Dasturiy ta’minot — texnik dastur vositalari, avtomatlashtirilgan
boshqarish tizimi bo‘yicha texnik va foydalanish hujjatlari yig‘indisi.
Gudvill — korxonani xarid qilish chog‘ida yuzaga keladi va sotib
olinayotgan korxona uchun haq hamda uning sof (majburiyatlarini
chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi (bozor) qiymati o‘rtasidagi
farq.
Tashkiliy xarajatlar — yangi xo‘jalik yurituvchi subyektni barpo
etish xarajatlari, ya’ni ishni boshlash xarajatlari.
Franshizalar — bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli
aktivlardan, shu jumladan, savdo markalari va atamalari kabi nomoddiy
aktivlardan foydalanish huquqining berilishi. U bevosita belgilanishi
bo‘yicha mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan
xizmatlar (tovarlar)ning belgilangan sifat standartlariga rioya qilish
bunday huquq berilishlarining majburiy sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |