uning
moliyaviy hisobotini birinchi marta e’lon qilingunga qadar, ammo yuridik
II.Buxgalteriya hisobi uslubi
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usuli (№5-BHMS)
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olish usuli
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usuli (№7-BHMS)
Materiallarni xarid qilish hisobi: а) 1510, 1610-schotlarni qo‘llagan holda; b) 1510 va 1610-
schotlarni qo‘llamasdan, 1010-schotda
Materiallarni ishlab chiqarishga sarflashda baholash usuli (№4-BHMS)
Shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv yaratish yoki yaratmaslik
Tugallanmagan ishlab chiqarishni balansda aks ettirish
Buxgalteriya hisobining boshqa masalalari
402
shaxs huquqiga ega bo‘lgan(davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) kundan boshlab
90 kundan kechikmasdan amalga oshirilishi lozim.
Hisob siyosati tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar,
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqilishi lozim.
Yangi Soliq Kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan 2008-yildan
boshlab, korxonalar hisob siyosatini buxgalteriya hisobi uchun tuzish bilan
birga, unda soliqqa tortish maqsadida alohida bo‘lim ishlab chiqishlari
maqsadga muvofiq.
Hisob siyosatini ochib berish ta’sis hujjatlariga muvofiq qonunchilik
bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan moliyaviy hisobotini to‘liq yoki qisman
e’lon qilishi majburiy bo‘lgan korxonalarga tegishli. Shu munosabat bilan,
bunday korxonalar ularning tijorat sirini tashkil etuvchi axborotlarning
ro‘yxati va mazmunini aniq belgilab olishlari lozim.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari,
banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va ko‘rsatilgan
hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 1-maydan kechikmasdan har yili
e’lon qilishi lozim bo‘lgan boshqa moliya muassasalari, agar boshqacha
tartib O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilanmagan bo‘lsa, yillik
moliyaviy hisobotini, buxgalteriya balansini va moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qilishlari lozim.
O‘zbekiston
Respublikasi
«Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida»
Qonunining qoidalari buxgalteriya hisobining yagona uslubiy tamoyillari
asosida rivojlantirilgan buxgalteriya hisobi milliy standartlari qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobi milliy standartlari qonunga zid bo‘lmasligi va uning
uslubiy ta’minotini rivojlantirishi lozim. Hozirgacha 25 tadan oshiq BHMS
ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanilmoqda. Bizning fikrimizcha,
BHMSlar keyinchalik ularga buxgalteriya hisobining ayrim murakkab
qoidalari va normalari qo‘shimcha sharhlar bilan to‘ldirilgan va buxgalteriya
hisobining texnik jihatlari to‘liqroq aks ettirilgan holda qayta ko‘rib
chiqilishi zarur.
Korxona
darajasida
buxgalteriya
hisobini
uslubiy
ta’minlash
quyidagilarni qo‘llash bilan belgilanadi:
tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilarni zarur axborotlar
bilan ta’minlaydigan, sintetik va analitik schotlardan iborat, namunaviy
schotlar rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi schotlar rejasi;
xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan
tarmoqlararo va tarmoq dastlabki hujjatlarining namunaviy shakllari.
Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ko‘zda tutilmagan hodisalar
403
hamda ichki buxgalteriya hisoboti uchun dastlabki hujjatlar shakllari
umumiy talablar va majburiy rekvizitlar ro‘yxatiga mos kelishi lozim;
xo‘jalik operatsiyalarini, ularning mazmunidan kelib chiqqan
holda joriy nazorat modeli inventarizatsiya o‘tkazish texnologiyalari va
ayrim turdagi mulklar hamda majburiyatlarni baholash uslublari;
amal qilayotgan hisobni tashkil etish va mavjud texnik vositalar
negizida hujjatlar aylanishi va hisob axborotlariga ishlov berish
texnologiyasi.
Shunday qilib, boshqaruv pog‘onalarining har birida o‘zining vazifalari
hal etiladi. Shu bilan birga ularning barchasi oxir-oqibatda buxgalteriya
hisobining metodologik tamoyillariga muvofiq hisob jarayonini tartibga
solish va maqbullashtirishga qaratilgan.
Buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillari korxona hisob
siyosatining tarkibiy qismi sifatida quyidagilarni nazarda tutadi:
korxona mulklari va majburiyatlarining boshqa korxona va
mulkdorlardan alohidaligi;
korxona faoliyatining uzluksizligi, ya’ni kelajakda o‘z faoliyatini
to‘xtatish niyatining yo‘qligi;
bir hisobot davridan boshqasiga o‘tishda o‘z faoliyatini izchil
amalga oshirishi va natijada, o‘z majburiyatlarini to‘lamaslik niyatining
yo‘qligi (hisob siyosatini izchil qo‘llash tamoyili);
hisoblash paytiga rioya qilinishi, ya’ni daromadlar va xarajatlar ular
shakllangan paytda emas, ular tegishli bo‘lgan hisobot davrida aks ettiriladi.
Korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim:
korxonada sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik operatsiyalarini
ikkiyoqlama yozuv usuli bilan o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirish (to‘liqlik
tamoyili);
o‘z xatti-harakatlarida ehtiyotkorlik, o‘zining xatti-harakatlari bilan
korxonaning moliyaviy barqarorligiga ataylab zarar yetkazmaslik;
huquqiy va iqtisodiy yondashuvlarning ayrim amaldagi qoidalarini
formal tushunishdan ustunligi (mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili);
analitik schotlar boshlang‘ich va oxirgi qoldiqlari hamda debet va
kredit oborotlari mos ravishda yig‘indilarining umumlashtiruvchi sintetik
schotning boshlang‘ich va oxirgi qoldig‘i hamda debet va kredit oborotlariga
mos ravishda tengligi (muvofiqlik tamoyili);
buxgalteriya hisobini muayyan korxona faoliyatini inobatga olgan
holda tejamli va oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili);
404
bir tomondan,
korxonaning
moliyaviy natijasini hisoblash
maqsadida, ikkinchi tomondan korxona moliyaviy ahvoli to‘g‘risida tashqi
foydalanuvchilarga axborotlarni taqdim etish maqsadida, hisob (oy) va
hisobot (choraklik, yarim yillik, 9 oylik, yillik) davrini chegaralash, ya’ni
davriylik tamoyili;
moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili (uning tarkibi
o‘zgarmasligi, balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
ko‘rsatkichlarining hisobot yili boshi va oxirida taqqoslanuvchanligi,
hisobotning e’lon qilinishi).
Buxgalteriya hisobini uslubiy ta’minlash bo‘yicha yuqorida keltirilgan
yondashuvlarni yana bitta, bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan, ammo bizning
mamlakatimizda deklaratsiya qilinmagan yondashuv bilan to‘ldirish
mumkin. Uning mazmuni: birlamchi yozuv, agar u hujjat bilan
rasmiylashtirilgan va ishtirokchilar tomonidan boshqacha holat nazarda
tutilmagan yoki sud orqali isbotlanmagan bo‘lsa, ishonchli deb tan olinadi.
Mazkur tamoyil qonunning ustunligini belgilab, ijro hokimiyati organlari
tomonidan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga zid keladigan xatti-
harakatlarni amalga oshirishni bartaraf qiladi.
Buxgalteriya hisobining alohida masalalarini yo‘lga qo‘yish jarayonida
tegishli usullarning mavjud emasligi korxona oldiga boshqa yondashuvlarni
tanlash muammosini qo‘yadi. Muhimi, bunday yondashuvlar №1 «Hisob
siyosati va moliyaviy hisobot» nomli BHMSga zid kelmasligi lozim.
Hisob siyosati korxona rahbarining buyrug‘i yoki farmoyishi bilan
yillik hisobotni birinchi e’lon qilishdan, ammo yuridik shaxs huquqini olgan
(davlat ro‘yxatidan o‘tgan) kundan boshlab 90 kundan kechikmasdan
rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |