351
faoliyat turi bo‗yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab
chiqarish va sotishdan olingan daromadlar;
byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanil-
mayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa
tashkilotlarga ijaraga berishdan tushumlar;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashki-
lotlariga homiylik (beg‗araz) yordami berilishidan olinadigan
qo‗shimcha daromadlar.
Ushbu manbalardan qo‗shimcha daromad olayotgan
byudjet tashkilotlari 2000-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 1-
yanvargacha
168
davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar,
Respublika yo‗l jamg‗armasiga yig‗imlar va davlat maqsadli
jamg‗armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilingan (bu davr
ichida ko‗rsatilgan muddat hukumatning tegishli qarorlari
bilan bir necha marotaba uzaytirilgan), bo‗shab qolgan
mablag‗lar byudjet tashkilotining moddiy-texnika va ijtimoiy
bazasini mustahkamlashga, shuningdek, ularning xodimlarini
qonun
hujjatlarida
belgilangan
tartibda
moddiy
rag‗batlantirishga maqsadli yo‗naltiriladi.
Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag‗lar
hisobidan Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasini
shakllantiradilar. Ushbu jamg‗arma quyidagi daromadlar va
tushumlardan shakllantiriladi:
hisobot choragining so‗nggi ish kuni oxirida xarajatlar
smetasi bo‗yicha tejalgan mablag‗lar (kapital qo‗yilmalarni
moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‗lar bundan
mustasno);
faoliyat ixtisosligi bo‗yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
168
Vazirlar Mahkamasining 414-sonli qarorining (03.09.1999) O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda
— Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son.
354
maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalar ta‘minoti
uchun ota-onalardan tushumlar;
maktabdan tashqari muassasalarda (musiqa va san‘at
maktablari) bolalar ta‘minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi
bo‗yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar;
maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta‘minoti
uchun ota-onalardan tushumlar;
ta‘lim muassasalarida o‗qishdan tushadigan mablag‗lar;
vazirlik va idoralarning ajratmalar hisobiga shakl-
lanadigan byudjetdan tashqari jamg‗armalari;
umumta‘lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‗lovidan
tushgan byudjetdan tashqari mablag‗lar;
kapital qo‗yilma mablag‗lari bo‗yicha depozitlar;
turg‗un
davolash-profilaktika
muassasalarida
davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan
to‗lovlar.
14.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: