Kalkulyatsiya obyekti bu, korxonalarda tayyorlangan ayrim
mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, biron-bir buyurtma turi yoki
bajariladigan xizmat turlaridan iborat. Korxona uchun kalkulyatsiya
obyektining ro‘yxati avvaldan ishlab chiqiladi va mutasaddi xodimlar
tomonidan tasdiqlanadi. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya qilinishni
tashkil qilishda kalkulyatsiya birligini to‘g‘ri tanlash ham katta ahami-
yatga ega.
6.3. ASOSIY ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINING TARKIBI, ULARNING HISOBI VA MAHSULOT TANNARXIGA O‘TKAZISH TARTIBI. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga mahsulot ishlab chiqarish
texnologik jarayoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq xarajatlar kiradi.
Mahhulot tannarxiga qo‘shiladigan 2000-«Asosiy ishlab chiqarish»
schotidagi xarajatlar quyidagi subschyotlar bo‘yicha hisob qilinadi.
1. Material xarajatlari.
2. Mehnatga haq to‘lash xarajatlari.
3. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratma xarajatlari.
4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
113
5. Boshqa xarajatlar.
Bu muomalalarni amalga oshirilishi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi.
D 2010 K
D 1010-1040 K
D 1090 K
D 6710,6520 K
D 2810 K
D 0230,0510 K
D 2310 K
D 2510 K