O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Aholini ijtimoiy qo„llab-quvvatlashning



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

18.4. Aholini ijtimoiy qo„llab-quvvatlashning
xorij tajribalari
Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning jamiyat a‘zolarining 
mehnat qobiliyatlarini yo‗qotgan yoki bu qobiliyatni iqtisodiy 
sabablarga ko‗ra amalga oshira olmagan holatlarda ularning 
daromadlarini 
qo‗llab-quvvatlashga 
qaratilgan 
davlat 
siyosatining bir qismi sifatidagi zarurligi olimlar tomonidan, 
keyinchalik esa siyosatchilar tomonidan ham XIX asrning 
oxirlariga kelib tan olindi. Shundan 100 yil o‗tgach, 
institutsional rivojlanishning bir necha bosqichlaridan o‗tgan 
ijtimoiy himoya inson taraqqiyotining ajralmas tarkibiy qismiga 
aylandi. BMTning ekspertlari Inson huquqlari umumjahon 
Deklaratsiyasi, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar 
to‗g‗risidagi xalqaro pakt, Siyosiy va fuqarolik huquqlari 
to‗g‗risidagi xalqaro pakt va boshqa xalqaro hujjatlar asosida 
fuqarolarning asosiy huquqlari sifatida ishsizlik, kasallik, 
nogironlik, bevalik, qarilik, inson bilan bog‗liq bo‗lmagan 
boshqa holatlarda yashash uchun zarur bo‗lgan mablag‗ni 
yo‗qotishdan himoyalanish, shuningdek, onalik va bolalikni 
himoya qilish bilan bog‗liq huquqlarni insonlarning asosiy 
huquqlari sifatida belgilab berdilar.
Inson huquqlarining amalga oshirilishi, uning asosiy 
ijtimoiy risklardan muhofazalanganlik darajasi ko‗p jihatdan 
alohida olingan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik 
darajasi va ijtimoiy sohalarining holatiga bog‗liq bo‗ladi. 
Iqtisodiy rivojlanganlik asosiy omillardan bir bo‗lib hisoblanadi, 
chunki ijtimoiy himoya mexanizmlarini shakllantiruvchi 
munosabatlar iqtisodiy pul munosabatlarining negizida yuzaga 
keladi va YaIMning jamiyatning muhtoj qatlamlari foydasiga 


519 
qayta taqsimlanish prinsiplari va yondashuvlarga bog‗liq 
bo‗ladi. Shunday qilib, insonning ijtimoiy himoyaga bo‗lgan 
huquqlarini ro‗yobga chiqarish ko‗p jihatdan bu huquqlarning 
moliyaviy ta‘minlanishi bilan bog‗liq. 
Xorijiy davlatlarda aholi ijtimoiy himoyasini moliyaviy 
ta‘minlashning quyidagi yo‗nalishlari mavjud: 

ishtirokchi subyektlarning badallari hisobidan maqsadli 
fondlarni shakllantirishga asoslangan ijtimoiy sug‗urta; 

umumdavlat soliqlari hisobidan universal nafaqalarni 
to‗lash yoki bir qator ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirishni 
nazarda tutuvchi 
ijtimoiy ta‘minot; 

muhtojlik darajasini yakka tartibda aniqlash sharti bilan 
umumdavlat daromadlari (davlat byudjeti) hisobidan nafaqalar 
yoki moddiy ko‗rinishdagi 
ijtimoiy yordam;

ijtimoiy risklardan 
korporativ va shaxsiy sug‗urtalashni
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash. 
Ushbu yo‗nalishlar doirasidagi moliyaviy munosabatlar 
huquq normalari bilan tartibga solinadi va alohida 
tashkilotlarning faoliyati jarayonida sodir bo‗ladi, ularning 
yig‗indisi esa aholini ijtimoiy himoya qilishni moliyaviy 
ta‘minlashning jamoat institutlarini tashkil qiladi.
Yangi mingyillikning boshiga kelib, jahonning ko‗pchilik 
mamlakatlari iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda, shu jumladan, 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida chuqur islohotlarni 
amalga oshirmoqdalar, yoki hech bo‗lmaganda bunday 
islohotlarni amalga oshirish ustida jiddiy bosh qotirmoqdalar. 
Aholining qarib borishi, ijtimoiy xarajatlar va ish haqini tubdan 
qayta baholashni taqozo qilgan bozorlarning globallashuvi, 
davlat ijtimoiy himoyasi tizimidan tashqarida bo‗lgan norasmiy 
sektorning kengayib borishi, turmush darajasi va hayot 
sifatining oshishi hamda texnika taraqqiyoti natijasida ijtimoiy 
xizmatlarning qimmatlashuvi kabi omillar barcha davlatlarda 
islohotlar zarurligini belgilab berdi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilishni moliyaviy ta‘minlash 
borasidagi muammolarning ko‗lami va birinchi darajali 


520 
vazifalarning xarakteri mamlakatlardagi tarixiy taraqqiyotning 
xususiyatlari, ijtimoiy himoyaga nisbatan jamiyatda shakllan-
gan qarashlar va fikrlar, shuningdek, u yoki bu davlatning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi.
Iqtisodiy jihatdan past rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlarda ijtimoiy muhofaza tizimini kengaytirish, 
jamiyatning ko‗pchilik a‘zolariga minimal darajadagi ijtimoiy 
kafolatlarni taqdim etish muammolari ayniqsa jiddiy tus olgan. 
Ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan aholi qatlamlari tomonidan 
hukumatlarga bunday ijtimoiy kafolatlarni zimmasiga olishga 
majbur qiladigan siyosiy bosimning sustligi, shuningdek, ish 
beruvchilar, ishlovchilar va davlat o‗rtasida ijtimoiy sheriklik 
munosabatlarinig 
to‗g‗ri 
yo‗lga 
qo‗yilmaganligi 
bu 
muammolarning yanada keskinlashuviga olib keladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda esa aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish borasidagi muammolar birmuncha boshqacharoq 
xarakterga ega bo‗lib, mehnatga layoqatli yoshdagi iqtisodiy 
faol aholi sonining kamayib borishi, ishsizlar sonining oshib 
borishida namoyon bo‗lmoqda. Ijtimoiy kafolatlarning yuqori 
darajasi va ijtimoiy transfert oluvchilar sonining ortib borishi 
Yevropa mamlakatlarining moliya tizimlariga katta yuk bo‗lib 
bormoqda, shu sababli bu mamlakatlar hukumatlarining 
oldida turgan vazifa davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy 
yordam bilan fuqarolarning shaxsiy javobgarligini oqilona 
uyg‗unlashtirish, 
jamiyat 
a‘zolarini 
ijtimoiy 
himoyani 
moliyalashtirishdagi ishtirokini muvofiqlashtirishdan iborat. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish