Sinf xonasining havo tarkibi va mikroiqlimi.
Sinf xonasi tarkibidagi
uglerod (IV) - oksid miqdori 0,07-0,1% dan oshmasligi kerak (ruhsat
etilgan m iqdor - 0,03-0,04%), havo tarkibida uglerod (IV) - oksid
ko'payib ketsa, o'quvchilar asab sistemasining tez charchab qolishiga va
o'tilgan darslarni o'zlashtirishning pasayishiga sabab bo'ladi. Ayniqsa,
qish faslida boshlanqich sinflarda b a’zi o'quvchilar dars paytlarida uxlab
qoladi. Bunga xona havosida uglerod (IV) oksidining ko'payib ketishi
sabab bo'ladi. Shuning uchun tanaffus vaqtida va dars m obaynida
fortochkalar ochilib, sinf havosini yangilab turish zarur.
246
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sinf xonasida har bir o 4quvchi uchun 4,5-5 m 3 havo to 4g4ri kelishi
lozim. Bir soatlik dars davomida har bir o'quvchi uchun 16-26 m3havo
m o4ljallanadi. Shuning uchun qish faslida dars vaqtida fortochkani yoki
framulalarni har 10-15 daqiqada 0,5, 1,0 daqiqaga ochib havo yangilab
turilishi, yilning issiq fasllarida esa sinf derazalarini dars vaqtida umuman
ochiq qo‘yish kerak.
Sinf harorati 16-18 S, nisbiy namlik 40-60%, havoning yo'nalish tezligi
0,1 m/s bo‘lishi kerak.
O 'zbekiston R espublikasida jism oniy tarbiya darsini deyarli yil
davomida (yog4ingarchiliksiz kunlarda) ochiq havoda o 4tkazgan m a’qul.
Dars vaqtida sport zalining harorati 14-15 °C, nisbiy namlik 40-60%
va havoning yo4nalish tezligi 0,2-0,3 m/s dan oshmasligi kerak.
XIVBOB.
AYIRISH ORGANLARINING YOSHGA XOS
XUSUSIYATLARI
Ayirish. Tirik organizm ichki muhit barqarorligini saqlash uchun,
organizmga kirgan ozuqa moddalar, suv, havo va boshqa moddalarning
almashinish qoldiqlarini tashqi muhitga chiqarib turishi shart. Chunki
moddalar almashinuvi qoldiqlari siydikchil, siydik kislota, kreotinin va shunga
o4xshash moddalar miqdori qonda ortib ketsa, organizm zaharlanadi.
O rganizm ga dori sifatida yoki boshqa vaziyatda kiritilgan yot
moddalardan tashqari, organizm ichki muhiti muvozanatini saqlash uchun
kerakli moddalarni chiqarish ham shart.
Organizmdan tashqariga ajraluvchi chiqindi moddalarni ekskretlar deb
ataladi. Ajratuvchi organlarni ekskretor deyiladi. Ekskretor organlarga
nafas yo4li, teri, ichak yo4li va buyrak kiradi. Ayirish organlariga yog4,
ter va sut bezlari ham mansubdir.
0 4pka orqali karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va yengil
uchuvchi gazlar ajraladi.
Teri orqali qisman suv, tuzlar, mikroelementlar, azot almashinish
qoldiqlari va siydikchil moddalar ajraladi. Ichaklar orqali hazm bo'lmagan
oziq moddalar qoldiqlari, met all tuzlari, qisman suv, b a ’zi dorilar va
organik bo4yoqlarning qoldiqlari ajraladi.
Buyrak orqali esa organizmdan ortiqcha suv, tuzlar, mineral moddalar,
to 4qima va hujayralarda modda almashinish qoldiqlari, siydik kislotasi,
mochevina, kreotinin va iste’mol qilingan dori qoldiqlari ajraladi.
247
www.ziyouz.com kutubxonasi
B uyrak fao liyati faq at qoldiq m od d alarn i tash q arig a chiqarib
tashlashdan iborat emas, bundan tashqari bir necha hayotiy muhim
vazifalarni bajarishda ham ishtirok etadi:
- Qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm muvozanatini
saqlashda;
- Bu suyuqliklarni osmotik muvozanatni saqlashda;
- Kislota-asos muvozanatini saqlashda;
- Q onda miqdori ortib ketgan organik m oddalarning ortiqchasini
chiqarib tashlashda;
- Oqsil, yog' va uglevodlar almashinuvida;
- Qon bosimini birday turishida;
Siydik ayirish organlariga buyraklar, ichki siydik yo'li, siydik pufagi,
tashqi siydik chiqarish yo'llari kiradi.
Buyrak bir juft loviya shaklida bo'lib, 12-ko‘krak va bel umurtqalari
oldida joylashgan. Ulardan har, birining vazni 120 g, uzunligi 10-12 sm,
eni 6 sm, qalinligi 3-4 sm keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |