Tadqiqot obyekti: Kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanini o’qitish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot
texnologiyalari” fani mazmuni, uni kasbga yo’naltirib o’qitish shakl va metodlari.
Tadqiqotning ilmiy farazi: Agar kasb-hunar kollejlarida informatika va
axborot texnologiyalari asoslarini o’qitish mazmuni takomillashtirilib, uni
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan kasbiy sohalarga
yo’naltirib o’qitish metodikasi yaratilsa va amaliyotga joriy etilsa, talabalarning
informatikadan bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish samaradorligi
ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |