O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Izoh: ushbu ro‗yxat tibbiy yordam pulli asosda ko‗rsa-
tiladigan tibbiyot muassasalarining byudjetdan tashqari 
mablag‗lari 
(o‗z 
mablag‗lari) 
hisobiga 
moliyalashtirish 
shartlarida faoliyat ko‗rsatuvchi tibbiyot muassasalariga, 
ularning bo‗limlariga yoki palatalariga tatbiq etilmaydi.
Ushbu Hukumat Qarori bilan davolash-profilaktika 
muassasalarida ovqatga pul to‗lash tartibi qabul qilingan va 
bemor o‗z hohishiga binoan ovqatlanishi uchun (nonushtadan 
tashqari) pul to‗lashi yoki ovqatlanishga pul to‗lashdan qisman 


555 
yoki butunlay bosh tortishi mumkin. Bemorning ovqatga pul 
to‗lashdan bosh tortishi davolash muassasasiga qabul 
qilmaslik uchun asos bo‗lishi mumkin emas.
2. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli Qarori bilan ambulatoriyada 
davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta‘minlanish 
huquqiga ega bo‗lgan shaxslar toifalari ro‗yxati tasdiqlangan. 
1. Onkologik kasalliklarga chalinganlar. 
2. Sil kasalligiga chalinganlar. 
3. Moxov kasalligiga chalinganlar. 
4. Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz 
diabetga) chalinganlar. 
5. Ruhiy kasalliklarga chalinganlar. 
6. OIV kasalligini yuqtirganlar. 
7. Yurak klapanini protezlash va organlarni ko‗chirish 
yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar. 
8. O‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz pensionerlar. 
9. 
1941—1945 
yillardagi 
urush 
nogironlari 
va 
qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar. 
10. 1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti 
qatnashchilari. 
11. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda 
qatnashgan — nogiron shaxslar. 
12. Baynalminalchi jangchilar. 
13. Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa 
radiatsiya-yadro ob‘ektlarida o‗tagan pensiya yoshidagi 
shaxslar. 
3. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-
fevraldagi PF-3214 sonli Farmoniga asosan ixtisoslashtirilgan 
akademik V.Voxidov nomidagi xirurgiya, urologiya, ko‗z 
mikroxirurgiyasi va kardiologiya markazlarida maxsus 
yo‗llanmalarga (orderlarga) asosan davlat byudjeti mablag‗lari 
hisobiga bepul davolanadigan quyidagi imtiyozli toifadagi 
shaxslar ro‗yxati belgilangan: 
bolalikdan nogironlar; 


556 
g‗irt etimlar; 
I va II guruh nogironlari; 
1941-1945 yillar urush nogironlari va qatnashchilari, 
hamda ularga tenglashtirilganlar; 
yoshga oid ishlamaydigan pensionerlar; 
1941-1945 yillar mehnat fronti qatnashchilari; 
Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan 
nogironlar; 
baynalminalchi jangchilar; 
fuqarolar o‗z-o‗zini boshqarish organlarida moddiy yordam 
oluvchi kam ta‘minlangan oila a‘zolari. 
Ushbu imtiyozlarga ega bo‗lgan bemorlarni Markazlarda 
davolanishlari uchun maxsus yo‗llanmalar (orderlar) hududiy 
sog‗liqni saqlash boshqarmalari tomonidan beriladi. 
4. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2009-yil 21-maydagi 145-sonli ―Respublika ixtisoslashtirilgan 
ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish 
masalalari to‗g‗risida‖gi qaroriga asosan Respublika ftiziatriya 
va pulmonologiya hamda pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot 
markazlarida barcha tibbiy xizmatlar bepul ko‗rsatiladi. 
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya 
hamda terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot 
markazlarida davlat byudjeti mablag‗lari hisobiga quyidagi 
imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy yordam ko‗rsatiladi: 
15 yoshgacha bo‗lgan bolalar; 
g‗irt etimlar, 
I va II guruh nogironlari; 
bolalikdan nogironlar; 
1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, 
shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar; 
1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat fronti 
qatnashchilari; 
yoshiga ko‗ra ishlamayotgan pensionerlar;
Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda qatnashgan 
shaxslardan nogironlar; 


557 
baynalminalchi jangchilar; 
15-17 yoshdagi o‗smirlarni va chaqiruv komissiyalari 
yo‗llanmalari bo‗yicha chaqiriq yoshidagi (18-27 yashar) 
shaxslarni tekshirish va davolash; 
fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlaridan nafaqa 
oladigan kam ta‘minlangan oilalardagi shaxslar. 
Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy 
tibbiyot markazida Sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadigan ro‗yxat bo‗yicha patologiyali homilador 
ayollarga, 15 yoshgacha bo‗lgan bolalarga mavjud o‗rinlar fondi 
va markaz poliklinikasi davolash quvvatining 20 foizigacha 
miqdorida, Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot 
markazida 
Sog‗liqni 
saqlash 
vazirligi 
tomonidan 
tasdiqlanadigan ro‗yxat bo‗yicha endokrin kasalliklardan azob 
chekadigan bemorlarga mavjud o‗rinlar fondi va markaz 
poliklinikasi davolash quvvatining 30 foizigacha miqdorida 
maxsus yo‗llanma (order) asosida bepul xizmat ko‗rsatiladi. 
5. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2008-yil 
18-martdagi 
«Hududiy 
sog‗liqni 
saqlash 
muassasalarining 
tashkiliy 
tuzilmasini 
va 
faoliyatini 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida»gi 
48-sonli 
Qaroriga asosan viloyat ko‗p tarmoqli tibbiyot markazlarida 
Davlat byudjeti mablag‗lari hisobiga bepul tibbiy yordam 
ko‗rsatiladigan imtiyozli shaxslar ro‗yxati belgilangan: 
g‗irt etimlar, 
I va II guruh nogironlari; 
bolalikdan nogironlar; 
1941-1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, 
shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar; 
1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat fronti 
qatnashchilari; 
yoshiga ko‗ra ishlamayotgan pensionerlar;
Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda nogiron 
bo‗lgan shaxslar; 
baynalminal jangchilar; 


558 
fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlaridan nafaqa 
oluvchi kam ta‘minlangan oilalar a‘zolari; 
ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan shaxslar; 
chaqiruv komissiyalari yo‗llanmalari bo‗yicha 15-17 
yoshdagi o‗smirlar va chaqiriq yoshidagi (18-27 yashar) 
shaxslar. 
6. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2016-yil 26-fevraldagi 55-sonli Qaroriga asosan davolash-
profilaktika muassasalarida ko‗rsatilayotgan servis xizmatlarini 
rivojlantirish maqsadida Sog‗liqni saqlash vazirining 2016 yil 2 
avgustdagi 340-sonli buyrug‗i bilan tizimda qo‗shimcha pullik 
servis xizmatlari joriy etildi va ushbu xizmatlar bemorlarga 
ularning hohishiga asosan ko‗rsatiladi. 
7. 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
«Iste‘molchilar 
huquqlarini himoya qilish» Qonuniga asosan aholini tegishli 
axborot va ma‘lumot bilan ta‘minlash maqsadida Sog‗liqni 
saqlash 
vazirligining 
buyrug‗i 
bilan 
barcha 
tibbiyot 
muassasalarida pullik tibbiy xizmat ko‗rsatish tartib va 
qoidalari, xizmat turlari va narxlari aks ettirilgan axborot 
burchaklari bo‗lishi kerak.
Pullik tibbiy xizmat ko‗rsatuvchi barcha muassasalar 
Sog‗liqni saqlash vazirligi yoki hududiy boshqarmalar 
tomonidan berilgan ruxsatnomalarga ega bo‗lishi lozim. Pullik 
tibbiy xizmat ko‗rsatuvchi muassasalarda fuqarolar bilan 
shartnoma tuzilishi va ularga pul to‗langanligi to‗g‗risida 
kvitantsiya berilishi lozim. 


559 
3-ilova 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish