O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov kompyuter ta’minoti


Xeon oilasiga mansub protsessorlar



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/212
Sana22.04.2022
Hajmi3,68 Mb.
#573878
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   212
Bog'liq
kompyuter taminoti

Xeon oilasiga mansub protsessorlar 
Kuchli kompyuterlarda Xeon protsessorlari qo‘llaniladi. Ushbu protsessorlar 
uchun slot 2 joriy etilgan. Ushbu slot (yangi protsessorning interfeysi bilan 
birgalikda) FRC li ortiqcha tizimlarni ham, 1, 2, 4 va hattoki 8 protsessorli simmetrik 
tizimlarni ham yaratish imkonini beradi. Shinalarining chastotasi 100 MGs, 
yadrosining chastotasi esa 400 MGs va bundan ham yuqori, ikkilamchi kesh-xotira 
qurilmasi xuddi Pentium Pro da singari yadro chastotasida ishlaydi. Ikkilamchi kesh-
xotira qurilmasining hajmi 512 Kbayt, 64 Gbaytgacha keshlashtirilganida 1 yoki 3 
Mbayt (36 bitli manzil belgilanishida jamiki manzil makoni). Xeon protsessorlari 
nafaqat katta quvvati, balki katta, xususan: 15,2 x 12,7 x 1,9 sm o‘lchamlari bilan 
ham ajralib turadi 
Xeon protsessorlari tizim axborotini saqlash uchun mo‘ljallangan yangi 
vositalarga ega. Protsessordagi faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan protsessorga oid 
axborotni saqlovchi doimiy xotira qurilmasi PIROM (Processor Information ROM) 
yadro protsessori va kesh-xotira qurilmasining elektr tasniflarini (chastotalar 
diapazoni va iste’mol qilinadigan elektr kuchlanishlarni), Stasniflarni va 
protsessorning 64 bitli seriya raqamini saqlaydi. CPUID identifikatsiyalash 
yo‘riqnomasiga ko‘ra bunday axborotga kirib bo‘lmaydi. Energiya jihatidan muxtor 
sanalgan Scratch EEPROM xotira qurilmasi protsessorni (yoki ushbu protsessor 
o‘rnatilgan kompyuterni) yetkazuvchi tomonidan tizimga oid axborotni kiritish 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bundan boshqa navbatdagi axborotni kiritishdan himoya 
qilingan bo‘lishi mumkin. Protsessor, haroratni nazorat qilib borish uchun 


70 
dasturlanadigan qurilma bilan birgalikdagi harorat datchigi (yadro kristali ustiga 
joylashtirilgan termodiod) bilan jihozlangan. Ushbu qurilma kartridj sinovdan 
o‘tkazilayotgan bosqichda muayyan protsessordagi termodiod bo‘yicha tekshirib 
to‘g‘rilanadigan analog-raqamli o‘zgartirgichga ega. Termometr sozlanishining 
doimiy soni (konstantasi) PIROM ga kiritiladi. Haroratni nazorat qilish qurilmasi 
dasturlanadi, ya’ni unga o‘zgartirishlar chastotasi hamda harorat chegaralari 
kiritiladi. Harorat ushbu chegaralarga yetganida tizim ishida uzilish ro‘y bergan 
signal shakllanadi. PIROM, Scratch EEPROM va haroratni nazorat qilish qurilmasi 
bilan hamkorlik qilish uchun protsessor I
2
C interfeysiga asoslangan ketma-ket 
ulangan qo‘shimcha SMBus (System Management Bus) shinasiga ega. 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish