Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Birinchidan,
ushbu masala 1924-yilda o’tkazilgan milliy davlat 
chegaralanishi vaqtida ham ko’rilgan bo’lib, unda O’zbekiston SSR 
hukumati Qoraqalpog’iston viloyatini o’z tarkibida qoldirish to’g’risida 
taklif kiritgan edi. 

Ikkinchidan, 
O’zbekistonda Qoraqalpog’iston Respublikasining 
asosiy qishloq xo’jalik mahsuloti paxtachilikni rivojlantirish bo’yicha katta 
industrial baza bo’lib, bu holat paxtachilik sanoatini bir markazdan 
boshqarishni yengillashtirar edi. 

Uchinchidan,
orollik o’zbeklar qadim zamonlardan buyon 
Amudaryoning ikki sohilida yashovchi qoraqalpoqlar bilan siyosiy-
iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda o’zaro yaqin munosabatlarda bo’lib 
kelganlar.
To’rtko’l shahrida 1936-yil 23-iyun kuni bo’lib o’tgan faollar 
yig’ilishida QQASSRning O’zbekistonga qo’shilishini butun xalq bir 
ovozdan ma’qulladi. 1937-yil 20-martida QQASSR Sovetlarining 
III maxsus qurultoyida yangi Konstitutsiya qabul qilindi. U 1937-yilning 
sentabrida O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya qo’mitasining Prezidiumi 
tomonidan tasdiqlandi. 
1937-yildagi Konstitutsiyaga muvofiq, qonun chiqaruvchi organ 
sifatida QQASSR Jo’qorg’i Soveti belgilandi. Jo’qorg’i Sovet avtonom 
Respublikaning hukumatini-Xalq Komissarlari Sovetini tuzishga haqli 
bo’ldi. Xalq Komissarlar Soveti Jo’qorg’i Sovet, sessiyalar davri 
oralig’ida esa uning Prezidiumi oldida hisobot bergan. Shuningdek, u
Xalq Komissarlarining ish faoliyatini boshqargan va nazorat qilgan. 
Qoraqalpog’iston ASSRning keyingi Konstitutsiyasi Jo’qorg’i 
Sovetning 1978-yili 29-mayda bo’lib o’tgan navbatdan tashqari 
IX chaqiriq 8-sessiyasida qabul qilindi. Asosiy qonunda Qoraqalpog’iston 
davlat hokimiyat organlarining funksiyalari biroz kengaytirildi. 
Ta’kidlash joizki, bundan oldingi Konstitutsiyalar singari 1978-yilgi 
Konstitutsiya ham o’sha davrdagi ma’muriy buyruqbozlik va totalitar 
tuzumning yorqin timsoli bo’ldi. 
Markazdan turib bir yoqlama rejalashtirish va kam sonli xalqlarga 
bo’lgan e’tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog’iston Sobiq Ittifoq 
tarkibidagi taraqqiyot darajasi eng past bo’lgan o’lkalardan biriga aylandi. 
Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar 


400 
ustiga muammolar tug’ildi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Yerlarning 
sho’rlanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog’liq bo’lgan muammolar 
yuzaga kela boshladi. 
O’zbekiston o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritgach, 
Qoraqalpog’iston ASSR mustaqil O’zbekiston tarkibidagi suveren 
Qoraqalpog’iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. 
Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoq va o’zbek xalqi o’rtasida do’stlik, 
qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va 
dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan. Orolbo’yi kengliklarida 
o’zbek va qoraqalpoq xalqlarining ajdodlari birgalikda yashab mehnat 
qilgan va o’zlarining taraqqiyot yo’llarini bosib o’tganlar. 
1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy 
Kengashining VI sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi tarkibida 
Qoraqalpog’iston Respublikasi suvereniteti to’g’risida” deklaratsiya 
qabul qilindi. Har ikki respublika o’rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy
va madaniy sohalardagi munosabatlarO’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida o’z aksini topdi. Qoraqalpoq xalqi o’z davlatchiligi 
taraqqiyoti tarixida ana shunday adolatli demokratik imtiyozlarga, suveren 
respublikaning davlat ramzlariga ega bo’ldi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 
14-dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida Qoraqalpog’istonning Davlat 
bayrog’i, 1993-yil 9-aprelda bo’lib o’tgan XII sessiyasida Davlat 
madhiyasi tasdiqlandi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga 
muvofiq, 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengash o’rniga muqobillik 
asosida respublika parlamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i 
Kengesi tashkil etildi.
2017-2021-yillarda O’zbekiton Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq boshqa mintaqalarimiz 
qatori Qoraqalpog’istonning rivojlanishiga ham ulkan e’tibor berilmoqda. 
Aynan ana shunday e’tibor tufayli birgina 2018-yilning o’zida 
respublika poytaxti – Nukus shahrining “Qumbuz ovul” mahalla fuqarolar 
yig’ini Abdambetov ko’chasida 5 qavatli 10 ta arzon uy-joylar qurilishi 
tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargcha har 
tomonlama o’zgarib, rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Bunda, 
ayniqsa, davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan Qoraqlog’iston 
Republikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha bergan 


401 
ko’rsatmalari, chiqargan farmon va qarorlari muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. Aytish kerakki, ushbu chiqarilayotgan qaror va farmonlari 
respublikani bir necha yillardan buyon qiynab kelayotgan og’ir ekologik, 
ijtimoiy-iqtisodiy ahvoldan chiqarib zamonaviy ishlab chiqarish va 
ijtimoiy - iqtisodiy infratuzilmalar, transport kommunikatsiya tarmoqlari, 
yuksak malakali kadrlarga ega bo’lgan qudratli mintaqaga aylantirishni 
nazarda tutadi.
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq 
etilishi natijasida qoraqalpoq zamini bundan 25-30 yil oldingi ekologik 
halokat domidagi qoloq hududdan bugungi kunda tanib bo’lmaydigan 
darajada o’zgarib, yildan yilga chiroy ochib barqaror sur’atlarda rivojlanib 
borayotgan diyorga aylantiradi. Qoraqalpog’istonda ijtimoiy-iqtisodiy 
sohalardagi ulkan o’zgarishlarni O’zbekiston va Qoraqalpog’iston 
Respublikalarining Konstitutsiyalarida hamda qonunlarida belgilab 
qo’yilgan qoidalarning bevosita amaliy ifodasi sifatida e’tirof etish 
mumkin. Ushbu o’rinda alohida qayd etish lozimki, mustaqillik yillarida 
Qoraqalpog’iston Respublikasining rivojlanish jarayonida uning ijtimoiy 
hayotiga oid bo’lgan barcha masalalar qoraqalpoq xalqining manfaatlarini 
to’la e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
doirasida hal etib kelinmoqda. 
Mamlakatimiz xududlarini ijtimoiy infrotuzilmasini rivojlantirish, 
shahar va qishloqlarda zamonaviy akademik litseylar va yangi maktablar, 
mahalla guzarlari, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalari, qishloq 
joylarida namunaviy loyihalar asosida ko’rkam turar joylar barpo etish 
borasidagi ishlar Qoraqalpog’istonda ham izchil davom ettirilmoqda. 
Buning natijasida nafaqat shahar va qishloqlar, balki olis ovullarning 
qiyofasi ham tubdan o’zgarmoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy - 
iqtisodiy o’zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlari Qoraqalpog’iston 
Respublikasida ham ijobiy natijalarga olib keldiki. Jumladan, 
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil yanvar oyidagi 
tashrifi chog’ida berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Nukus xalqaro 
aeroportida 80 milliard so’mlik rekonstruksiya ishlari olib borilgan. 
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 28-fevraldagi “2017-2018-yillar 
davrida Mo’ynoq tumanini iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini 
ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga 
muvofiq, to’qimachilik, farmatseftika va elektrotexnika mahsulotlari, 
tomchilab sug’orish uskunalari, plastmassa quvurlar ishlab chiqarish 


402 
yo’lga qo’yildi, turizm va baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha imkoniyatlar 
ishga solindi. 
Ko’p o’tmay 2018-yil 16-oktabr kuni islom taraqqiyot banki va 
sho’rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining ilmiy texnik 
ko’magida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo’yi 
xalqaro innovatsiya markazi tashkil etildi. Prezidentimizning 2017-yil 
yanvar oyida Qoraqalpog’iston Respublikasiga tashrifi chog’ida Qonliko’l 
tumanida yirik to’qimachilik korxonasi tashkil etish loyihasi taqdim 
etilgan edi. Korxonani barpo etish yengil sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarishda tajribali bo’lgan “Kantex invest” MCHJ tomonidan amalga 
oshirilib, to’qimachilik korxonasi qad rostladi.
Orolbo’yi aholisiga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada 
yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan 2017-2018-yillarga 
mo’ljallangan investitsiya dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Jumladan, mazkur dastur asosida 36 ta obyektda 48 milliard so’mlikdan 
ziyod ish bajarilgan, 2.8 million dollarlik zamonaviy tibbiy asbob 
uskunalar, 72 ta zamonaviy tibbiyot avtotransport vositalari keltirilgan. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2018-yil 15-16-noyabr kunlari 
Qoraqalpog’iston Respublikasiga tashrifi chog’ida “Xalqimiz farovonligini 
yuksaltirish yo’lidagi islohotlar izchil davom ettiriladi” deb nomlangan 
nutqida “Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarishni o’z 
oldimizga ustuvor vazifa qilib qo’ygan ekanmiz, buni amalga oshirish 
uchun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak. Anashunday yuksak 
salohiyatli kadrlarni tarbiyalash maqsadida yurtimizning har bir hududida 
bittadan yangi tipdagi maktablarni tashkil etishni rejalashtirganmiz”
175

deb alohida ta’kidlab o’tdi. 
Davlatimiz rahbari bu ishni Qoraqalpog’istondan, Nukus shahridan 
boshlashni taklif qildi. 
Kelasi yili Qoraqalpog’istonda 2 ming 400 o’rinli 7 ta maktab 
qurilishi, maktabgacha ta’lim va sog’liqni saqlash tizimlaridagi ishlar 
izchil davom ettirilishi qayd etildi
176
.
Yuqorida sanab o’tilgan amalga oshirilgan ishlar birgina 
2017-2018-yillardagi davlat dasturiga muvofiq bajarilgan. Vaholanki 
175
Президентимиз
Ш
.
Мирзиёевнинг
2018 
йил
15-16 
ноябрь
кунлари
Қорақалпоғистон
Республикасига
ташрифи
чоғидаги
нутқи

Халқимиз
фаровонлигини
юксалтириш
йўлидаги
ислоҳотлар
изчил
давом
эттирилади
”. 
Халқ
сўзи
газетаси
17.11.2018 
йил


238 (7196) 
176
Ўша
манба



403 
mustaqillikka erishganimizdan buyon hozirgi kungacha qilingan ijobiy 
ishlarni sanab adog’iga yetmaydi kishi. 
Bugungi kunda respublikaning ma’muriy - hududiy tuzilmasi 15 ta 
tuman va 2 ta shahardan iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Bo’zatov,
Qorao’zak, Kegeyli, Qo’ng’irot, Qonliko’l, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, 
To’rtko’l, Xo’jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a tumanlari va Nukus 
hamda Taxiatosh shaharlaridir. Mazkur hududlarda qoraqalpoqlar bilan 
birga o’zbek, rus, qozoq, turkman, tatar, koreys, ukrain, ozarbayjon kabi 
10dan ortiq millat vakillari bir oiladek istiqomat qilmoqdalar. Ularning 
barchasini vatanga sadoqat, aziz tuproqqa muhabbat,ezgu 
qadriyatlarimizga hurmat, birgalikda yorqin kelajakni barpo qilishga 
bo’lgan ishtiyoq va ishonch birlashtirib turadi. 
Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib 
kelgan ezgu maqsadiga yetdi - ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, 
o’z tarixi, madaniy merosi, milliy an’ana va qadriyatlarni tiklash, 
rivojlantirish, o’zligini anglash imkoniga ega bo’ldi. 
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 
“O’zbekistonning istiqboli– Qoraqalpog’istonningistiqboli, 
Qoraqalpog’istonning istiqboli O’zbekistonning istiqboli desak xato 
bo’lmaydi”
177
, degan so’zlari Qoraqalpog’iston xalqini mustaqillikni 
mustahkamlash hamda tabiiy qiyinchiliklarga qaramasdan rivojlanish 
yo’lidan yanada ildam harakat qilishga, buyuk kelajak yo’lida hormay-
tolmay mehnat qilishga undaydi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish