Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил Махсус
сон)
ISSN 2181-1709 (P)
280
Education and innovative research 2021 y. Sp.I.
Bu albatta murakkab va o‘ta mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Shuningdek ba’zi
bir kasallik omonati bo‘lgan bolalarni ham maxsus ko‘riklardan o‘tkazishga
to‘g’ri keladi. Bunda jismoniy madaniyat dispanseri bevosita xizmat qiladi.
4. Jismoniy rivojlanish alomatlarini baholash.
Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarni tashqi tuzilishi va ko‘rinishini
tekshirishda asosan bo‘g’inlar, suyaklarning holati (to‘g’ri yoki qiyshiqligi),
ba’zan terisining tozaligi (kasallik alomatlari yoki yaralar boshlanishi) jiddiy
ravishda tekshirib ko‘riladi. Biron illati bor bolalarni maxsus guruhlarga ajratish
yoki qo‘shimcha tekshirish-ko‘rikka yuboriladi.
Ko‘rik-sinov va tekshirishda bo‘yi, ko‘krak, bo‘yin, qo‘llar va oyoqlarning
uzunligi, bel, tos va boshqa a’zolar ko‘riladi va talabaning maxsus hisob
kartochkasiga yoziladi.Shuningdek vena qon tomiri, yurak urishi, nafas olish
tezligi ham o‘lchanadi. Bunday hollarda bolalarni turli faol harakatlar qilishga
(joyda yurish, yugurish, sakrash va hokazo.) da’vat etiladi.
Antropometrik o‘lchov tushunchasi, asosan maxsus asbob-uskunalar, o‘lchov
vositalari texnik qurollar orqali odam tanasining tuzilishi, og’irligi, uzunliklar,
mushaklarning kuchlari, qon tomiri urishi tezligi, nafas olishini chuqurligi
(qochishi) va boshqa inson omillari aniqlanadi. Bunday o‘lchovlar bilan tibbiy
ko‘rik-sinov o‘tkazish va nazorat qilib borish ancha vaqt va mutaxassislar
sonining ko‘p bo‘lishini taqazo etadi.
Spirometriya (puflab to‘ldirish) asbobi orqali nafas olishning chuqurligi,
o‘pka sig’imining hajmi aniqlanadi. Tajribalarga qaraganda jismoniy jihatdan
chiniqmaganlarning o‘pkadan havo sig’imi 3800-4200 sm 3, sportchi xotin-
qizlarda 5000 sm 3 gacha bo‘lishi aniqlangan.
Yelka mushaklarining kuchini o‘lchashda gantelni (3 kg) ma’lum vaqtgacha
ushlab turish yoki ularni ko‘proq ko‘tarish (baland va yonga) bilan belgilanadi.
Ya’ni kim ko‘proq ko‘tarsa uning kuchi ko‘p bo‘ladi.
Yugurish, suvda suzish va boshqa sport turlarida bajarilgan faol harakatlarning
natijasida sekundomer, elektron hisoblash mashinalari (EHM) orqali o‘lchanadi.
Sakrash, ultaturish, irg’itish kabi turlarda asosan ruletkalar orqali o‘lchanadi.
Umuman olganda tashqi ko‘rinishi va tana a’zolarining funksional
faoliyatlarini doimiy ravishda o‘lchab-tekshirib borish natijalari bolalar hamda
sportchilarning jismoniy chiniqishi, rivojlanishi hamda mahorat orttirishda
muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ma’lumki, insonlarning ish qobiliyati,
ayniqsa bolalarning aqliy mehnat-o‘quv jarayonlarida tananing (org-anizmi)
ish qobiliyati asosiy o‘rinda turadi. Bunda yurak va qon tomirlarining urishi,
mehnatga tayyorgarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Yurak va tomirlarining
funksional harakatini o‘lchashda turli xil vositalar va usulardan foydalaniladi
Nutqni rivojlantirish va uning kamchiliklarini korreksion. Albomlar, nutq
terapiyasi tekshiruvi vositalari. Leksik mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali materiallar.
Savod o‘rgatish uchun tayyorgarlik. Kognitiv psixik jarayonlarning rivojlanishi.
Nozik va umumiy vosita ko‘nikmalarini takomillashtirish.
O‘qituvchilar, korreksion pedagogikasi mutaxassislari, tibbiyot xodimlarining
korreksion choralarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi o‘zaro ta’sir
mexanizmi. Ta’lim muassasasi oila va jamiyatning boshqa institutlari sohasida
ixtisoslashgan boshqa tashkilotlar. Ichki aloqa mexanizmi: Maktabgacha
yoshdagi bolalarning umumiy nutqining rivojlanmaganligini va aqliy zaifligini
to‘g’rilashda o‘qituvchining ishining barcha sohalari-logoped, o‘qituvchi-
Do'stlaringiz bilan baham: |