Ўзбекистон республикаси


Sifat: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/94
Sana28.05.2020
Hajmi1,18 Mb.
#57214
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
boshlangich sinflarda ona tili oqitish metodikasi-1

Sifat: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi.  
Son: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi.  
Olmosh:   Kishilik olmoshi:   1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. SHaxs-soni. 
4. Kelishigi. 
Fe‟l: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Bo‘lishli yoki
 
bo‘lishsiz ekanligi. 
4. Shaxs-soni. 5. Zamoni. 
O‘quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o‘qituvchi bu tartibga rioya qilib 
so‘zga xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi. 
 
 
So‘z  turkumiga  ko‘ra  tahlil  og‘zaki  va  yozma  tarzda  o‘tkaziladi:  uni  mustaqil 
mashq  sifatida  topshirish  ham  mumkin.  To‘liq  bo‘lmagan  morfologik  tahlildan 
xilma-xil  grammatik  vazifalarni  bajarish  maqsadida  yangi  mavzu  bilan  tanishtirish 
bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi. 
Morfologik  tahlilning  vazifasi  hozirgi  o‘zbek  tilida  so‘z  qanday  ma‘noli 
qismlardan  tuzilganini  aniqlashdir.  Morfologik  tahlil  III  sinfdan  boshlanadi.  Bu 
sinfda  o‘quvchilarga  o‘zakdosh  so‘zlar,  o‘zak  o‘zakdosh  so‘zlarning  umumiy  qismi 
ekani,  so‘z  yasovchi  qo‘shimchalar  va  so‘z  o‘zgartuvchi  (shakl  yasovchi) 
qo‘shimchalar haqida elementar ma‘lumot beriladi. 
So‘z tarkibiga  ko‘ra tahlil  quyidagicha o‘tkazilishi  mumkin: 


 
114 
1. So‘zga so‘roq berish va u nimani anglatishini bilish. 
2. O‘zakni aniqlash. Buning uchun so‘zga o‘zakdosh so‘zlar tanlash. O‘zakdosh   
so‘zlarni taqqoslash va umumiy qismi (o‘zak)ni aniqlash. 
3.  So‘z  yasovchi  qo‘shimchani  aniqlash.  Bu  yangi  so‘z  yasash  uchun  xizmat 
qilishini aytish. 
4. So‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchani aniqlash. Bu so‘zni boshqa 
so‘z bilan bog‘lash uchun xizmat qilishini aytish. 
III  sinfda  ―So‘zning  tarkibi‖  mavzusi  to‘liq  o‘rganilgach,  gulzor  so‘zini      so‘z 
tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1.  Qaysi  so‘z  turkumi  ekanini  bilaman.  Gulzor  so‘zi  nima?  so‘rog‘iga    javob 
bo‘ladi, narsani bildiradi, bu – ot. 
2.  O‘zakni  aniqlayman.  Buning  uchun  o‘zakdosh  so‘zlar  tanlayman:  gulzor, 
gulli, gulsiz, gulla. Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman – gul. Bu – o‘zak. 
3.  So‘z  yasovchi  qo‘shimchani  aniqlayman,  gulzor  so‘zi  gul  so‘ziga  –zor  so‘z 
yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish
 
bilan yasalgan. 
4. Bu so‘zda so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha yo‘q.      
So‘z tarkibiga ko‘ra tahlildan so‘ng shunday ko‘rinish hosil bo‘ladi: gulzor. 
IV  sinfda  paxtakorga  so‘zini  so‘z  tarkibiga  ko‘ra  og‘zaki  tahlil  qilish    tartibi 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1. Paxtakorga – ot. 
2.  O‘zakni  aniqlayman.  Buning  uchun  o‘zakdosh  so‘zlar  tanlayman:  paxtakor, 
paxtazor. Solishtiraman. Umumiy qism – paxta. Bu – o‘zak. 
3.  So‘z  yasovchi  qo‘shimchani  aniqlayman:  paxtakor  so‘zi  paxta  so‘ziga  -kor   
so‘z yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan.  
4. So‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchalarni aniqlayman:  -ga – so‘z 
o‘zgartuvchi qo‘shimcha, kelishik qo‘shimchasi. 
IV sinfda ishladim so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil tartibi: 
1. Ishladim – fe‘l. 
2.  O‘zakni  aniqlayman.  O‘zakdosh  so‘zlar  tanlayman:    ishla,  ishli,  ishsiz, 
ishchan. Solishtiraman. Umumiy qism – ish. Ish – o‘zak. 
3.  So‘z  yasovchi  qo‘shimchani  aniqlayman:  ishla  fe‘li  ish  so‘ziga  -la 
qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan. -la – fe‘l yasovchi qo‘shimcha. 
4.  So‘z    o‘zgartuvchi  (shakl  yasovchi)  qo‘shimchani  aniqlayman:  -di  –  o‘tgan 
zamon qo‘shimchasi,   -m – shaxs-son  qo‘shimchasi,   I axs, irlik: ishladim. 
So‘z tarkibiga ko‘ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. 
So‘zni  morfologik tahlil qilish uning lug‘aviy  ma‘nosini tushunishda,  morfemalarni 
to‘g‘ri yozishda o‘quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir. 
Boshlang‘ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so‘zni tovush-
harf  tomonidan  tahlil  qilishdan  ham  foydalaniladi.  Bu  tahlilning  vazifasi  so‘zda 
tovushlarning  tartibini,  ularning  xarakterli  xususiyatlarini,  tovushlar  va  harflar 
o‘rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi. 
Boshlang‘ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha: 
1.  So’zda nechta bo’g’in bor, nechanchi bo’g’in urg’uli? 


 
115 
2.  So’zda  nechta  tovush  va  nechta  harf  bor?  (Tovushlar  soni  harflar  sonidan 
kam yoki ko’p bo’lsa, sababini aytish) 
3. Unli tovush nechta? Undosh tovush-chi? 
4. Har bir tovushni xarakterlash. Tovush so’zda qaysi harf bilan ifodalangan? 
Masalan, kitob so‘zi quyidagicha tahlil qilinadi: 
1. So‘zda ikki bo‘g‘in bor. Ikkinchi bo‘g‘in – urg‘uli: ki-tób. 
2. So‘zda beshta tovush, beshta harf bor.   
3. So‘zda ikki unli tovush, uch undosh tovush bor. 
4. k –  undosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan   
– unli tovush,  i harfi bilan ifodalangan   
t – undosh tovush, jarangsiz, yozuvda t harfi bilan ifodalangan 
o – unli tovush, o harfi bilan ifodalangan.  
–  undosh tovush, jarangli, b harfi bilan ifodalangan 
Tovush-harf  tomonidan  to‘liq  bo‘lmagan  tahlildan  so‘zning  yozilishini 
tushuntirishda  ham,  orfoepik  to‘g‘ri  talaffuzni  o‘rgatish  maqsadida  ham 
foydalaniladi.  Masalan,  maktab  so‘zi  oxirida  b  undoshi  p  tarzida  talaffuz  qilinadi, 
jufti bor undosh, tekshiramiz: maktabim – maktab, b harfi yoziladi. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish