hozirgi daqiqalardagi ehtiyojini
qondiradi, har qanday yangi voqea va hodisalarga xozirjavob bo‗ladi. Ma‘lum vaqt o‗tgach, ular
o‗z dolzarbligini yo‗qotadi, eskiradi va modadan qoladi. YUksak darajadagi asarlar va xalq
madaniyati bunday qismatga uchramaydi.
1917 yili bolsheviklar hukumatga kelgach, avvalo ular madaniyatni isloh qila
boshladilar. Badiiy ijod ahlidan proletarlashtirilgan xalqqa asarlar yaratishni talab etdilar. Ular
shunday shiorni olg‗a surdilar: ―San‘at xalqqa tushunarli bo‗lishi lozim‖. Bolsheviklar bu
shiorni nemis marksisti Roza Lyuksemburgga tegishli, deb e‘lon qildilar. Keyinchalik u aslida
bunday demaganligi ma‘lum bo‗ldi. U shunday degan ekan: ―San‘atni xalq tushunishi lozim!‖
Birinchi shiorda yuksak madaniyatni ongi jo‗n xaloyiq, olomon darajasigacha tushirish nazarda
tutilgan. Ikkinchisida xalqni jahon madaniyati darajasiga ko‗tarish uchun o‗qishga va
takomillashishga chaqiradi.
Endi ommaviy madaniyatning mashhurlik va hammaboplik sababini aniqlashga urinib
ko‗ramiz. Aholi bilan ularga tushunarli bo‗lgan o‗rtacha tilda muloqot va munosabat qilinishi
ommaviy madaniyat usullarining muhim jihati hisoblanadi, bundan tashqari, boshqa kishi ongiga
bevosita bog‗liq jihatlari ham bor. Masalan, individning ijtimoiy voqea va jarayonlarda ma‘naviy
va intellektual ishtirok etishni hoxlamasligi. Boshqacha aytganda, ko‗pchilik jamiyat
a‘zolarining ongi passivligi. Bunga yoshlarning ma‘lum qismida madaniyat mahsulotlariga,
jumladan, ―ommaviy madaniyat‖ga so‗nggi standart deb qarash istagidir. Axborot texnologiya
vositalarining kuchayib ketganligi bois bo‗sh, o‗ta sayoz madaniyat mahsulotlari ham bozorga
chiqarilmoqdaki, ularning ko‗pchiligi ma‘naviyatni yuksaltirish maqsadida emas, balki tijorat
maqsadida tarqatilmoqda.
Natijada an‘anaviy madaniyat makonida mumtoz xalq ijodiyoti yonida aholi ongini bilim va
tafakkurini o‗tmaslashtiradigan ijod mahsullari ham ko‗payib bormoqda. Bu borada
mamlakatimizda bir qator tashkiliy-ma‘rifiy, ma‘naviy va moddiy choralar ko‗rilmoqda, albatta,
lekin bunday mahsulotlar hayotimizga selday kirib kelishi hamon to‗xtamayotir. Bu esa
mutasaddi madaniy va ilmiy jamoatchilik oldiga muhim vazifalar qo‗yadi.
XX asrning 80-yillar ikkinchi yarmida sobiq sho‗rolar mamlakatida boshlangan
istiqlolga intilish harakatlari sho‗rolar davridagi mudroqlikka chek qo‗ydi. Kommunistik
senzura hamma vaqt yoqtirmay tanqid qilib kelgan ―ommaviy madaniyat‖ ommaviy axborot
vositasida hayotimizga faol kirib keldi hamda aholi o‗rtasida yashindek yoyila bordi. Bunga katta
yoshdagilarning ma‘lum darajada qarshilik ko‗rsatgani, qabul qilolmagani, an‘anaviy madaniy
qadriyatlar ular ongu-shuuriga ancha chuqur o‗rnashgani ko‗zga tashlanib turdi. Lekin
yoshlarning katta qismi, ayniqsa, talaba yoshlar sho‗ro davri madaniy qadriyatlariga tanqidiy
ko‗z bilan qaradilar. YAngi zamon ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlarining kutilgan xaridoriga
aylandilar. Ular uchun bu mahsulotlarning o‗zimizniki yoki xorijniki ekanligi unchalik ham
ahamiyatli emas edi va hamon shu jarayon davom etmoqda. ―Jahon to‗ri‖ deb nom olgan internet
tizimi orqali ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlari hech qanday to‗siqsiz mamlakatimizga kirib
kelmoqda va ayniqsa, yoshlar o‗rtasida keng tarqalmoqda.
Ma‘lumki, o‗smirlar, yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan,
tengqurlariga
havasmand, modaparast, xorij standartlarini oson qabul qilishga ruju qo‗ygan bo‗ladi. Ulardagi
ana shu ijtimoiy-psixologik holat kirib kelayotgan shubhali qadriyatlarga tanqidiy yondashuvni
cheklab qo‗ymoqda. Maqbul yoki nomaqbulligi haqida muayyan fikr-mulohazasi bo‗lmagan
yoshlar hayotimizga, milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan mafkuraviy mahsulotlarni
matbuot orqali qabul qilishga oshiqmoqda. ―Ommaviy madaniyat‖ tashqi ko‗rinishi, oson
o‗zlashtirilishi bilan ularni qiziqtirmoqda. Turfa g‗oya va ramzlar zamonaviy modalar ommaviy
madaniyat mahsulotlari yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, har xil hayot
tashvishlaridan, turmush muammolaridan ―xalos‖ etadi, jasadni va ruhni dam oldirish, ularni
o‗qishga, bilim olishga emas, balki o‗ynab-quvnab, ―yashab olish‖ga chaqiradi. Aslida
―ommaviy madaniyat‖ning, uni tarqatayotganlarning ham asl maqsadlari shundan iborat.
Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va ―ommaviy madaniyat‖
mualliflari aynan ana shu auditoriyani nazarda tutayotganini e‘tiborga olsak, vazifalarimiz
mas‘uliyati aniq ayon bo‗ladi.
Yoshlarning badiiy ehtiyojlarini qondirish, ular o‗rtasida ―ommaviy madaniyat‖
mahsulotlarining tarqalmasligi uchun muayyan ishlar amalga oshirilayotir, albatta ularning
san‘atga, adabiyotga va boshqa ma‘naviy mahsulotlarga bo‗lgan ehtiyojlarini o‗rganib borish
hozir izchil olib borilmoqda.
Oliy o‗quv yurtida o‗qish davrida talabalarning san‘atga bo‗lgan ehtiyojlarida muayyan
o‗zgarishlar yuz beradi. Masalan, o‗tkazilgan so‗rovlardan ma‘lumki, birinchi kursdagilarning
katta qismi san‘atni o‗z dunyoqarashlarini kengaytirish, tasavvurlarini boyitish vositasi deb
bilishadi, undan zavqlanish, rohatlanish, vaqtni mazmunli o‗tkazish kabi xususiyatlariga ikkinchi
darajali deb qarashadi.
Bitiruvchilarda esa aksincha, san‘atni kundalik tashvishlardan xalos etish vositasi deb
qarash eng yuqori ball, ya‘ni 53,5 foiz ovoz oldi, ya‘ni so‗rovda qatnashgan bitiruvchilarning
shunchasi san‘atga shunday vosita deb qarar ekan. Ularning orasida san‘atga estetik zavq berish
manbasi deb qarovchilar ham oz emasligi ma‘lum bo‗ldi. Birinchi kurslarga nisbatan san‘atni
ijodga rag‗batlantiruvchi vosita deb qarovchilar 7,7%, qadriyatlarni shakllantirish vositasi deb
qarovchilar esa 5,2% kam ekan.
―Ommaviy madaniyat‖ning hayotimizga bostirib kelishida dastlab ommaviy axborot
vositalari asosiy rolni o‗ynadi. Bugunga kelib esa, reklama uning ajralmas yo‗ldoshiga aylanib
qoldi. Bozor qonuniyatlari ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlarini keng tarqatishdan manfaatdor
bo‗lib maydonga chiqmoqda. Zamonaviy audio-videotexnikalar, ovoz yozish va kuchaytirgich
asboblarining yuzlab turlari ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlari reklamasi bilan kun
ko‗rmoqdalar. U sanoat asosiga ko‗chirilgach, o‗rtacha, bo‗sh ―ommaviy madaniyat‖
mahsulotlarini ko‗paytirish va sotish bo‗yicha qudratli tizim yaratildi. Istagan do‗kondan
dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo‗shiq, klip audiovideotasmasini
topish mumkin. San‘atga, ―ommaviy madaniyat‖ga mas‘uliyatsizlik bilan munosabatda
bo‗ladigan, engil-elpi ijod bilan elga tanilgan san‘atkorlar armiyasi paydo bo‗ldi. O‗zlari shoir,
o‗zlari kompozitor bo‗lgan, musiqiy maxsus bilimi bo‗lmagan juda ko‗plab guruhlar paydo
bo‗ldi va ular o‗z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. YOshlar esa ana shunday
siyqasi chiqqan, lekin ma‘lum ma‘noda ―o‗z auditoriyasini topgan‖, ―san‘atkor‖lar armiyasi
bilan yuzma-yuz turibdilar. Reklama – yaratuvchi kuch emas, balki u ommaviy psixologiyani aks
ettiruvchidir.
Ba‘zan kliplarda chiroyli qizlar va yigitlar nima deyotganligini o‗zlari ham
tushunishmaydi. Kuchli musiqa sadosi ostida nimalardir deyishadi, mashinalarga o‗tirib
qaerlargadir borishadi. ―Ommaviy madaniyat‖ mahsuli bo‗lgan bunday ―asarlar‖ millat
mentalitetini pasaytirishga xizmat qilayotgani sir emas. Reklama nima deydi? Birorta shirin
ichimlikni iste‘mol qilib cheksiz rohat va farog‗at olish mumkin. Biror narsaga erishish uchun
jon kuydirish, ter to‗kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni sotib olish kerak va uni iste‘mol
qilish kerak. Yoki yozib olingan fonogrammaga mos qilib, labni qimirlatib turaverish kerak,
tamom vassalom. Endi o‗sib, jamiyatga kirib kelayotgan yoshlarga, o‗smirlarga ham OAVlar
shunday ta‘lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‗z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta‘sir
etmoqda. Demak, ―ommaviy madaniyat‖ning ana shunday siyqalanib, jo‗nlashib borishi
hammamizni ogohlikka chorlashi lozim.
―Ommaviy madaniyat‖ o‗z g‗irdobiga yoshlarni tartib olmasdan oldin, ularni milliy urf-
odatlar, tarixiy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya ishlarni jadallashtirishimiz lozim.
Tarbiya – jamiyatning bosh vazifasi. SHuning uchun bu masalani bir-ikki tizim
zimmasiga yuklab qo‗yish bilangina hal etib bo‗lmaydi. Birinchidan, tarbiya – ona qornida
homilani parvarish qilishdan boshlanib, inson umrining so‗nggi daqiqasigacha izchil davom
etadigan umrlik vazifa. Ikkinchidan, kishilik hayoti shunday murakkab jarayonki, tarbiya bilan
amalda juda ko‗p sohalar shug‗ullanadi. Uchinchidan, ulardan bitrortasini chetlab o‗tish yo
ikkinchi darajali deb hisoblash kemtiklikka sabab bo‗ladi, mukammal insonni tarbiyalash
orzugina bo‗lib qoladi.