129
1. Boldirning uch boshli muskuli
.
Boldirning orqa yuzasida joylashgan uchta va boshchaga ega. Ikkita boshchasi yuza joylashib, son
suyagining tashqi va ichki “ bo’g’im dunglaridan boshlanadi va boldir” xosil qiladi
(rasm 2).
Boldir
muskulning ikkala boshchasi tizza osti chuqurcha xosil bo’lishda ishtirok etadi. Chuqurroq
joylashgan boshchasi kambalasimon muskul deb ataladi va katta boldir suyagining orqa yuzasidan
boshlanadi. Boldir va kambalasimon muskullarning paylari birikib, umumiy tovon suyagining
burtig’iga kelib birikadi. Bu muskul qisqarganda tizzani, boldirni va oyoq panjasini bukadi.
2. Barmoqlarni bukuvchi uzun muskul
- katta boldir suyagining orqa yuzasidan boshlanadi. Uning
payi medial tupik ostidan o’tib tarmoqlanib ketadi va panjaning 2,3,4 va 5 suyaklar asosiga birikadi.
Bu muskul qisqarganda barmoqlarni ap oyoq panjani bukadi.
3. Katta barmoqni bukuvchi
uzun muskul kichik boldir suyagining ichki yuzasidan boshlanadi va
katta barmoqning distal falanga asosiga birikadi. Bu muskul qisqarganda 1 barmoqni va oyoq
panjani bukadi.
4.Katta boldirning orqa
muskuli boldirning uch boshli muskuli†ostida joylashadi. Uning payi
medial ya’ni ichki tupik ostidan o’tib, uchta ponasimon suyaklar yuzasiga, qayiqsimon suyakka va
panja suyaklarining asoslariga yopishadi. Bu muskul qisqarganda oyoq panjasini bukadi, tanaga
yaqinlashtiradi va supinatsiya qiladi.
Boldir muskullarining lateral guruxi.
Oyoq panjasining muskullari ustki yozuvchi va ostki bukuvchi gruppalarga bo’linadi.
Ustki yozuvchi muskullarga barmoqlarni yozuvchi kalta muskul va bosh barmoqni yozuvchi kalta
muskul kiradi. Ikkala muskul tovon suyagining tashqi va ichki yuzalaridan boshlanib, korsatilgan
barmoqlarning proksimal falangalariga birikadi. Bu muskulalr qisqarganda bosh barmoqni va
barmoqqlarni yozadi. Yurishda, chopishda bu muskullarning axamiyati ayniqsa katta.
OYOQ PANJASINING OSTKI BUKUVCHI MUSKULLAR GRUPPASI
uchta kenja gruppaga bo’linadi
:
1. Ichki kenja gruppaga
- bosh barmoqni bukuvchi, bosh barmoqni tanadan uzoqlashtiruvchi va
tanaga yaqinlashtiruvchi muskullar kiradi. Bajaradigan funksiyasi nomidan ma’lum.
2. Tashqi kenja gruppaga
- beshinchi barmoqqa ta’sir etadigan muskullar kiradi: 5 barmoqni
bukuvchi, tanadan uzoqlashtiruvchi va tanaga yaqinlashtiruvchi muskullar kiradi.
3. O’rta kenja gruppadagi
muskullar oyoq panjasining barmoqlarini bukadi, barmoqlarni bir-
biridan ajratadi va bir-biriga yaqinlashtiradi. Bularga barmoqlarni bukuvchi kalta muskul, kaftning
kvadrat muskuli, chuvalchangsimon va suyaklararo muskullar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: