6.7. ISHLAB CHIQARISHDA BRAK TUFAYLI YUZAGA
KELGAN NOBUDGARCHILIK HISOBI VA ULARNI
MAHSULOT TANNARXIGA O‘TKAZISH TARTIBI
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobining vazifalaridan biri brak
hisobiga hamda yarim tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklarning
buzilishi, kamomadi natijasida qiladigan nobudgarchiliklarni to‘g‘ri
hamda o‘z vaqtida aniqlashdan iboratdir.
Ishlab chiqarishda brak deb, o‘z sifatiga ko‘ra belgilangan standart
va texnik sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydigan detal hamda yarim tayyor
mahsulotga aytiladi. Ishlab chiqarishda brakka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa,
bunday mahsulotni qayta ishlash uchun qo‘shimcha xarajatlar talab
qilinadi yoki undan umuman foydalanish imkoniyati bo‘lmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |