MIGREN KASALLIGINING TADQIQOTLARDA O`RGANILISHI
L.Atajanova
Urganch davlat universiteti
Psixologiya yo`nalishi magistratura talabasi
Annotatsiya:
Maqolada migren kasalligini o`rganilishininh dolzarbligi, uni oldini olishda
psixologik yondashuv, mamlakatimizda migren kasalligi bilan bog`liq olib borilgan islohotlar,
xorijiy mamlakatlarda migren kasalligini psixologik tatqiq etishga doir bir qancha amalga
oshirilgan tadqiqotlar tahlil qilingan.
Kalit so`zlar:
asab kasalliklari, migren, patogenez, depressiya, patofiziologik, giperreaktivlik,
kasallikning ichki manzarasi, nevrologiya.
Bugungi kunda butun dunyoda asab kasalliklari o`sish tendensiyasiga ega. Asab kasalliklari
ichida migren dunyoda eng koʻp tarqalgan patologik holatlardan biri hisoblanadi. JSST statistikasi
boʻyicha dunyo aholisining 50 dan 75 % igacha boʻlgan insonlar bosh og`rig`idan aziyat chekadi-
lar. Shu insonlarning uchdan birida migren holati kuzatiladi. MKB-10 bo`yicha asab kasalliklari
6 o`rinda turadi (G00-G99).Mamlakatimizda 1996-2016 yillar orasida asab kasalliklari bilan ka-
sallanish 10,5%ga oshgan.JSST koʻrsatmasi boʻyicha migren kasalligi balogʻatga yetish davridan
boshlanadi va 35-45 yoshlarda eng yuqori choʻqqiga chiqadi.
Migrendan koʻproq ayollar aziyat chekadi. Bundan tashqari migren rivojlanishida nasliy omil
ham katta rol oʻynaydi. [4] Rossiyalik professor Ye.Snopkovaning “Katta yoshli bemorlarda mi-
gren kasalligi”nomli tadqiqotida migren kasalligi bilan og`rigan bemorlarning mehnat qobiliya-
ti va hayot sifatiga ta`sirini o`rganilgan.Tadqiqotdan olingan natijalarga ko`ra, migren kasalligi
asosan yoshlarga ta`sir qilishi, ularning mehnat qobiliyati va hayot sifatini sezirali pasaytirishi-
ni, migrenning kamayishi 40-50 yoshda sodir bo’lishi, bu reproduktiv funktsiyaning pasayishiga
to’g’ri kelishini aniqlangan. Ushbu xulosa natijasida nevrologlarning keksa odamlar uchun ka-
sallikning ahamiyatini kamaytirish haqidagi umumiy qabul qilingan fikrini shakllantirgan. Shu
bilan birga, so’nggi o’n yillikdagi bir qator aholiga asoslangan tadqiqotlarga ko’ra, 50, 60 va hatto
70 yoshdan oshgan ayrim bemorlarda migrenning klinik ko’rinishi hali ham mavjudligini ko`r-
ishimiz mumkin. Ko’pgina epidemiologik tadqiqotlar yoshlar, yosh va o’rta yoshdagi aholi soni-
da o’tkazildi. Migrenning asosiy xususiyatlari amalda o’rganilmaganligi uchun ba’zi manbalarda
50 yildan keyin migren kasalligini boshqacha xususiyatlari ya`ni to’liq pasayish, to’liq bo’lma-
gan regressiya, surunkalilik, og’riqsiz shakllarning paydo bo’lganligini ko`rishimiz mumkin. Bir
nechta xorijiy ishlarda faqat migren xurujlarining klinik xususiyatlari bilan bog’liq ayrim jihatlar
yoritilgan, ammo “katta” va “yosh” bemorlarda hayot sifati tahlil qilinmagan. Shuningdek, keksa
yoshdagi kasallikning natijasiga qarab migrenning klinik va psixologik xususiyatlari muhokama
qilinmaganligini ta`kidlash zarur.So’nggi yillarda migren rivojlanishining patogenetik mexanizm-
larini o’rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda va chet ellarda bu maqsadda turli
xil neyrofiziologik usullar faol qo’llanilmoqda ular migren kasalligini o’rganish uchun eng qulay
va istiqbolli hisoblanadi.
Ko’pgina neyrofiziologik tadqiqotlar (CCS, TMS, VEP) ma’lumotlariga ko’ra, migrenli bemor-
lar sog’lom odamlardan va bosh og’rig’ining boshqa shakllari (epizodik va surunkali TTH) bilan
og’rigan odamlardan farqli o’laroq, miyaning neyron faolligi oshishi bilan tavsiflanadi. Ko’pgi-
na mualliflarning fikriga ko’ra, migren qo’zg’atuvchilarining ta’siri ostida qo’zg’atilgan va yoki
kuchaygan miyaning bunday giper qo’zg’aluvchanligi (giperreaktivligi) depressiyaning tarqali-
shi jarayonida bo’lishi mumkin. Migrendagi neyronlarning qo’zg’aluvchanligi holatining yoshga
bog’liq dinamikasi va katta yoshdagi bemorlarda migrenning davomiyligi o’rganilmagan.[2]
Rus olimasi V.OSipova “Migren:klinik,psixologik,terapevtik yondashuv”mavzusida tadqiqot
olib borgan.Rossiyada birinchi bo’lib MMA avtonom patologiya va bosh og’rig’i markazida 10 yil
davomida kuzatilgan migrenning turli shakllari (335 kishi) bo’lgan bemorlarning katta namunasini
klinik va psixologik o’rganilgan. Ushbu uzoq muddatli materialni umumlashtirish va statistik qayta
ishlash 2001 yilda yakunlangan.Ushbu tadqiqotda turli etnik va ijtimoiy guruhlarda, shu jumladan
ayollar, erkaklar va bolalarda migrenning chastotasini aniqlash va guruhlar, shuningdek, genetik
va ba’zi boshqa jihatlarni o’rganilgan.[3]
Xorij olimlaridan K.R.Merikangas, J.Angst, H.Irleslar Shveytsariyaning Tsyurix shahrida 27
36
Do'stlaringiz bilan baham: |