Fond
– davlat, korxona, firmalarning biror-bir maqsad uchun mo‘ljallangan
pul vositalari yoki moddiy boyligi, mablag‘lari.
Fond
– qimmatbaho qog‘ozlar bilan savdo-sotiq qilish maqsadida tuzilgan,
doimo faoliyat ko‘rsatib turuvchi birja. FB ning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat: vaqtincha bo‘sh mablag‘larga qimmatbaho
qog‘ozlar sotib olib, ularni muomalaga kiritish; qimmatbaho
qog‘ozlarning bozor narxini aniqlash; turli tarmoqlar, korxonalar
o‘rtasidagi kapitalning aylanishini ta’minlash va boshqalar.
Franchayza – foydalanish uchun tayyor korxona, firma yoki mashhur firma
mahsulotining savdo markasidan (obyektidan) foydalanilgan holda
amalga oshiriluvchi biznes yuritish usuli.
Fyuchers
– birjalarda amalga oshiriladigan savdo-sotiq operatsiyalari. Bu
operatsiyalar shartnoma tuzilganidan so‘ng ishlab chiqariladigan
yoki yetishtirib beriladigan mahsulotlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Odatda, ushbu shartnoma tuzilgandan so‘ng buyurtmachi
bajaruvchiga avans tariqasida ma’lum summani o‘tkazib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |