O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Soliqlarlarning turli mezonlarga ko„ra



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Soliqlarlarning turli mezonlarga ko„ra 
guruhlanishi 
 
Soliqqa tortish obyektiga ko‗ra soliqlar quyidagi mezon-
larga qarab guruhlanadi: 

Tovar aylanmasidan olinadigan soliqlar; 

daromaddan olinadigan soliqlar; 

mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar; 

yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar. 
Oborotdan (tovar aylanmasidan) olinadigan soliqlarni 
undirishda tovar aylanmasi soliq bazasi bo‗lib xizmat qiladi, 
ularga qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, bojxona bojlari va 
yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar kiradi.
Soliqlarlarning guruhlanishi 
Soliqqa tortish 
obyektiga ko‗ra 
Iqtisodiy 
mohiyatiga 
ko‗ra 
To‗g‗ri 
(bevosita) 
soliqlar 
Byudjet tizimi darajalari 
daromadlarini 
shakllantirishiga ko‗ra 
Umumdavlat 
soliqlari 
To‗lovchisiga 
ko‗ra 
Yuridik shaxs-
lar to‗laydigan 
soliqlar 
Oborotdan 
olinadigan soliqlar 
Daromaddan 
olinadigan soliqlar 
Mol-mulk qiy-
matidan olinadigan 
soliqlar 
Yer maydoniga 
qarab olinadigan 
soliqlar 
Egri 
(bilvosita) 
soliqlar 
Mahalliy 
soliqlar 
Jismoniy shaxs-
lar to‗laydigan 
soliqlar 


211
Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‗lovi ham 
oborotdan olinadigan soliqlar jumlasiga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlar 
foydadan, daromaddan, 
dividend ko‗rinishidagi daromadlardan undiriladi, bu guruh 
soliqlarga yuridik shaxslardan foyda solig‗I, jismoniy 
shaxslardan daromad solig‗i, savdo tashkilotlarining yalpi 
daromadidan soliq kabilar kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga
yuridik va 
jismoniy shaxslar tomonidan to‗lanadigan mol-mulk solig‗i 
kiradi. Ushbu soliqlarning stavkalari subyektlarga tegishli 
bo‗lgan mol-mulkning qiymatiga nisbatan o‗rnatiladi va 
undiriladi. 
Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlarga
qishloq xo‗jalik 
tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig‗i va yuridik 
(noqishloq 
xo‗jalik) 
va 
jismoniy 
shaxslar 
tomonidan 
to‗lanadigan yer solig‗i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra soliqlar 
egri va to‗g‗ri
soliqlarga 
yoki 
bevosita va bilvosta
soliqlarga guruhlanadi. To‗g‗ri 
soliqlarni to‗g‗ridan to‗g‗ri soliq to‗lovchilarning o‗zi to‗laydi, 
ya‘ni soliqning huquqiy jihatdan to‗lovchisi ham, haqiqiy 
to‗lovchisi ham bitta shaxs bo‗ladi. To‗g‗ri soliq yukini 
boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda kuzatilmaydi. Bu 
soliqlarga daromaddan va mulkdan to‗lanadigan barcha 
soliqlar kiradi. To‗g‗ri soliqlar bo‗yicha to‗g‗ridan to‗g‗ri 
daromaddan soliq to‗langanligi bois, soliq stavkalarining 
kamaytirilishi korxonalar daromadining muayyan qismini 
ularning ixtiyoriga qoldirib, ular investitsion faoliyatini 
kengaytirish imkonini yaratadi. Bu soliqlarning stavkalari 
ko‗paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari cheklanib 
qoladi, iqtisodiy rivojlanishi susayadi. Davlat bu guruh soliqlar 
bo‗yicha 
stavkalarni 
pasaytirish 
yoki 
ko‗tarish 
bilan 
iqtisodiyotning rivojlanish sur‘atlariga fiskal mexanizmlar 
orqali ta‘sir ko‗rsatadi. 


212
Egri soliqlarning
yuridik jihatdan to‗lovchilari mahsulot 
ishlab 
chiqaruvchilar 
(yuklab 
yuboruvchilar), 
xizmat 
ko‗rsatuvchilar va ishlar bajaruvchilar bo‗lib, soliqning haqiqiy 
og‗irligi esa keyingi (so‗nggi) iste‘molchining zimmasiga tushadi. 
Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga 
ustama ravishda qo‗yiladi va mahsulotning sotilishi bilan soliq 
summasi davlat byudjetiga kelib tushadi. Bu soliqlar 
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib 
ketishini chegaralaydi, milliy bozorning tovarlar bilan 
ta‘minlanishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar 
qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri 
soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar 
faoliyatining moliyaviy yakuniga to‗g‗ridan to‗g‗ri ta‘sir etmaydi, 
ularning investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq 
stavkasi chuqur tahlil qilinmasdan turib oshirib yuborilsa, 
mahsulotning narxi ko‗tarilib ketadi, mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar 
mahsulotlarini 
sotish 
bilan 
bog‗liq 
qiyinchiliklarga uchraydilar, bu esa foydaning ham, byudjetga 
to‗lovlarning ham kamayishiga olib keladi. Egri soliqlarning 
yana bir jihati shundaki, ular orqali muomaladagi ortiqcha pul 
massasi kamaytirilib, inflyatsiya sur‘atlari jilovlab boriladi. 
Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo‗lgan aholining real 
daromadlarini (iste‘mol buyumlari va xizmatlarning egri soliqlar 
hisobiga qimmatlashishi sababli) pasaytiradi. Egri soliqlar 
tarkibiga qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, bojxona boji, 
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi. 
Jahon soliq amaliyotida to‗g‗ri va egri soliqlar nisbatiga 
qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish 
darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini tahlil qilish mumkin. 
Masalan, AQSHda to‗g‗ri soliqlar byudjet daromadlarining 
qariyb 90 foizini tashkil qiladi. Asosan iste‘molga solinadigan 


213
egri soliqlar salmog‗ining yuqori bo‗lishi past darajadagi 
rivojlanishdagi va rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir.
Byudjet tizimi darajalari daromadlarini shakllantirishiga 
ko‗ra
soliqlarning 
umumdavlat va mahalliy soliqlarga
bo‗linishi 
hukumat idoralarining markaziy hukumat va mahalliy 
hokimiyatlarga bo‗linishi asosida kelib chiqadi (9.6-rasm).
Har bir darajadagi hokimiyat idoralari o‗zlarining 
bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, o‗zlariga tegishli bo‗lgan 
byudjetga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga ega bo‗lishi kerak. 
Markaziy hukumat umumdavlat va umumjamiyat miqyosidagi 
vazifalarni – makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni 
ta‘minlash, iqtisodiyotni samarali boshqarish va tartibga solish, 
mudofaa, 
davlat 
xavfsizligi, 
jamoat 
tartibini 
saqlash 
infratuzilmasini yaratish, davlat ahamiyatidagi ijtimoiy 
xizmatlarni moliyalashtirish, atrof-muhit muhofazasi va 
ekologik muvozanatni saqlash va boshqa bir qator muhim 
vazifalarni bajaradi. Shu sababli mamlakatning markaziy 
byudjetida (O‗zbekistonda – respublika byudjetida) byudjet 
tizimi mablag‗larining salmoqli qismi markazlashadi. 
Umumdavlat soliqlari
asosan respublika byudjetining 
daromadlari bo‗lib, ularga: qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz 
solig‗i, yuridik shaxslarning daromadi(foydasi)ga soliq, jismoniy 
shaxslardan daromad solig‗i, yer qa‗ridan foydalanuvchilar 
uchun soliqlar va maxsus to‗lovlar, suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq, yagona soliq to‗lovi, tadbirkorlik 
faoliyatining ayrim turlari bo‗yicha qat‘iy belgilangan soliq 
kabilar kiradi. 
Mahalliy soliqlar
mahalliy hukumatlar bajaradigan 
vazifalariga qarab belgilanib, mahalliy byudjetlarga doimiy va 
to‗liq biriktirib beriladi. Ularga: mol-mulk solig‗i yer solig‗i, 
benzin, dizel yoqilg‗isi va gaz iste‘moli uchun soliq, yagona yer 


214
solig‗i kabi soliqlar kiradi. Mahalliy soliqlarning muhim 
xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning byudjetiga 
tushadi, ular hisobidan boshqa byudjetlarga ajratmalar 
berilmaydi. 
9.6-rasm.

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish