Lokal shinalar
Zamonaviy hisoblash tizimlari quyidagilar bilan tavsiflanadi:
• mikroprotsessorlar (masalan, Pentium MP qiymatlarni
64
razryadli qiymatlar
shinasi bo’yicha 528 Mbayt/s tezlik bilan berishi mumkin) va bazi bir tashqi
qurilmalar (masalan, yuqori sifatli raqamli to’liq ekranli videoni tasvirlash uchun 22
Mbayt/s o’tkazish qobiliyati kerak bo’ladi) tezkorligining juda ham o’sib ketishi
bilan;
• ko’p sonli interfeys amallarining bajarilishini talab etuvchi (masalan, WINDOWS
da grafikani qayta ishlash dasturlari, multimedia) dasturlarning paydo bo’lishi bilan.
Bu sharoitlarda, bir vaqtning o’zida bir nechta qurilmalarga xizmat
ko’rsatuvchi kengaytirish shinasining o’tkazish qobiliyati foydalakuvchilarning
qulay ishlashi uchun etarli bo’lmay qoldi, negaki kompyuterlar uzoq vaqt «o’ylanib
qoladigan» bo’lib qoldi.
Interfeyslarni ishlab chiqaruvchilar lokal shinalarni yaratish yo’lidan bordilar,
bu shinalar bevosita MP ning shinasiga ulanib, ular MP ning taktli chastotasida
(lekin uning ichki ishchi chastotasida emas) ishlaydi va MP ga nisbatan ba’zi tashqi
tezkor qurilmalar: asosiy va tashqi xotira, videotizimlar va b. bilan aloqani
ta’minlaydi.
Hozir universal lokal shinalarning 2 ta asosiy standarti mavjud: VLB va PCI.
• VLB (Vesa Local Bus) shinasi 1992 yilda videojixozlar standartlari associaciyasi
(VESA — Video Equipment Standards
Assotiation) tomonidan ishlab chiqilgan va shuning uchun ko’pincha VESA
shinasi deb atashadi.
VLB shinasi, moxiyati jihatidan, videoadapter va qisman vinchester,
multimedia platalari, tarmoqli adapter bilan aloqa qilish uchun MP ni ichki
shinasining kengaytmasidir. Shina razryadliligi — 32 bit, yaqin orada shinaning 64-
32
razryadli varianti chiqadi. VLB bo’yicha qiymatlarni uzatishning haqiqiy tezligi —
80 Mbayt/s (nazariy erishiladigani — 132 Mbayt/s).
Shinaning kamchiliklari:
• 80386, 80486 MP lari bilan ishlashga mo’ljallangan, hozircha Pentium,
Pentium Pro, Power PC processorlari uchun moslashmagan;
• MP ning taktli chastotasiga qattiq bog’liqligi (har bir VLB shinasi faqat aniq
bir chastotaga mo’ljallangan);
• ulanadigan qurilmalar sonining kamligi — VLB shinasiga faqat 4 ta qurilma
ulanishi mumkin;
• shina xakamining yo’qligi — ulanadigan qurilmalar o’rtasida ziddiyatlar
bo’lishi mumkin.
• PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect) 1993 yilda Intel firmasi
tomonidan ishlab chiqilgan.
PCI shinasi VLB ga qaraganda birmuncha universalroq hisoblanadi, u istalgan
MP bilan ishlash uchun mos kelishi mumkin: 80486, Pentium, Pentium Pro, Power
PC va boshqalar u avtokonfigurasiyalash imkoniyati bilan turli xil konfigurasiyali
10 ta qurilmani ulash imkonini beradi, o’zining «hakamiga», qiymatlarni uzatishni
boshqarish vositalariga ega. PCI shinasi hozircha ancha qimmat.
PCI ning razryadliligi — 32 bit, uni 64 gacha kengaytirish imkoniyati bor,
nazariy o’tkazish qobiliyati 132 Mbayt/s, 64 bitli variantda esa — 263 Mbayt/s (2
marta pastroq).
PCI shinasi lokal bo’lsa ham kengaytirish shinasining ko’pgina vazifalarini
bajaradi, va xususan, ISA, EISA, MCA kengaytirish shinalari PCI shinasi bor
bo’lganda bevosita MP ga emas (VLB shinasini ishlatilgani kabi), balki PCI
shinasining o’ziga (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi (u ular bilan mos keladi).
Tizimlarning VLB va PCI shinalari bilan konfigurasiyalarning variantlari mos
ravishda 38 - va 39 -rasmlarda ko’rsatilgan. SHuni ta’kidlash kerakki, SHK da VLB
va PCI shinalarini faqat mos ravishda VLB yoki PCI-bosh platasi bor bo’lganda
ishlatish mumkin.
33
Multishina strukturali bosh platalar ishlab chiqarilmoqda, ular VIP shinali
(VLB, ISA va PCI ning bosh harflari bo’yicha) bosh plata deb ataluvchi ISA/EISA,
VLB va PCI shinalarini ishlatishga imkon beradi. Ba’zi shinalarning qiyosiy texnik
tavsiflari 20-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |