tizimlarini mujassamlantiradi. GIS-texnologiyasi asosida ko’p qatlamli elektron karta
yotadi (qatlam- zamonaviy rasm tahrirlagichlarning asosiy tushunchalaridan biri).
Elektron kartaning tayanch qatlamida territoriyaning
geografiyasi tasvirlangan, keyingi
har bir qatlamda terrritoriyaning biror xususiyati (foydali qazilmalar, siyosiy-territorial
bo’linishi, qishloq xo’jalik ekinlari, qurilish ishlari ...) tasvirlangan. Shunday qilib GIS-
texnologiya joyning maxsus geografik, tabiiy, siyosiy va h.k. larini o’z ichida saqlaydigan
maxsus axborotlar to’plamidan iborat ekan. Misol uchun,
GoogleEarthWin.exe
dasturi
shunday dastur hisoblanadi.
GIS-texnologiya territoriya bo’yicha taqsimlangan axborot ishlatiladigan
va taqdimot qilinadigan har bir sohada zarur.
GIS-texnologiyadan
foydalanuvchilar sifatida er bilan bog’liq har qanday tashkilot: neft-gaz
tashkilotlari, ekologik xizmatlar, kommunal-qurilish tashkilotlari, savdo-sodiq
tashkilotlari, banklar va h.k.lar bo’lishi mumkin. Har qanday GIS asosida
erning
biror qismi, kontinent, davlat, shahar, ko’cha haqidagi har xil
ma’lumotlar yotadi
MB da axborot GISning qatlamlaridagi axborotlarnig to’plami sifatida
tashkil etiladi. Asosiy jadvallardan biri joyning geografik kartasidan iborat.
Unga qatlamlardagi ob’ektlar haqidagi ma’lumotlar qo’shilib boadi. Ular
territoriyadagi neft, gaz, vodoprovod, sanoat ob’ektlari, er uchastkalari, ekin
maydonlari, maydonlardagi tuproq xarakteristikalari, va h.k. lar to’g’risidagi
axborotlardan iborat bo’ladi.
Qatlamlarni birn-ketin, ustma-ust joylashtirish natijasida ular orasidagi
bog’lanishlar o’rnatilib boradi.
Odatda, axborot vektor-grafikali tasvir ko’rinishda bo’ladi va
saqlanadigan axborot va amalllar hajmini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Grafik axborot bilan birga matnli, jadvalli, hisoblanadigane axborot ham birga
keladi. Hisoblanadigan axborot
GIS dan foydalanish jarayonida, hisobot
tayyorlash jarayonida paydo bo’ladi.
Ko’pgina GIS lar analitik funkstiyalarga ega bo’lib, krtogragrafik
axborotlarga tayanib, jarayonlarni modellashtirish imkoniyatlariga ham ega.
GIS ning yadrosini shartli ravishda 2 ga bo’lish mumkin: MBBT va
grafik tasvirlarni boshqarish tizimi. MBBT sifatida SQL-serverlar ishlatiladi.
GIS-texnologiyaning tipik sxemasi quyidagidan iborat:
Ma’lumotlarni tayyorlash va dastlabki ishlov berish;
Ma’lumotlarni kiritish va joylashtirish;
Ma’lumotlarni boshqarish;
Ma’lumotlarga ishlov berish va ularning tahlili;
Natijaviy mahsulotni yaratish.
GIS-texnologiya
ning
komponentalarining
funkstional
vazifalari
quyidagilardan iborat:
Ma’lumotlarni tayyorlash va dastlabki ishlov berish
–boshlang’ich
kartalarni tanlash va ishlov berish bilan bog’liq ishlar,
qattiq va yumshoq
asosga ega materiallar, masofadan olingan rasmlar, dala eksperimentlari
natijalari , matn va jadval ma’lumotlar, arxiv materiallari .
Ma’lumotlarni kiritish va joylashtirish-
oldingi etapdagi ma’lumotlarni
kompyuter xotirasiga, ma’lumotlar bazasiga joylashtirish.
Ma’lumotlarni boshqarish-
ma’lumotlarni kompyuter
xotirasiga optimal
joylashtirish va ularga kirishni effektiv tashkil etishni ko’zda tutadi.
Ma’lumotlarga ishlov berish va ularning
tahlili
–tekshirilayotgan ob’ekt
uchun uni boshqarish, tadqiq qilish uchun, bashorat qilish uchun yangi ma’lumot
yaratish.
Natijaviy mahsulotni yaratish
.-foydalanuvchilar uchun kartalar,
grafiklar,
tasvirlar, statistik ma’lumotlar tayyorlash.
Undan tashqari kartografik ob’ekt atributiv axborotni ham o’zida saqlaydi.
Atributiv axborot kartalarda tasvirlanmaydigan, geometrik ob’ektni xususiyatlarini
aniqlaydigan axborotlardan iborat. Masalan, ko’p qavvatli uyning kvartralari, ulardagi
odamlar soni va ular haqidagi har xil axborotlardan iborat bo’ladi. Ko’pgina GIS –
texnologiyalar geometrik (kartografik) va atributiv axborotlardan iborat MB da axborot
saqlashadi.
Kartografik axborot nuqtalar, egri chiziqlar, sirtlar,
hajmlar bilan
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: