153
Tug‘ilish bo‘yicha fuqarolikka ega bo‘lishning ikkita asosiyshakli
mavjud:
“
Qondoshlik huquqi
” (lotincha “
jus sanguinis
” – inglizcha “
right of
blood
”) asosida farzandning fuqaroligi uning ota-onasining fuqaroligi,
ya’ni majoziy ma’noda uning tomirida qaysi fuqaroning qoni oqayotgani,
kimning avlodi
ekanligi bilan belgilanib, bunda fuqarolikni belgilash
utug‘ilgan hududga bog‘lanmaydi. Bu usul Yevropaning ko‘p
mamlakatlari, shu jumladan – Avstriya, Norvegiya, Finlandiya, Italiya va
boshqalarda amal qilinadi.
“
Yurtdoshlik huquqi
” (lotincha “
jus soli
” –inglizcha “
right of the
soil
”) asosiga ko‘ra, fuqarolikni belgilashdaurg‘u bolaning tug‘ilgan joyini
qaysi davlatga tegishligidan
kelib chiqib belgilanadi, bunda
tanlov uning ota-onasini fuqaroligi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan,
Braziliya qonunchiligida belgilanishicha, ushbu davlat hududida
tug‘ilgan har bir shaxs Braziliya fuqarosi hisoblanadi.
Fuqarolikni qabul qilishning usullaridan biri naturalizatsiya
(fuqarolikni qabul qilish) bo‘lib, bu umuman fuqaroligi bo‘lmagan yoki
boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan shaxs tomonidan fuqarolik olinishi
bo‘yicha yuridik jarayondir. Naturalizatsiya
tartibda fuqarolik quyidagi
hollarda qabul qilinadi:a) fuqaroligi bo‘lmagan yoki fuqaroligini
o‘zgartirmoqchi bo‘lgan shaxs so‘rovnomasiga asosan;b) bir davlat
fuqarosining boshqa davlat fuqarosi bilan nikohdan o‘tishi asosida;
c) fuqaroligi bo‘lmagan yoki boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan bolani
farzandlikka olishda.
Naturalizatsiya asosida fuqarolik berish yoki rad etish davlat
tomonidan o‘rnatilgan qoidalar bilan belgilanadi. Naturalizatsiya asosida
fuqarolikni berish yakka tartibda yoki manfaatdor shaxs (farzandlikka
olishda) roziligi bilan amalga oshadi.
Barcha mamlakatlarning qonunchiligi bir
qator cheklanishlarga ega
bo‘lib, ular asosida shaxslarga siyosiy, ijtimoiy, diniy, milliy va boshqa
sabablardan kelib chiqqan holda naturalizatsiyada rad etiladi.
Reintegratsiya
usuli (dastlabki fuqarolikni qayta tiklash) kam
uchraydi. Qoida bo‘yicha reintegratsiya jarayonida soddalashtirilgan
tartibdagi fuqarolikni qabul qilish tartibi qo‘llaniladi. Bu usulga ko‘pincha
naturalizatsiyaning bir shakli sifatida qraladi.
Xalqaro shartnomalar asosida fuqarolik qabul qilish va o‘zgartirish
ko‘pincha bunday holatlar tinchlik haqidagi shartnomalar, repatriatsiya
(lotincha
repatriate,
aynanvatanga qaytish degan ma’noni anglatadi)
haqida
kelishuvlar, hududiy masalalardagi kelishuvlar vaqtida bo‘ladi. Bu
154
usul bir necha davlatlarning birlashishi bilan bog‘liq holda yangi
davlat tarkib topishi yoki bir davlat bo‘linishi natijasida bir necha
davlatlar tuzilishida, bir qism hududning bir davlatda boshqa davlat
tasarrufiga o‘tishi (sessiya), shuningdek, qo‘shni davlatlar o‘rtasida
alohida hududlarning almashuvi chog‘ida amalga oshiriladi.
Hududiy o‘zgarishlar vaqtida ko‘ngilli
ravishda fuqarolik
tanlash (optatsiya), o‘zgartirish(ko‘chirish vaqtida), avtomatik tarzda
fuqarolikning o‘zgarishi (transfert) bo‘lishi mumkin. Transfert vaqtida bir
davlatdan boshqa davlatga o‘tayotgan hudud aholisining, xohishidan
qat’iy nazar, bir davlatdan ikkinchisiga o‘tar edi. Transfert kam uchraydi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga alohida hollarda yuksak xizmatlari
uchun davlat boshlig‘i
tomonidan beriladigan
xadya etilgan fuqarolik
deb
ataluvchi institut ham mavjud.
Aksariyat davlatlarning qonunchiligi fuqarolikdan chiqish
imkoniyatini nazarda tutadi. Masalan, fuqaroning tashabbusiga ko‘ra
fuqarolikni tugatilishi –
fuqarolikdan voz kechish
, davlatning tashabbusiga
ko‘ra fuqarolikni tugatilishi –
fuqarolikdan mahrum etish
,
bir fuqarolikdan
ikkinchi fuqarolikka o‘tishi yoxud davlat hududi chegaralarining
o‘zgarishi natijasida
fuqarolik almashtirilishi (o‘zgarishi)
mumkin,
ekspatriatsiya
insonning vaqtinchalik yoki umuman uni fuqarolikdan
mahrum qilgan holda mamlakatdan chiqarib yuborilishi shakllari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: