Oyoq kiyim qanday tanlanadi
.
Jiddiy kostyumlarga to’q jigarrang va qora
rangdagi, qulay va sifatli oyoq kiyimlar mos keladi. Och jigarrang yoki jigarrang
oyoq kiyimlar qora kostyumga umuman to’g’ri kelmaydi. Biroq qora oyoq kiyim
jigarrang kostyumga mosdir. Qalin taglik, qo’pol sportiv botinkalar tantanali chiqish uchun
mo’ljallangan kiyimlarga to’g’ri kelmaydi, faqatgina sportiv kiyimlar bilan yaxshi ko’rinadi.
Ayollar kiyadigan jinsi matoli kiyimlarga baland poshnali yoki chiroyli tuflilar emas,
faqat sport oyoq kiyimlar bilan yaxshi turishini bilishlari zarur. Biroq bashing shimlarga bashang
oyoq kiyimlar bo’lishi kerak.
Ayollar haqida.
Jozibali ayol yoshi, o’z darajasi, ma’lum holatlarga nisbatan doimo mos
ravishda o’zini tutadi va kiyinadi. Tashqi ko’rinishda jozibalilikka erishish zamonaviylikka
nisbatan zehn bilan yondashuvdadir. Zamonaviy kiyingan ayol deganda o’ta yorqin va
qimmatbaho libos bilan o’ziga jalb qiladigan ayol nazarda tutilmaydi. Zero, bashanglik libosning
qimmat baholigidan emas, balki nafislik va yuksak diddan iboratdir.
Zargarlik do’konidagi rastalarga o’xshab, o’zini qimmatbaho taqinchoqlarga ko’mib
tashlash kulgulilikdir. Ayolning kostyumi, uni kiya olish qobiliyati ayol kishining botiniy
madaniyatiga, badiiy didning darajasiga bog’liqdir. Bu uning iste’dodini zamonaviylikka harbiy
buyruqqa kabi ko’r-ko’rona taqlid qilish qoidasi emas, balki xayolotni o’yiniga turtki beruvchi
shunchaki ijodiylik sifatida qabul qilishiga bog’iqdir. Aqlli ayol o’z tanlovining imkoniyatlarini
bir muncha kengaytirish maqsadida zamonaviylikdan bir oz qolib kyetishdan yoki undan
o’zibkyetishdan qo’rqmaydi. Va oxir oqibat u barcha mavjud imkoniyatlardan ayollik fazilatini
yorqin ifodalay oladigan va illatlarini berkitadigan variantlaridan birida to’xtaydi.
Barcha
holatlarda
ayollik
fahm-farosatining
qobiliyatini
o’stirish
va
uni
tarbiyalash uchun modalar jurnalini doimiy ravishda kuzatib borish yetarli emas.
Buning uchun badiiy ko’rgazmalar, teatr kabi san’atga bog’liq joylarda bo’lib turish, ko’chadagi
turli-tuman odamlarni kuzatish, musiqa tinglash, odamlar orasida bo’lish, xullas, ichki didni
boshqalar didi bilan solishtirish va rivojlantirish zarur. Bundan tashqari, ichki, ruhiy ayollik
latofatini o’zida rivojlantirmoq lozim.
Buning uchun esa yuksak darajadagi badiiy kitoblarni o’qishni, bolalarga hayrihohlik
bilan jilmayishni, yoshlikdan uzoqlashayotgan qalbni qanday u ta’sirchan yoki qattiq bo’lmasin,
yumshatishni maslahat beramiz. Ayolga xos bo’lgan nazokatni tabiatdanolishga harakat qiling:
tabiatning rang
barang bo’yoqlariyu, tizmalari va uning ohangini ko’ra bilishni o’rganing. Va
albatta ayol kishini muhabbat yanada go’zallashtiradi. Hayotning ikir-chikir tashvishlariyu
qiyinchiliklariga qaramasdan sevishni o’rganing. Muhabbatsiz go’zallik tez so’nadi. Biz esa
“
Do'stlaringiz bilan baham: |