6
1-B O B NUTQ MADANIYATI VA H U Q U Q
l-§ . «Yuristning nutq madaniyati» fanining maqsad va
vazifalari
Xalqimiz farovonligi maqsadid.a davlatchilik va qonunchilik
yanada rivojlanib borayotgan bir paytda «Yuristning nutq
madaniyati» fanining o‘qitilishi zarurligini isbotlab o‘tirishning
o ‘zi ortiqchadir. Ya’ni nutq madniyatini egallash, madaniy
gapirishga intilish, fikr mahsulini matnga to ‘laqonli tushira
olish mahorati barcha kasb egalarining, shuningdek, bo‘lajak
yuristlaming ham ishi va orzusi bo‘lmog‘i lozim. Bu shubhasiz,
bundan tashqari, hozirgi kunda nutq madaniyati muammosini
kun tartibiga hayotning o‘zi qo‘ymoqdaki, kishilik jamiyatining
madaniy-ma’rifiyligini busiz tasawur qilish qiyin. Shu sababli
nutq madaniyati, qonuniy «nutq ehtiyoji» hayotiy talabga
aylanishi aniq.
Yana shuni alohida ta ’kidlash joizki, nutq madaniyati
mustaqillik tufayli vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat,
madaniy-ma’naviy turmush talab etayotgan hayotiy hodisa
hamdir. Qolaversa, milliy huquqshunoslik maktabini yaratish,
huquq madaniyatini targ‘ib qilish va yoshlar ongiga singdirish,
ulami milliy mafkura g'oyalari bilan qurollantirish, huquqiy
demokratik jamiyat qurish bevosita bo‘lg‘usi yurist-kadrlaming
savodxonligiga bog‘liq bo‘lishi tabiiydir. Shunday ekan,
bo‘lg‘usi yuristlaming ixtisoslikka oid barcha fanlar qatorida
«Yuristning nutq madaniyati» fanini ham zarur darajada
o ‘rganishini taqozo etadi. Til yoxud nutq yuristning tafakkur
yuritish, fikr bayon qilish qurolidir. Shuning uchun ham
«Yuristning nutq madaniyati» fanini b o ig ‘usi yuristlar chuqur
va atroflicha o ‘rganishlari davr talabidir. “Yuristning nutq
m adaniyati” fani yuridik oliy o ‘quv yurtlarining o ‘quv
rejasidan o‘rin olgan bo‘lib, bolajak yuristlaming muomala
odobi, tilni his etish didini tarbiyalash kabi buyuk g‘oyani
o ‘z oldiga bosh maqsad qilib qo'yadi va quyidagi vazifalarni
belgilaydi:
1. T alab alarn i y u ristn in g n u tq m adaniyati asosiy
tushunchalari, maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish.
2. Professional yuridik nutqda til vositalaridan maqsadga
muvofiq foydalanishga o ‘rgatish.
3. Talabalaming yozma yuridik nutqlarini shakllantirish va
takomillashtirish.
4. Talabalaming og‘zaki yuridik nutqlarini takomillashtiiish.
5. Yuridik terminlarning o ‘ziga xos xususiyatlari bilan
tanishtirish.
6. Yuridik terminlar oldiga qo‘yilgan talab va mezonlar
to ‘g‘risida ko£nikmalar hosil qilish.
7. Yuridik til va adabiy til me’yorlari haqida ma’lumot berish
hamda ko‘nikmalar hosil qilish.
8. Yurisprudensiya tarmoqlariga oid hujjatlar tilini o‘rganish
va tahlil qilish asosida talabalaming yozma va og‘zaki nutqlarini
takomillashtirish.
9. Davlat tilining leksik-grammatik, imloviy hamda talaffuz
omillaridan vaziyat va voqeiylik talabiga ko‘ra mohirona foydalana
olish qobiliyatlarini shakllantirish va o ‘stirish.
10. M atn tuzish tartib-qoidalarini bilish; kodekslar,
qonunlar, farm onlar, qarorlar va ularning m oddalari
yuzasidan og‘zaki fikr yurita bilish; yozma sharhlar, izohlar,
mulohazalar yoza olish qobiliyatini shakllantirish.
11. Sud hukmi, turli tergov hujjatlari matnini tuzish asosida
talabalaming fikrlash iqtidorini tarbiyalash va salohiyatini
rivojlantirish.
12. Yuridik tilning qonuniyatlari, so‘z boyligi va grammatik
qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutq uslublari haqida ma’lumot
berish hamda bular to ‘g‘risida tushunchalar hosil qilish.
13. Punktuatsiya va intonatsiya, ularning yozma va og‘zaki
nutqni ifodalashdagi ahamiyati haqida, punktuatsiyaning
yozma nutq (matn grammatikasi) bilan, intonatsiyaning esa
og‘zaki n utq (m atn ohangi) bilan aloqadorligi haqida
ma’lumot berish: talabalarda imloviy va ishoraviy savodxonlik
masalalari hamda ko‘nikmalarini hosil qilish.
14. Matn, matn turlari, ulaming tuzüishi (grammatikasi)
va matn hosil qiluvchi vositalar va omillar haqida tushuncha
berish.
15. Nutq madaniyatining üngvistik va ekstraüngvistik omillari
haqida tushuncha, malaka va ko'nikma hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |