STATISTIKA METODI ing. lexicostatistic method, nem. Statistikmethode, rus
metod leksikostatisticheskoye. Til va nutq birliklarining qo’llanish miqdorini mat emat-
ik yo’l bilan hisoblash usuli.
MINIMAL JUFTLIK METODI ing. method of minimal pairs, nem. Minimalpaar-
methode, rus. metod minimalnix par. Fonologiyaning tadqiqot metodi. Faqat bir
tovush bilan farq qiladigan ikki so’zni qarama-qarshi qo’yish yo’li bilan, ularning
o’xshash yoki o’xshash emasligini aniqlash usuli. Bu usul bilan fonemalarning ma’no
ajratuvchi (diferensial, distinktiv) xususiyatlari aniqlanadi.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |