10-BOB. DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARI TIZIMI
10.1. Davlat byudjeti xarajatlarining mohiyati va davlatning
funksiyalari bilan bog„liqligi
Ma‘lumki, davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga
zarur tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‗rsatish, iqtisodiyot
tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning samarali faoliyat qilishi
uchun qonuniy-huquqiy, me‘yoriy va institutsional asoslarini
yaratish va shu bilan o‗z fuqarolarining yashashi va ishlashi
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini
bajaradi. Ushbu vazifalarni bajarishning moddiy-moliyaviy
asosini yaratish maqsadida mamlakatda yaratilgan moliyaviy
resurslarning
ma‘lum
bir
qismi
davlat
byudjetida
markazlashadi va markaziy hukumat hamda mahalliy
hokimiyatlarning jamiyat oldidagi vazifa va funktsiyalarini
to‗laqonli bajarishga yo‗naltiriladi.
Moddiy ma‘noda davlat byudjetining xarajatlari markaziy
hukumat va mahalliy hokimiyatlar zimmasidagi vazifalarni
bajarish bilan bog‗liq bo‗lgan faoliyatini moliyaviy ta‘minlashga
yo‗naltiriladigan byudjet mablag‗lari bo‗lib, ularning turlari,
amalga oshirish shakllari, tarkibi va tuzilishi qator omillarga
bog‗liq:
davlatning tabiati va bajaradigan funksiyalariga;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanganlik
darajasiga;
Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko‘ra
davlat byudjeti xarajatlari
–
davlatning markazlashgan pul fondida jamlanadigan pul mablag‘larini
taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat bilan
davlat byudjetidan mablag‘ oluvchilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan iqtisodiy pul
munosabatlaridir.
231
davlat byudjetining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy
sohalar bilan aloqalarining ko‗lamiga;
davlatning ma‘muriy-hududiy tuzilishiga;
byudjet mablag‗larini taqdim etish shakllariga va b.
Masalan, agar davlatning asosiy e‘tibori iqtisodiyot
tarmoqlarini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan
bo‗lsa, qabul qilinayotgan iqtisodiy rivojlanish dasturlarini
amalga oshirishning moliyaviy manbalarida davlat byudjetining
ulushi yuqori bo‗ladi, byudjet xarajatlari tarkibida ham yirik
markazlashgan investitsiyalarni davlat resurslari hisobidan
moliyalashtirish xarajatlari ustun bo‗ladi. Davlatning asosiy
e‘tibori jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga, aholini
ijtimoiy jihatdan qo‗llab-quvvatlashga, ijtimoiy dasturlarni
davlat mablag‗lari hisobidan amalga oshirishga qaratilgan
bo‗lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar
ustun darajada bo‗ladi.
Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi muayyan byudjet
yili uchun tasdiqlanadigan davlat byudjeti parametrlarida
bevosita ko‗rsatiladi va byudjet daromadlari kabi mamlakatda
u yoki bu davrda qaror topgan iqtisodiy vaziyatga hamda
ijtimoiy ustuvorliklar ko‗lamiga bog‗liq bo‗ladi.
Davlat byudjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va
ijtimoiy
sohalarning
holatini
tavsiflaydigan
muhim
ko‗rsatkichlardan
biridir.
Milliy
iqtisodiyotning
ayrim
korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‗llab-quvvatlash, davlat
investitsiya dasturlarida ko‗zda tutilgan investitsiya loyihlarini
qo‗shma moliyalashtirish, ijtimoiy soha (ta‘lim, sog‗liqni
saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta‘minot) muassasa va
tashkilotlarni saqlash, ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj
oilalarga ijtimoiy nafaqalar va boshqa turdagi moliyaviy yordam
berish, davlat boshqaruvi va hokimiyati, sud organlari,
fuqarolarning o‗z-o‗zini boshqarish organlarini saqlash, davlat
xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, mamlakatning mudofaa
qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning to‗laqonli va o‗z
232
vaqtida bajarilishini ta‘minlashda davlat byudjetining muhim
moliyaviy manba sifatidagi ahamiyati juda katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |