Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
218
w
www.oriens.uz
April
2021
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining AOKAda «Aholini ijtimoiy
himoya qilish va sohaga oid qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar» mavzusida
o‘tkazilgan brifingida vazirlik matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva hozirgi
kunda respublikadagi mahallalar soni 31 taga ko‘payib, 9 199taga yetganini маълум
қилди
[7]
. Agarda ana shu 9 199ta mahallarda yangi talablar doirasida xizmat
ko‘rsatayotgan mahalla raislari va uning o‘rinbosarlari sonining 40 foizini ayol xotin-
qizlar tashkil etishini taxminiy hisoblab chiqadigan bo‘lsak, unda 3676 nafari
mahallalarda fidokorona ishlab kelmoqdalar.
Tahlillar ko‘rsatadiki, xotin-qizlarimizning bandlik ko‘rsatkichi ma’lumot
darajasiga bog‘liq bo‘lmoqda. Xususan, so‘ralgan oliy ma’lumotlilarning 68,7 foizi,
o‘rta hamda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lganlarning 30 foizdan kam qismi haq
to‘lanadigan ish joyiga ega.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizdagi korxona va tashkilotlarda yollanib
ishlovchi ayollarning ma’lumot darajasi 2015 yilda oliy 33,1 %, o‘rta maxsus 48,6 %,
o‘rta va tugallanmagan o‘rta ma’lumot 18,3 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich
2016 yilda oliy 33,7 %, o‘rta maxsus 49,5 %, o‘rta va tugallanmagan o‘rta ma’lumot
16,8 % ni tashkil qilgan[8].
2021 yil 7 martida O‘zbekiston Prezidentining O‘zbekiston xotin-qizlariga 8
mart kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida shunday satrlarga ko‘zimiz tushadi:
“Hozirgi kunda yurtimizda mehnat bilan band aholining 45 foizini xotin-qizlar tashkil
etsa, boshqaruv tizimida ularning ulushi 33 foizga yetdi. Shashti baland, tashabbuskor
va liderlik qobiliyati bor ayollar mas’uliyatli lavozimlarga jalb etilayotir. Xususan,
bir yarim mingga yaqin ayollar turli sohalarda rahbarlik lavozimlarida ishlayotgani
ham shundan dalolat”[9].
MUHOKAMA.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» markazi hamda «Mahalla» o‘quv-
uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida tashkil etilgan «Mahalla va oila» ilmiy-
tadqiqot instituti Vazirlik tuzilmasiga o‘tkaziladi. Xotin-qizlar qo‘mitasi,
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha
respublika kengashi va «Nuroniy» jamg‘armasining hududiy bo‘limlari tugatiladi.
Ularning vazifalari vazirlik bo‘linmalariga topshiriladi.
Bu holatda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining tuzilmasiga quyidagi
o‘zgartirishlar kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |