20-m o d d a. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti
manfaatdor banklar, birjalar, investorlar kreditorlar va boshqalar uchun
oshkora hisoblanadi.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari,
banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya
muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotni ularda ko‘rsatilgan ma’lumot-
larning to‘g‘riligini auditorlar tasdiqlagach, hisobot yili tugaganidan so‘ng
birinchi maygacha e’lon qilishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |