7-§. Fuqaroning so‘z va fikrlash erkinligi huquqi
Har kimning o‘z fikrini erkin ifoda qilish huquqi o‘z ichiga izlanish
erkinligi, har qanday axborotni olish, tarqatish, yozma yoki nashr shaklida
yoxud badiiy shaklda ifodalash erkinligini amalga oshirish imkonini be-
radi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida “Har
bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq
hech bir to‘siqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va
g‘oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar,
izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi”, deyiladi . Ushbu
moddada muayyan huquqlar bilan birga, unda ma’lum burch va javobgar-
lik ham mavjud. Xususan, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
birinchidan, boshqa shaxslar huquqi va obro‘sini hurmat qilish;
ikkinchidan, davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi sog‘lig‘i va
qadriyatlarini himoya qilish.
Ta’kidlash joizki, shaxsiy huquqga tegishli qabul qilingan konstitut-
siyaviy me’yorlar inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy andozalarga
to‘la mos keladi.
Fikrlash erkinligi deganda so‘z erkinligi orqali amalga oshiriladigan,
fikrini ochiq so‘zlash va boshqa shaxslarning e’tiboriga yetkazish
tushuniladi.
Ko‘p holatlarda so‘z erkinligi har bir fuqaroning so‘z erkinligini,
ommaviy axborot vositalarida chiqish huquqini, o‘z fikr va e’tirozlarini
ochiq so‘zlashni kafolatlaydigan O‘zbekiston Respublikasining «Axborot
olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi, «Axborot erkinligi prinsiplari
va kafolatlari to‘g‘risida»gi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi
qonunlari asosida faoliyat ko‘rsatadilar.
204
Ma’lumot uchun manbalarni olish, ularni tegishli yo‘nalishlar
bo‘yicha tarqatish va erkin izlanish bo‘yicha berilgan erkinlikning konsti-
tutsiyaviy asoslari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida inobatga olin-
gan. Jumladan, gazetalar, jurnallar, televidenie va radio dasturlari va om-
maviy axborat vositalari orqali ma’lumotlarni tarqatish va qabul qilish bi-
lan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarning ma’lum qismi
“Ommaviy axborotvositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni bilan tartibga solinadi.
Axborotlarni yig‘ish, to‘plash, qayta ishlash, uzatish va ruxsat
etilmagan tanishuvdan himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda axborot
tizimlarining ma’lumotlar bazalari va banklarini tashkil qilish, axborotlarni
qayta ishlash va uzatishning boshqa tizimlarini yaratish, joriy etish va
ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar 1993-yilning 7-mayida qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi
Qonuni bilan tartibga solinadi.
Har turdagi ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatishga bo‘lgan huquq
konstitutsiyaviy tizimga qarshi yo‘naltirilgan, insoniyatning tinchligi va
himoyasiga zid ravishda, jamiyat manfaatlariga qarama-qarshi maqsadda
yoki boshqa insonlarning huquq va erkiga zid holatlarda qonun tomonidan
cheklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bir qator cheklashlar
mavjud bo‘lib, ular mazmunan aholining manfaatlarini himoya qilish
bilan shartlanadi va pornografik mazmundagi materiallarni tarqatish
uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilaydi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XXI bobi
“Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” deb nomlanib, uning
qator moddalarida, xususan, “Axborotlashtirish qoidalarini buzish” deb
nomlangan 278
1
-moddasida, “Kompyuter axborotidan qonunga xilof
ravishda (ruxsatsiz) foydalanish” deb nomlangan 278
2
-moddasida,
“Kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud
o‘tkazish va tarqatish” deb nomlangan 278
3
-moddasida, “Kompyuter
axborotini modifikatsiyalashtirish” deb nomlangan 278
4
-moddasida,
“Kompyuter sabotaji” deb nomlangan 278
5
-moddasida hamda “Zarar
keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish” deb nomlangan
278
6
-moddasida tegishli javobgarlik choralari belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining 155-moddasida “Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish”
ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tan olingan bo‘lib, unga ko‘ra axborot
205
tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib olishda ifodalangan
axborot va axborot tizimlaridan foydalanish qoidalarini buzish (1-qism);
axborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan xuddi shunday
huquqbuzarlik, xuddi shuningdek, kirish cheklangan axborot tizimlarini
axborot-hisoblash tarmoqlariga ulash chog‘ida tegishli himoya choralarini
ko‘rmaganlik (2-qism); yuridik va jismoniy shaxslarning axborot
tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulash, bu
tarmoqlarga tegishli himoya choralarini ko‘rmasdan ulanish, xuddi
shuningdek, ulardan ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda olish (3-qism);
o‘zganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi yoki
ma’lumotlar bazasini o‘z nomidan chiqarish yoxud qonunga xilof ravishda
undan nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish (4-qism) muayyan
javobgarliklar keltirib chiqishiga asos bo‘ladi, deb belgilangan.
Shu bilan birga, yuqoridagi kodeksning 166-moddasi 3-qismida
ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida ishlab chiqaruvchining
nomi va joylashgan yeri to‘g‘risida axborot bo‘lmagan tovarlarni
realizatsiya qilish uchun ham tegishli sanktsiyalar o‘rnatilgan.
Fikrlash va so‘zlash erkinligi qonun tomonidan davlat yoki boshqa
ijtimoiy manfaatlarni himoya qilish nuqtai nazaridan cheklanishi mumkin.
Bunday cheklashlar quyidagilar bilan izohlanadi: davlat sirlarini ovoza
qilish davlatning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligiga, mudofaa qudratiga va
davlat hamda jamiyatning boshqa manfaatlariga putur yetkazishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi
Qonunida davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxat bilan che-
garalab qo‘yiladigan alohida ahamiyatli mutlaqo maxfiy va
maxfiy-harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga xil
ma’lumotlar Respublikaning davlat sirlari deb ko‘rsatilgan bo‘lib, ular
haqida ma’lumotlar to‘plash va tarqatish cheklanadi. Davlat, harbiy va
xizmat sirlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar davlat sirlari qatoriga kiradi.
Davlat sirlari bilan ishlash huquqi bo‘lgan barcha davlat organlari,
tashkilotlar, korxonalar, birlashmalar, shuningdek, vakolatli shaxslar va
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ularni saqlash va himoya qilish
majburiyatini bajarishlari shart. Shundan kelib chiqqan holda, har bir
fuqaro ma’lumotni izlash va tarqatish huquqini amalga oshirishda ulardan
butun jamiyatning va boshqa fuqarolarning manfaatiga zid ravishda
foydalanmasligi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat sirlari haqida
ma’lumotlarni to‘plab, boshqa xorijiy davlatga topshirsa, uning bu
206
harakatlaridagi holat jinoyat tarkibini keltirib chiqarib, davlatga xoinlik
deb nomlanadi.
Bir so‘z bilan aytganda fikrlash, so‘zlash erkinligi, axborotlarni
izlash, olish va tarqatish huquqi fuqarolarga davlat va jamiyat ishlarini
boshqarishda faol ishtirok etish imkonini beradi. Shu o‘rinda mustaqillik
yillarida mamlakatimizda fuqarolarning so‘zlash erkinligi, axborotlarni
izlash, olish va tarqatish huquqlarini ta’minlash borasida chuqur
demokratik islohotlar amalga oshirilib kelinayotganligini qayd etib o‘tish
joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |