G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/201
Sana24.04.2022
Hajmi9,92 Mb.
#578464
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   201
Bog'liq
Yosh fiziolagiya

Semirish (yog6 bosish)
Semirish ko'pgina endokrin kasalliklarning belgisidir. Biroq semirish 
ko'pincha noto'g'ri ovqatlanishga bog'liqdir. Ba’zi ota-onalar semirish 
kasallik emas, deb xato o'ylaydilar va bola semira boshlasa quvonadilar, 
uncha semiz bo'lmasa tashvishlanadilar.
Keyingi yillarda shifokor-pediatrlar qabuliga semirib ketgan, ya’ni 
yog' bosgan bemorlar ko'plab kelmoqda. M aktablarning turar joyga 
yaqin bo'lishi (ayniqsa katta shaharlarning mikrorayonlarida) aholiga 
k atta qulaylik tug'diradi, biroq shuni yodda tutish kerakki, bolalar 
vaqtini n o to 'g 'ri uyushtirib, yetarlicha harakat qilmasligi yog' bosishiga 
sabab bo'lishi mumkin. Yog' bosish (semirish) markaziy nerv sistemasi 
faoliyati buzilishidan kelib chiqqan kasalliklar oqibati bo'lishi ham 
mumkin.
Balog'atga yetish davrida jinsiy organlarning rivojlanishdan ancha 
orqada qolishi bilan bog'liq yog' bosishi ham mumkin. Adenozogenital 
distroflya deb atalgan o'ziga xos bu kasallik ham miyaning b a’zi sohalarida 
sodir bo'ladigan o'zgarishlarga bog'liq. Balog'atga yetgandan keyin,
163
www.ziyouz.com kutubxonasi


odatda, bu hodisalar y o'q bo'lib ketadi. Biroq bola albatta shifokor 
kuzatuvida bo'lishi shart.
Balog'atga yetish davrida organizmni yog' bosishi natijasida qorinda, 
sonda, ko'krakda yog' yig'iladi. Qiz bolalarda b a ’zan ko'k rak va son 
terisida taram -taram qizil yo 'llar paydo b o'ladi, yuzga tuk chiqadi. 
Yaxshilab qaraganda yuz tuzilishining bir oz qo'pollashgani seziladi. Bu 
ichki sekretsiya bezlaridan biri - gipofiz funksiyasining vaqtincha 
kuchayishiga bog'liq. 1-2 yildan keyin bu hodisa o'tib ketadi.
Yog' bosishi buyrak usti bezlari kasalliklarining belgilaridan biri 
b o 'lish i ham m um kin. Ichki sekretsiya b ezlarid a pay d o b o 'lg a n
o'smalarning o'zi gormonal faol to'qim a bo'lib qoladi, qonga ortiqcha 
miqdorda gormonlar ajratadi, bu esa organizmda yog' to'planishiga sabab 
bo'ladi.
Ishtahaning joyida bo'lishi organizmning ovqatga bo'lgan talabini 
belgilovchi bebaho boshqaruvchidir. Biroq buni ham «tarbiyalash» 
kerak. Tashqi sharoit ta ’sirida u b a ’zan xato qiladigan bo'lib qoladi. 
Ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik, hadeb bir xil ovqat yeyaverish 
ishtahaning pasayishiga olib keladi. Bolaga zo'rlab keragidan ortiqcha 
ovqat yedirilganda, oila a ’zolari k o 'p yeydigan bo'lganda bola ham 
shunga o'rganib qolishi mumkin. Bolani aslo mechkay qilib qo'ymaslik 
lozim.
Yog' bosishi haqiqatan ham, m e’yorida ovqatlanadigan, lekin kam 
quvvat sarflaydigan bolalarda rivojlanishi mumkin. Bola biror kasallik 
tufayli uzoq yotib qolsa yoki kam harakat qilsa, jismoniy tarbiya bilan 
shug'ullanmasa shunday bo'ladi. Ko'pincha vazni 25-30% ortiq bo'ladi. 
Bola soppa-sog' ko'rinadi, hech narsadan shikoyat qilmaydi, biroq bu 
aldamchi holatdir. Semirish asta-sekin yurak-qon tomirlar sistemasi ishini 
yomonlashtira boradi, kasallik paydo bo'lishi uchun zamin tayyorlaydi. 
O rtiqcha yog' to'planishi yurak muskulining ishini susaytiradi. Bola 
hansiraydigan bo'lib qoladi, tez charchaydi va harakat talab qiladigan 
o'yinlardan o'zini tiyadi, kam harakat bo'ladi. Bu esa yana ham semirib 
ketishga sabab bo'ladi.
Semirish bolaning tayanch-harakatlanish apparatiga - suyaklari, 
bo'g'im lariga ham yomon ta ’sir qiladi. Bunday bolalarda ko'pincha 
yassioyoqlik paydo bo'ladi, qad-qom ati buziladi, m uskullari yaxshi 
rivojlanmaydi. Semirish natijasida jigar, me’da osti bezi zarar ko'radi.
164
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish