7 Mavzu: O‘quvchularda geometriya elementlarini o‘rgatish usullarini qo‘llay olish. Reja


Ko’pburchaklar va ularning elementlari



Download 493,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana22.04.2022
Hajmi493,07 Kb.
#573039
1   2
Bog'liq
7-mavzu

Ko’pburchaklar va ularning elementlari
. Ko’pburchaklar bilan 
o’quvchilar hali maktabgacha bo’lgan yoshlaridayoq uchrashishgan. 
O’qituvchining vazifasi o’quvchilarning geometrik figuralar haqidagi bilimlarini 


kengaytirish, ularni figura elementlarini ajrata olishga o’rgatish, figuralarni 
chizishga o’rgatish, figuralarning ba’zi xossalari bilan tanishtirishdan iborat. 1-
sinfda o’quvchilar ko’pburchaklarning nomlarini aytish, burchaklari va tomonlarini 
farqlashni o’rganadilar. O’qituvchi o’quvchilarga sodda yassi va fazoviy figuralar 
haqida tushuncha beradi. 
Kvadrat, uchburchak, doira, beshburchak va h.k.lar yassi 
figuralarga misol bo’ladi. 
Kub, prizma, silindr, shar, konus, parallelepiped, piramida fazoviy
 
figuralarga misol bo‘la oladi. 
Ko’pburchaklarning burchak va tomonlari uchta, to’rtta, beshta va undan ortiq 
bo’ladi. 
1-sinda o‘quvchilarga ko’pburchaklar haqida quyidagicha savollar berish 
mumkin.
 



1) Har qaysi figuraning nomini ayting. 
2) Ko’pburchaklar tomonlarini sanang. 
3) Hamma figuralarni bir so‘z bilan nima deb aytish mumkin?
2-sinfda to’g’ri to’rtburchak va kvadratning quyidagi xossalari o’rgatiladi. 

Hamma burchaklari to‘g‘ri bo‘lgan to‘rtburchak 
to‘g‘ri to‘rtburchak 
deb ataladi.

To‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari bir-biriga teng bo‘ladi. 
To‘g‘ri to‘rtburchakning to‘rtta uchi, to‘rtta burchagi, to‘rtta tomoni bor.

Barcha tomonlari bir-biriga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak 
kvadrat 
deb 
ataladi. Kvadratning to‘rtta uchi, to‘rtta burchagi, to‘rtta tomoni bor.
O’quvchilarda to’g’ri to’rtburchak va kvadratning xossalari bo’yicha 
ko’nikma va malakalarini mustaxkamlash uchun quyidagicha savollar berish 
mumkin. 
1) Ko‘pburchaklardagi to‘g‘ri, undan katta va kichik burchaklarni aniqlang. 
2) Chizmada nechta kvadrat, nechta to‘g‘ri to‘rtburchak bor? Daftaringizga 
chizing va uni bo‘yang. 
3) Shunday kvadrat chizing va uning perimetrini toping.
Shuni eslatib o’tamizki, geometrik figuralar modellari nabori “Birinchi sinf 
uchun matematikadan namoyish materiali”da, shuningdek birinchi sinf 
o’quvchilari uchun matematika yig’malarida bor. Geometrik figuralar modellarini 
o’quvchilarning o’zlari mustaqil yaratishlari maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi qog’ozdan qirqilgan har xil ko’rinishdagi, har xil rangdagi va har 
xil kattalikdagi uchburchaklardan foydalanib, o’quvchilarni uchburchak bilan 
tanishtiradi. Tanishtirishni o’qituvchilar uchun mo’ljallangan metodik qo’llanmada 


tavsiya etilganidek amalga oshirish mumkin: “Bular uchburchaklar. Bu figuralar 
bir-biridan farq qilsa ham, ularning hammasi bir xilda “uchburchaklar” deb ataladi. 
Uchburchakning yana bitta elementi - burchakni ajratishda uni ko’rsatish 
bilan bir qatorda katta ko’rsatmalilik uchun uchburchakning bir qismini - uning 
burchagini uzib olish kerak. 
Sinfda o’quvchilarning atrofidagi narsalar, uy xonalarining jihozlari, 
ko’chalar, shahar dahalari tavsiflangan rasmlar qaraladi. O’quvchilarning grafik 
malakalari hali endi shakllanish bosqichida bo’lganligi sababli topshiriqlarni 
bajarish uchun ularga tarqatma material-turli o’lchamli turli rangli geometrik 
shakllar taklif qilinadi (ularni mehnat darslarida tayyorlash mumkin). O’quvchilar 
dastlab o’qituvchi rahbarligida, keyin esa mustaqil ravishda turli o’lchamli to’g’ri 
to’rtburchaklarni kombinatsiyalab, barcha mumkin bo’lgan real ob’ektlarning 
aplikatsiyalari - binolar, avtobuslar, sovitkichlar, temir yo’l vagonlari va h.k.ni 
hosil qiladilar. Hosil bo’lgan tasvirlarning ko’rinishi o’zgartiriladi (masalan, 
“binoni” tasvirlayotgan to’g’ri to’rtburchakka “rasmlar” va “g’ildiraklar” qo’yib, 
avtobus tasvirini hosil qiladilar. Bunday ishni bajarish natijasida o’quvchilar ushbu 
hulosaga kelishlari kerak: odam atrofidagi ob’ektlarning juda ko’pchiligi bitta 
geometrik shaklga keltiriladi. Mazkur shaklni o’quvchilar empirik tadqiq etadilar: 
buklash bo’yi bilan qarama-qarshi tomonlar uzunliklarini, burchaklar kattaligini 
taqqoslaydilar, ustma-ust qo’yish orqali shaklning burchaklarini to’g’ri burchak 
bilan taqqoslaydilar: natijada o’quvchilar, masalan, ushbu xossalar ro’yxatini hosil 
qiladilar: to’rtta uchga ega; to’rtta burchakka ega; to’rtburchak; qarama-qarshi 
tomonlari teng; barcha burchaklari teng; barcha burchaklari to’g’ri burchak. 
So’ngra o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida bu ro’yxat ustida ishlashga 
kirishadilar. Unda faqat barcha modellar ega bo’lgan xossalarnigina qoldiradilar 
(tadqiqot vaqtida kvadratlar bilan ish ko’rgan o’quvchilar xossalar ro’yxatiga 
“barcha tomonlari teng” jumlasini kiritishni talab etishlari ham mumkin); ba’zi 
xossalarni umumiyroq va shakli bo’yicha qisqaroq xossalar bilan almashtiradilar. 
Modelning yakuniy tavsifi bunday bo’ladi: 1) to’rtburchak; 2) qarama-qarshi 
tomonlar teng 3) barcha burchaklar to’g’ri burchak. 


O’quvchilarga to’g’i to’rtburchakni yasash usuli o’rgatiladi. Keyinchalik 
uning xossalaridan ba’zilari matematik til yordamida yoziladi: ABCD, AB = CD, 
AB = BC. 
Tavsiflangan bu ish uncha katta bo’lmagan parchalar ko’rinishida 
o’tkazilishi mumkin. 
Nazarot uchun savollar: 
1.O’quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirishdan maqsad nima. 
2.Geometrik elementlarni o’rganishda qanday metodlardan foydalanamiz. 

Download 493,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish