511
kriptovalyuta turlari ham gipotetik mavqe’ga ega
) har biri bir tonna paxtaga
ekvivalent bo’lishi mumkin. Demak,
ICO
tashkil etuvchilar bunday tokenlarni
sotib olgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ular tokenlari miqdoriga teng bo’lgan
paxta
yoki
tola
yetkazib
berish
majburiyatinio’z
zimmasiga
oladi.
UzGold
kriptovalyutasining bittasi bir gram oltinga ekvivalaent bo’ladi, demak,
loyiha amalga oshganidan so’ng, bunday tokenlar evaziga tokenlar egalariga jahon
birjasidagi narxlar bo’yicha O’zbekiston Respublakasida zarb qilingan oltin
tangalar yoki valyuta beriladi. Agar innovatsion
loyiha quyosh yoki shamol
elektrostantsiyasi (
fermasi
) qurish bo’lsa, bitta
UzEnergo
kriptovalyutasi bir
kilovatt energiyaga teng bo’ladi va demak elektrostantsiya ishga tushirilganidan
so’ng, kriptovalyutani sotib olgan inson yoki tashkilot oldingi pastroq bo’lgan
narxlarda tokenlariga mos bo’lgan elektroenergiyadan foydalanishi mumkin
bo’ladi. Agar masalan,
UzKvartira
deb atalgan tokenlarning
har biri bir kvadrat
metr uy-joy maydoniga teng deb chiqarilan bo’lsa, u xolda tokenlarning egalari
loyiha amalga oshganidan so’ng, ushbu tokenlar miqdoriga teng bo’lgan uy-joy
maydoniga egalik qila oladilar. Ya’ni ularning jalb qilingan pullariga
(
kriptovalyutalar sotishdan yig’ilgan pullarga
)
uy quriladi va keyin uydagi
kvartiralar kriptovalyutalar egalariga tokenlarga mos ravishda taqsimlanadilar.
Demak, ko’pchilik insonlar uy-joyli bo’lish uchun banklardan yuqori foyizli
ipoteka kreditini olish o’rniga hech qanday kredit mablag’lari jalb qilmasdan turib,
uy qurayotgan kompanniyadan kriptotangalar sotib oladilar va birozdan so’ng, uy-
joyli bo’ladilar. Agar ularga uy kerak bo’lmasa, kriptotangalarni ikkilamchi
bozorda sotib, qo’shimcha daromad ishlab olishlari ham mumkin. Buni
kriptovalyutalardan foydalanishning spekulyativ usuli deb atash mumkin.
Ushbu risola kriptovalyutalarga bag’ishlangan va o’zbek tilida yozilgan
dastlabki kitoblardan biri bo’lib, kamchiliklardan holi emas, albatta. Unda raqamli
texnologiyalar, sun’iy intellect,
bulutli texnologiyalar, elektron tijorat, raqamli
davlat
hizmatlari,
raqamli
fintexnologiyalar,
kriptologiya,
kriptografiya,
blokcheyn, kriptovalyuta, uning turlari,
tarqalishi, ishjlatilishi, tarixi, rivojlanishi,
bozorlari, birjalari, almashinuv punktlari,
ICO
lar
va ularni tashkil qilish
512
mexanizmi hamda kriptovalyuytalardan foydalanilish va ularning rivojlanish
tendentsiyalari bo’yicha baholi-qudrat bir qancha ma’lumotlar berilgan. Shuni ham
aytishimiz kerakki, har qanday yangi ma’lumot, u qanchalik foydali bo’lmasin,
amalda ishlatilmasa, moddiy foyda keltira olmaydi. Buni unutmang, va
bilimlaringizni amalda ishlatishdan erinmang. Bunda tavakkalchilik qilishga to’g’ri
keladi, albatta. Ammo tavakkal qilmasangiz, hayotda hech nimaga erisha olmaysiz.
Tavakkalchilik darajasini kamaytirishni usuli esa aktivlarning diversifikatsiyasi,
doimiy o’qish va o’rganish, yangi texnologiyalarni
bilish va tushunish, ishonchli
hamkorlar topishdir.
Endi raqamli iqtisodiyot bo’yicha jahon miqyosidagi asosiy trendlarni ham
yoritib o’tishga harakat qilamiz:
Innovatsiyalar hayotiy tsiklining kamayishi
– sohalar bo’yicha muhim
innovatsiyalarning paydo bo’lishini oldindan oldindan ko’ra
olish juda ham
muhim, chunki aks holda ushbu soha yangi innovatsion yechimlar ta’sirida yo’q
bo’lib ketishi ham mumkin. Misol sifatida musiqa bozoridagi ilg’or texnologiyalar
evolyutsiyasi vositasida tushuntirishimiz mumkin:
vinil plastinkalar –magnitofon
lentalari – kassetalar – kompakt disklar – DVD – MP3 – on-line strimming
servislari
.
Mehnat bozori tuzilishining o’zgarishi
– information texnologiyalarning
rivojlanishi ishchi-xodimlarning malakalariga bo’lgan talablarni ham tubdan
o’zgartirib yuboradi. Natijada aqliy mehnatnig qadri oshib, bu sahada
ishlaydiganlarga ish haqi miqdori ancha katta bo’lib ketadi.
Buni iqtisodchilar
texnik progressning yangi texnologiyalar bilan ishlay oluvchilar tomonga qarab
burilishi (
Do'stlaringiz bilan baham: