Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Hujjatlar rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

 
3. Hujjatlar rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish 
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerakki, unda amalga oshirilgan muomalalar 
haqida to‘la - to‘kis fikrga ega bo‘lish va uning isbotlovchi kuchini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan barcha 
ma'lumotlar mavjud bo‘lsin. Hujjatlarning tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma'lumotlar uning rekvizitlari 
deb nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnisitum) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma'noni anglatadi. 
O‘z xususiyatiga ko‘ra rekvizitlar har xil bo‘ladi. Ular o‘zlarida aks ettirilgan hujjatlarning 
vazifalari va muomalalarning mazmuniga bog‘liq. Mutlaqo aniqki, masalan, ishchiga ish haqi hisoblashni 
rasmiylashtiradigan hujjat (ishbay ishiga naryad)ning rikvizitlari, to‘lov talabnomasi (tovarlarning 
sotilishini qayd etilgan hujjat)ning rekvizitlaridan, albatta farqlanadi. 
Lekin har xil hujjatlarning mazmunidagi katta farqlarga qaramasdan, har qanday muomalani 
buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun zarur bo‘lgan rekvizitlar mavjud bo‘lishi kerak. 
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi”dagi Qonunning 9-moddasiga binoan dastlabki hujjatlarning zaruriy 
rekvizitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
korxonaning nomi; 
hujjatning nomi va nomeri, uning tuzilishi sanasi hamda joyi; 

xo‘jalik muomalalarini nomi, mazmuni va miqdoriy o‘lchovi (natura va pul ko‘rinishida); 

ma'suliyatli shaxslarning shaxsiy imzolari. 
"Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi"dagi Qonunda shu narsa alohida ta'kidlanadiki, dastlabki hisob 
hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxs, ularni o‘z vaqtida tuzilganligi, to‘g‘riligi, ishonchliligi, shuningdek 
ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirish bo‘yicha javobgardir. 
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham ma'lum talablar qo‘yiladi. Barcha hujjatlar o‘z vaqtida, 
qoidaga ko‘ra, muomala sodir bo‘layotgan daqiqada yoki muomala tugagach, sifatli tuzilishi, ularda 
ishonchli ma'lumotlar bo‘lishi hamda barcha majburiy rikvizitlarga ega bo‘lishi kerak. 
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish vositalari borgan sari ko‘proq 
qo‘llanilayotganligi tufayli, hujjatlar shuningdek hujjatlashtirish talablariga javob beradigan tartibda 
joylashtirilgan (joylanishining ketma - ketligi, zaruriy ma'lumotlarning maxsus ajratib ko‘rsatilganligi va 
hokazo) rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak. Ayrim rekvizitlarning shifrlari (raqamli belgilari) hujjatda ular 
tegishli matn mazmuni bilan birgalikda ko‘rsatilishi kerak. 
Agar yig‘ma hujjat kompyuter yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda uning mazmunini tavsiflovchi 
sarlovha, undagi ma'lumotlarning isbotlovchi hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlovchi shaxslarning imzolari 
keltiriladi. Isbotlovchi hujjatlarning vazifasi axborotni kompyuterda bajarganda, u qo‘l bilan 
tayyorlanganga o‘xshash isbotlovchi hujjatning barcha rekvizitlariga ega bo‘lishi kerak. Hisob axborotini u 
yoki bu mashinali tashuvchisida avtomatik tarzda qayd etilgan muomalalar majmuasi to‘g‘risidagi yakuniy 
ma'lumotlar keyinchalik barcha majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan tegishli hujjatni tuzish bilan 
tasdiqlanishi kerak. 
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinkalari yoki kompyuterlar yordamida yozib 
berish ruxsat etiladi. 
Hujjatlar batartiblik bilan tuzilishi, matn va raqamlar shunday aniq va ravshan yozilishi kerakki, 
undan rasmiylashtirilgan muomalaning mazmuni va hajmini osonlik bilan tushunib olish mumkin bo‘lsin. 
Hujjatdagi imzolar ravshan bo‘lishi kerak. Hujjatdagi matnda ham, raqamli ma'lumotlarda ham hech 
qanday tozalashlar, dog‘ va izohlanmagan to‘g‘irlashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va chiqim kassa 
orderlarida umuman hech qanday to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjatlardagi ma'lumotlarning 


64 
ishonchliligi va ularning yuqori sifatli tuzilganligi uchun ularga imzo chekkan xodimlar (sex boshliqlari, 
omborchilar, kassirlar va boshqalar) javob beradi. 
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ulardan ba'zilari 
o‘chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha hujjatlar (arizalar, ishonchnomalar va shu 
kabilar)ga tegishlidir. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish