REJA:
99
1. O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar.
2.
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari
3. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim
Tayanch tushunchalar:
ta'lim tizimi, ta'lim islohotlari, Maktabgacha ta'lim
vazirligi, 11 yillik umumiy o‘rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlar.
Mustaqillik
yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sifatini tubdan o‘zgartirish,
zamonaviy
pedagogik
va
axborot
kommunikatsion
texnologiyalardan
foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or metodlarini joriy etish orqali shaxsning
sub'ekt sifatida namoyon bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Boshqa
fanlar singari pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida shakllanib,
jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti bilan uzviy rivojlanib bormoqda. Shu sababli ta'lim-
tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Ana
shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqyelik, hodisa, ijtimoiy
tasavvur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi
va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi respublikamizda ta'lim
tizimini rivojlantirishning konseptual asoslarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari
hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi
Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da davlatimiz ijtimoiy
taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi Pedagogika
fani zimmasiga juda katta masuliyatli, ulug‘vor vazifalarni yukladi.
1997 yilning 29 avgustida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'grisidagi»gi Qonuni va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta'lim -tarbiya va
kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo'l-yo'riqlar ko'rsatib berildi.
100
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni zamonaviy
pedagogikaning konseptual asosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur Qonunning qabul
qilinishi ta'lim-tarbiya tizimida keng islohotlar o‘tkazishga zamin yaratdi.
Qonunga muvofiq ta'lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibi, bosqislarini
bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish,
ta'lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar
talablariga javob bera oladigan qilib tashkil etishga yo‘l ochildi O‘zbekiston
Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi fuqarolarga ta'lim,
tarbiya berish, kasb-xunar o‘rgatishning xuquqiy asoslarini belgilash hamda har
kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitusiyaviy huquqini ta'minlashdan
iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunining 1-
bo‘limi "Umumiy qoidalar" deb nomlanadi. Unda ta'lim sohasidagi davlat
siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish
xuquqlari, ta'lim muassasasining xuquqiy maqomi, DTS, ta'lim berish tili kabi
masalalar o‘z ifodasini topgan.
"Ta'lim to‘g‘risida" gi Qonunning 2- bo‘limida ta'lim tizimi va turlari
mohiyati yoritilgan. Respublikamizdagi ta'lim tizimi: Davlat ta'lim standartlariga
muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim
muassasalarini; ta'lim tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan
tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta'lim sohasidagi
davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va
tashkilotlarni qamrab oladi.
Mazkur qonunning 10-moddasida ta'lim quyidagi turlarda amalga
oshirilishi ko‘rsatiladi: maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim,
o‘rtamaxsus,kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim ,
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim
Qonunning 2- bo'lim, 11-17- moddalarida har bir ta'lim turining mohiyati
qisqacha yoritib beriladi. Unda ta'kidlanganidek, maktabgacha ta'lim bola
shaxsini sog'lom va etuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish
101
maqsadini ko'zlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-etti yoshga etgunicha davlat
va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalalr muassasalarida hamda oilalarda amalga
oshiriladi.
Qonunning uchinchi bo'limi ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy qimoya
qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda ta'lim oluvchilarni va ta'lim muassasasi
xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, etim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida
nuqsoni bo'lganbolalarni o'qitish masalalari qonuniy ifodasini topgan.
Qonunning to'rtinchi bo'limida ta'lim tizimini boshqarishdagi Vazirlar
mahkamasining, ta'lim ni boshqarish do'yicha vakolatli davlat organlarining va
mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko'rsatilgan bo'lsa, beshinchi
bo'limda yakuniy qoidalar ifodalangan.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli zamonaviy pedagogikaning konseptual asosi
hisoblanib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, ularni tayyorlash
tizimini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rsatilgan.
Ma'lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi besh bo'limdan iborat bo'lib,
unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, dasturning maqsadi,
vazifalari va uni ro'yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlash tizimini
rivojlantirishning asosiy yo'n alishlari, dasturni ro'yobga chiqarishga oid chora-
tadbirlar belgilab berilgan. Dasturning 3- bo'limida kadrlar tayyorlashning milliy
modeli moqiyati yoritilgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy
qismlari jamiyatimizda yashayotgan har bir insonning, fuqarolarning ilm olish
huqo'qini, ularning kasb tanlash va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ning tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va
jamiyat, fan, ishlab chikarish, uzluksiz ta'limdir.
Mamlakatimizda
«uzluksiz ta'lim”
- malakali raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini: maktabgacha ta'lim ,
umumiy o'rta ta'lim , o'rta maxsus, kasb-xunar ta'lim i, oliy ta'lim , oliy o'quv
yurtidan keyingi ta'lim , kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash,
102
maktabdan tashqari ta'lim ni, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning
faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi.
“Uzluksiz ta'lim tizimi inson va jamiyatning turli xil ta'lim iy ehtiyojlarini
qondirishi, bilimlarning qadr-qimmati va mavqyeini ko'tarish uchun keng
imkoniyatlar yaratib berishi, shuningdek iqtisodiyotning o'zgaruvchan ehtiyojlari
sharoitida umum ta'limiy, umummadaniy, kasbiy va ilmiy asosda mutaxassislar
tayyorlash yo'li bilan fundamental bilimlar berib shaxsni ijtimoiy himoya qilishni
ta'minlashi kerak”
23
.
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish priniplari(3-rasm) yoshlar uchun
turli xil ta'limiy ehtiyojlarini qondiradi, shaxsni ijtimoiy himoyalaydi.
Mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilinishi va rivojlantirishning tarihiy
ahamiyati – bu ta'limning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks
etgan – “inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” (23-modda) – prinsipiga amal qilgan holda
insoniylikka yo‘naltirilganligidir. Insoniy ustuvorlik ta'lim sohasidagi davlat
siyosatining asosiy prinsipi sifatida O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim
to‘g‘risida” gi qonunida ham o‘z ifodasini to‘liq topgan
: “Ta'lim va tarbiyaning
insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi” (3-modda).
Kadrlar tayyorlash milliy dasutri. Barkamol avlod-o'zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., "Sharq",
1998 y, 42 bet
Do'stlaringiz bilan baham: |